Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.2K subscribers
12.1K photos
1.24K videos
97 files
3.64K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Abdulla Oripov ijod maktabida Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligi munosabati bilan bo'ladigan Abdulla Oripov ijodi va she'riyati aks etgan yosh rassomlar ishtirokidagi "So'z suvrati" tanlovining maktab bosqichi o'tkazildi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag'ishlab Abdulla Oripov ijod maktabi hamda Toifalangan obyektlarni qòriqlash qòshinlari qòmondonligiga qarashli Qarshi shahridagi harbiy qism bilan hamkorlikda buyuk shoir ijodiga bag'ishlangan videorolik tayyorlandi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligiga Abdulla Oripov ijod maktabi tarbiyachisi Samadova Ma'muraning Yurt tarovati gazetasida "Buyuk shoirga yuksak ehtirom" nomli maqolasi chop etildi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
Bugun A.Oripov ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Nodir Jonuzoq va shoir Rustam Mirvohid bilan ijodiy uchrashuv hamda Mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Dars O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. O‘quvchilar o‘z ijod namunalari hamda buyuk shoir ijodidan namunalar o‘qidilar.Tadbirda maktab kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotidan nodir badiiy asarlar taqdim etildi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
Abdulla Oripovni birga o'rganamiz 2.html
19.3 MB
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag'ishlab ijod maktabi 6-sinf o'quvchisi Omonov Azizbek va 7-sinf o'quvchisi Sa'dullayev Sarvarlar "Abdulla Oripovni birgalikda o'rganamiz" nomli dasturiy ilova yaratishdi.(Ilova Scratch dasturida yaratilgan).
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
Adabiyot_gulshani.apk
38.6 MB
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag'ishlab ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi Tojiddinov Shermuhammad "Adabiyot gulshani" nomli dasturiy ilova yaratdi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
Abdulla_Oripov_.apk
56.8 MB
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag'ishlab ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Hasanov Abduhalil shoirning o'zi tomonidan aytilgan sherlari to'plami dasturiy ilovasini yaratdi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
Forwarded from Deleted Account
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
Bugun 19-mart 2021 yil Abdulla Oripov ijod maktabida “Nazm dorilfununi ning buyuk shoiri” mavzusida xotira tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali rektori Qalandar Abdurahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, shoirning yaqin qarindoshlari, viloyat faollari va faxriylar tashrif buyurishdi. Dastlab O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gullar qo'yildi. So’ng maydonda milliy qadriyatlarimizni ulug’lovchi bayram kompozitsiyalari o’tkazildi. Mehmonlar O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyi eksponatlari hamda shoir hayotini aks ettiruvchi ko’rgazmalar bilan tanishdilar. Xotira kechasida ijod maktabi o’quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy kompozitsiya namoyish etildi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati