#Imtihon
🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bugundan 9-va11-sinf bitiruvchi o’quvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi.
✅O’quvchilarning ilk sinovi ona tili va adabiyoti fanidan o’tkazildi. Jarayonlar boshlanishidan oldin mas'ullar tomonidan o'quvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.
️ ✅ Yakuniy davlat attestatsiyalari davom etadi.
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Ijod_maktablari
⚡️Prezident ta'lim muassalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi joriy etildi.
Dasturning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, sifatli ta'lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, o‘quvchilarni hududlardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, etnografiya hamda folklor bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
📍Dastur doirasida, jumladan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida, Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari esa Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lishdi.
📌Ikki tomonlama almashinuv dasturi ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi va o'quvchilarda alohida taassurot qoldirdi.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

#Ijodiy_uchrashuv
#Ikrom_Otamurod_70_yoshda
🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Ikrom Otamurod tavalludining 70 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✅ Dastavval mehmonlar Abdulla Oripov muzeyida shoirning ijodi va hayoti aks etgan eksponatlari bilan yaqindan tanishishdi.
✅ Asosiy tadbir faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtdan kelgan ijodkorlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, harbiy qism askarlari, Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya instituti talabalari, yosh ijodkorlar, OAV xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
✅ Tadbirni Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochdi va viloyat hokimi Murotjon Azimovning shoir Ikrom Otamurodga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
✅ Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Dilmurod Quronov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Sharq yulduzi” va “Pravda vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari – Bo‘ritosh Nosirova, Boynazar Yo‘ldoshev, Nafas Shodmonov, Jumaqul Qurbonov va boshqa bir qator ijodkorlar Ikrom Otamurod she’riyati va adabiy asarlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
✅ O‘z navbatida tadbir davomida ijod maktabining o‘quvchilari Ikrom Otamurod she’rlaridan tuzilgan she’riy kompozitsiyani namoyish etishdi.
✅ Tadbir so‘nggida shoir Ikrom Otamurod o‘zining yangi she’rlaridan o‘qib berdi.
✅ Shuningdek, tadbirda shoir Ikrom Otamurodning yangi “Sukut sadosi” kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘qituvchisi Nafosat Azizova olib bordi.