Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.3K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Президент сифатли транспорт-логистика хизматлари йўлга қўйилмаса, туризмни ривожлантириб бўлмаслигини таъкидлади.

Транспорт харажатларининг юқорилиги хорижий туристларни жалб қилишда асосий тўсиқлардан бири бўлиб қолмоқда.

Ҳалигача халқаро ва маҳаллий йўналишларда лоукостерлар фаолияти самарали йўлга қўйилмагани, замонавий “Афросиёб” поездига чипта олиш учун бир неча ҳафта олдин мурожаат қилиш зарурлиги танқид қилинди.

Шу боис Транспорт вазирлигига бир ой муддатда:

- Фарғона-Бухоро-Фарғона, Фарғона-Урганч-Фарғона йўналишида авиақатновларни;

- Бухоро-Самарқанд, Бухоро-Хива, Бухоро-Термиз йўналишлари бўйича замонавий автобус ва микроавтобуслар қатновини йўлга қўйиш топширилди.

“Ўзбекистон темир йўллари” бир ой муддатда “Афросиёб” тез юрар поездини Шаҳрисабзгача ҳаракатини қайта тиклайдиган бўлди.

Мутасаддиларга 1 сентябрга қадар ҳар куни 2 мингдан зиёд сайёҳларга тарихий масканларни айланиб чиқиш имконини берадиган 2 қаватли мунтазам туристик автобуслар қатновини йўлга қўйишга топшириқ берилди.
#Сўраган_эдингиз
#Call_center

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilishda davom etamiz.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish uchun job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tayotgan edik. Unda QR kodli diplomlarni ham yuklasak bo'ladimi?

Ha, QR kodli diplomlarni ham tizimga yuklash mumkin.

Men job.piima.uz sayti orqali ishga kirish uchun ariza topshirdim. Keyingi bosqichga o'tganim va test kuni haqida qanday bilsam bo'ladi?

Nomzodga 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgani hamda test jarayonlari haqida elektron pochta orqali xabar beriladi.

📞Call-markaz raqami: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Besh_tashabbus
#Zakovat

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarorining 4-bandi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 30-martdagi 03-02/4-413-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning har seshanba kuni o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o'yinining 1-mavsumiga start berilgan edi.
Bugun “Zakovat” intellektual o'yini 1-mavsumining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu o'yinda 7-A sinfining “Teorema” va 8-A sinfining “Vunderkinds” jamoalari bir xil natija, ya’ni 9.0 ball to’plashdi.
Shuningdek, mazkur o‘yinda Ogahiy ijod maktabining “Xorazm” jamoasi ham ishtirok etib, hakamlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |
#Muhammad_Yusuf
#Besh_tashabbus

❇️ 26 aprel – shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Qarshi tumanidagi 4-maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi, ijodkor-shoira, jurnalist M.Qurbonova rahbarligida maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
❇️ Tashrif doirasida ijod maktabi va 4-maktabning o‘quvchilari o‘rtasida Muhammad Yusuf she’rlaridan mushoira tashkil etildi.
❇️ O‘z navbatida, maktab direktori U.Oripov yoshlar bilan uchrashib, o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.Jamolova va ijodkor M.Qurbonovalar Muhammad Yusuf hayoti va ijodi borasida yoshlarga ma’lumot berishdi.
❇️ Tashrif doirasida mehmonlar maktabda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, maktabga qabul jarayonlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf
#Besh_tashabbus

Ma'lumki, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan haftaning har juma kuni viloyatimizdagi barcha davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar hamda ta'lim muassasalarida "Ma'naviyat soati" o‘tkaziladi.
Navbatdagi "Ma'naviyat soati" O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida bo‘ldi. Mavzu yuzasidan ma'lumotlarni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dildora Shodmonova taqdim etdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Сафимизда_бўлинг

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI PEDAGOG-KADRLARNI ISHGA TAKLIF ETADI!

❗️Agar siz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash hamda zamonaviy ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishni istasangiz, unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Arizalar 20-maygacha job.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

✔️Call-markaz:
+99871 207 20 17 (ichki raqam 605)

Biz bilan yangi marralarni zabt eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Musiqa
#Dastur_ijrosi_amalda

🔰 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va yo‘naltirish maqsadida maktabning musiqa to‘garagi rahbari Z.Boboxo‘jayev va Ogahiy ijod maktabi o‘qituvchisi M.Matyoqubova hamkorligida ushbu videolavha tayyorlandi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Besh_tashabbus
#Teatr

🎭 Viloyat musiqali drama teatrida Qarshi shahridagi 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’limi muassasasi va hamkor tashkilotlar bilan birga 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas, qadr abadiy” mavzusida tadbir bo‘ldi.
❇️ Tadbirda Qarshi shahridagi 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilarining sahna ko‘rinishlari, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilarining she’riy kompozitsiyalari, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining orkestr jamoasi konserti, Qarshi shahridagi 34-maktab o‘quvchilarining harbiy-vatanparvarlik sahna ko‘rinishlari va Qarshi shahridagi musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining musiqiy chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
❇️ Tadbir so‘nggida Ogahiy ijod maktabining o‘qituvchisi M.Matyoqubova ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram