Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.75K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tògaraklar_faoliyati
#Kompyuter_grafikasi
#5_tashabbus_ijrosi

🔷Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yònalishlardagi tògaraklar òz faoliyatini olib bormoqda

🔷"Kompyuter grafikasi "tògaragi a'zolari o'qituvchi M.Siddiqova rahbarligida turli mavzularda ijodiy ishlar yaratmoqdalar

🔷Bugun mashg'ulot davomida 7-sinf o'quvchilari o'zlari yaratgan reklama sahifalari, logotiplar, kalendar, vizitkalar, e'lonlar namunalari taqdimotini o'tkazdilar

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#9_aprel_Amir_Temur_tavallud_topgan_kun

TEMUR BOBOM

Janglar manglayida mardlikka to'lib,
Ko'ksim vulqonida yurak yonmoqda.
Qo'limda adolat bir shamshir bo'lib,
Riyokor kimsalar jonin olmoqda.

Zolimlar bog'lasa erklikning qo'lin,
Sarhadim "hurlik",-deb boshin ezadi.
Isyonkor quzg'unlar yanchsa xalq dilin,
G'ururim o'q bo'lib bag'rin teshadi.

Janglarda tulporim bo'rondek kishnab,
Qo'limda qilichim "haq" deb boqmoqda.
Har lahza bahri barr chehrasi yashnab,
Bizlarga shijoat sarvar bo'lmoqda.

Xalqimni yuksaklik tog'iga chorlab,
Manfurlik chohidan etdim men xalos.
Avlodlar quyoshi porlashin o'ylab,
Adolat,tinchlikni ayladim meros.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining11-sinf o‘quvchisi
Omonova Sevinch
#Futbol_musobaqasi
#5_tashabbus_ijrosi


O'quvchilarni sportga qiziqtirish, ularni jismonan sog'lom bo'lishida sportning ahamiyatini ko'proq singdirish maqsadida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi hamda Qarshi Prezident maktabi o'rtasida sport musobaqalari o'tkazilmoqda

❇️Kuni kecha o'tkazilgan futbol musobaqasida har ikkala maktabning 8-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoalari o'zaro bellashdilar

💥Musobaqa yakunida Abdulla Oripov nomli ijod maktabi jamoasi 2:0 hisobda g'alaba qozondi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Til_bilmoq_el_bilmoq
#Donolik_sari_yòl

🟣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida xorijiy tillarni o'qitish, jumladan, ingliz tili va uni o'rganishga bo'lgan talab oshib bormoqda
🟣Bu borada ijod maktabida òquvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilib, xorijdan keltirilgan adabiyotlar va metodik qòllanmalarning ingliz tili fani ustozlari tomonidan òqitilishi yaxshi samara bermoqda.
🟣O'quvchilar dunyoning top 300 talik universitetlari -shu jumladan," University of Arizona" , "Michigan State University " ,"University of Missouri" kabi xalqaro oliygohlariga muddatdan oldin qabul qilinmoqdalar

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook|
#Live
#Test

Ayni damda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf òquvchilaridan Davlat Test markazi tomonidan yònalishlar bòyicha besh blokli sinov testi olinmoqda.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Xushxabar

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Negmatov Izzat Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan test sinovidan 90 ball bilan muvaffaqiyatli o‘tib oliy toifani qo‘lga kiritdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Amir_Temur_tavalludining_686_yilligi
#Intellektual_musobaqa

Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 9-aprel - Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag'ishlangan intellektual musobaqa bòlib o'tdi
❇️"Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi "nomli ushbu tadbirda Amir Temur faoliyati va temuriylar davri tarixiga oid viktorina savollari, muammoli topshiriqlar bòyicha ijod maktabining 7-"A" hamda 7-"B"sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.
QarDU geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Husniddin Boyqobilov
ishtirok etib, o'quvchilarni baholashda o'z fikr-mulohazalarini bildirdi,tadbir mavzusiga oid ilmiy ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.
✳️"Sohibqiron" dramasi asosida yaratilgan sahna ko'rinishlari, buyuk ajdodimiz haqidagi she'rlar, kuy-qo'shiqlar ishtirokchilarga
katta taassurot qoldirdi.
🔰Musobaqa o'quvchilarni tarix fanini chuqur o'zlashtirishga , buyuk ajdodlarimizga ehtirom va faxr tuyg'usini rivojlantirishga xizmat qildi.
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Qaror_ijrosi
#Yashil_makon
#Ekologik_tadbir

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yòl xaritasida belgilanganidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida obodonlashtirish va kòkalamzorlashtirish tadbirlari òtkazilmoqda.

❇️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktabning orqa binosi hududi atrofiga biologiya o'qituvchilari M.Shoimova,
I .Eshniyozovar hamda 7-sinf o'quvchilari tomonidan turli gul kòchatlari òtqazildi.

❗️"Yashil makon" loyihasi ostida òtkazilayotgan aksiya davom etadi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook|