Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.37K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#5_tashabbus_ijrosi
#Tanlov_natijalari
#Ijodiy_tògarak_samarasi
#Adabiyot_kòngil_mulki

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida òquvchilarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida òtkazilayotgan turli tanlovlar òz samarasini bermoqda

🔰 Jizzaxdagi H.Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida òtkazilgan ijodiy tanlovda 8-sinf o'quvchisi Sherboyeva Shohista videorolik yònalishida ģoliblikni qòlga kiritdi va diplom, estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

❇️Shuningdek, maktabda òtkazilgan ijodiy ishlar tanlovlarida faol ishtirok etib, ģolib bòlgan 8-sinf o'quvchilari Daronova Gulibonu, Ramazonova Dilnura, 7-sinf o'quvchilari Boyqobilov Hikmatbek, Omonova Madina, Yashinxo'ja Shahrizodalar faxriy yorliq, estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar .

❇️Òquvchilarga diplom, faxriy yorliq va estalik sovg'alarini ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamolova va ijodiy tògarak rahbari Azizbek Norov topshirdi.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Assalom_Navròz
#Sumalak_sayli

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Navròz tantanalari har yilgidek òzgacha shukuhda nishonlandi

💐Ijod maktabida milliy qadriyatlarimizni uluģlovchi an'analar, bahor va Navròzni tarannum etuvchi kuy va qòshiqlar, ayniqsa, "Musiqa sehri" to'garagi a'zolaridan iborat ansambl tomonidan ijro etilgan kuy , qòshiqlar bayram shukuhiga òzgacha tarovat kasb etdi

💐Bayram arafasida pishirilgan sumalak atrofida ezgu tilaklar, yaxshi niyatlar, bugungi tinch va farovon hayotimizga shukronalik bildirildi

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navròz_shukuhi
#Bahoring_muborak_Vatanim

Abdulla Oripov nomli ijod maktabida har yili 21-mart sanasi yuqori kayfiyat va òzgacha shukuhda nishonlanadi
💐Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud kuni hamda Navròz shodiyonalari bu yil ham tantananali tarzda nishonlandi
💐Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, viloyatimizning turli muassasalari va tashkilotlarining mutasaddi xodimlari, oliy òquv yurti jamoalari, mahalla faollari, harbiy xodimlar, shoirning yaqinlari ishtirok etgan bu yilgi tadbir ham yiģilganlarga katta taassurot qoldirdi
💐Sahnada shoir siymosining gavdalanishi, viloyat drama teatri aktyorlari chiqishlari, Navròz, bahor mavzusining shoir ijodida madh etilishi, òquvchilarning sahna kòrinishlari, mehmonlarning tabrik sòzlari, bahoriy qòshiq, kuy,navolar tadbir davomida barchaga xushkayfiyat ulashdi
💐Tadbir sòngida "Men nechun sevaman Òzbekistonni"qòshiģi zaldagi barcha ishtirokchilar tomonidan jòr bòlib kuylandi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Assalom_Navròz
#Dòstlar_uchrashuvi
#Ijodiy_hamkorlik
#Bahoring_muborak_dilbar_Vatanim

💐Qizģaldoq bargidek uchar didan ģam,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim.
Bahoring muborak bòlsin ushbu dam,
Mening Òzbekiston- dilbar Vatanim!

Abdulla Oripov

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#21_mart_qutluģ_sana
#Life

Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ustoz va òquvchilari "Fayzli kun" dasturida ishtirok etmoqdalar

💐Kòrsatuvda ustoz va òquvchilar Navròz bayramiga baģishlangan she'rlar, Abdulla Oripov ijodidan namunalar òqib, uluģ bayram va buyuk shoir hayoti va ijodi haqida òz fikr-mulohazalarini bildirdilar

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi