Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.32K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_581_yoshda
#IT_tògaraklaridan_yangi_loyiha
#Munosib_tuhfa
#Ijodiy_hamkorlik

Xabaringiz bor, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi hamda Buxoro Prezident maktabi bilan ijodiy hamkorlikda loyiha e'lon qilingan edi

❇️Bugun qutluģ sanaga baģishlab ta'lim muassasalarining IT tògaragi a'zolari videotaqdimot namoyishini òtkazdilar

🔰Dramaturg Izzat Sulton va Uyģunning "Alisher Navoiy"dramasidan "Navoiy va Guli" sahnasi

❇️Rollarda:
Navoiy- Buxoro Prezident maktabi 9-sinf òquvchisi Raxmatullayev Azizbek
Guli - Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Yashinxo'ja Shahrizoda

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Alisher_Navoiyning_581_yilligi
#navoiyiftixorim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi hamda Mudofaa vazirligiga qarashli Havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari tasarrufidagi harbiy qism xizmatchilari hamkorligida "Navoiyni har kim, har kuni o‘qishi kerak!" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🎇 Davra suhbatida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi bo‘yicha ma'lumotlar berildi, qiziqarli savol-javoblar va bahs-munozaralar o‘tkazildi.

❗️Maktabimiz o‘quvchilari va harbiy xizmatchilar o‘rtasida Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodidan g‘azal, tuyuq, ruboiy, qit'a, shohbaytlar ifodali o‘qilib mushoiraxonlik tashkil etildi.

📚 Mazkur davra suhbati harbiy xizmatchilar hamda o‘quvchilarga katta qiziqish va taassurotlar ulashdi. Ayniqsa, buyuk allomaning hayot yo‘li va asarlari yuzasidan o‘tkazilgan munozara qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiyning_581_yilligi
#navoiyiftixorim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan "Navoiyni har kim har kuni o‘qishi kerak!" shiori ostida navoiyxonlik kunlari o‘tkazilmoqda.

📚 Ijod maktabining musiqa fani o‘qituvchisi Zavqiddin Boboxo‘jayev hamda 7-A sinf o‘quvchisi Yashinxo‘ja Shaxrizoda tomonidan buyuk alloma Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha tayyorlangan videorolik.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Qaror_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabiga Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi boshlig‘i Davron Tojiyev tashrif buyurdi.

❗️Ijod maktabining 9-11-sinf o‘quvchilari hamda ustozlari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida chet tili fanini rivojlantirish, takomillashtirish, bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarning ingliz tiliga qiziqishlarini kuchaytirish, chet tillarini ommalashtirish bo‘yicha samarali metodlardan foydalanish haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

💥 Suhbat davomida Davron Tojiyev mavzu yuzasidan o‘z taqdimotini namoyish etib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollariga to‘liq javob berdi.

📚 Suhbat yakunida Davron Tojiyev IELTS imtihonini topshiradigan o‘quvchilarimizga imtiyoz vaucherlarini topshirildi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi
14-fevral — buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhamammad Bobur tavallud topgan kun.

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.

Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_tavalludining_539_yilligi
#Ilm_tolibi_ilm_kerak

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida mumtoz adabiyotimizning yirik vakili, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga baģishlangan tadbirlarga start berildi

❇️Ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Axmatova Zubaydaning "Ilm tolibi ilm kerak..."mavzusida òtkazilayotgan ijodiy ishlar tanloviga tayyorlagan videolavhasi 🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi