Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.25K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Moziydan sado

Bir zum ortga qaytib o'tmishga boqsak,
Qadim zamonamiz tarixin so'zlab.
Buyuk bobolardan meros qolgan el,
Dard-u alamini moziydan izlab.

Shu ulug' bobolar yurtin avaylab,
O'z ona diyorin qadriga yetgan.
Payt kelsa xatarli jang maydonida,
Vatan uchun hatto jon fido etgan.

Avaylab-asrashdi kelajak uchun,
Yovga tutqazmadi gul-u lolani.
Harakat, mehr-la ular o'zidan,
Qoldirdi mana shu tinch zamonani.

Bugun fidoyilar o'rnin bosguvchi,
Erksevar va jasur posbonlar ham bor.
Ular erta-yu kech yurtim deguvchi,
Vatan xizmatiga hamisha tayyor.

Biz esa yosh avlod, bugungi kunda,
Ulug' bobolardan o'rnak olamiz.
O'qib va izlanib Vatan oldida,
Doimo turguvchi inson bo'lamiz!

Qarshi shahar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-B sinf o'quvchisi Xaitova Farangiz.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
МАРДЛАР ҚЎРИҚЛАЙДИ ВАТАННИ!

Ватан учун жон фидо этган,
Тинчлик туғин сарбаланд тутган,
Халқ кўнглини хотиржам этган,
Мардлар қўриқлайди Ватанни!

Падарининг ишонган тоғи,
Волидасин кўкарган боғи, Устозларин юксак ардоғи,
Мардлар қўриқлайди Ватанни!

Ўзбегимнинг алпомишлари,
Мангуберди, Тўмарислари.
Қадамидан чақнаб ўтлари,
Мардлар қўриқлайди Ватанни!


Aбдулла Oрипов номидаги ижод мактабининг 7-Б синф ўқувчиси Омонова Мадина.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
JALOLIDDIN BOBOM
Hamon unutmagan Turkiston eli, U mash'um yillarning achchiq nafasin.
Dushman to'plab kelib jangovar
qo'shin,
Kulga aylantirgan shahar, qal'asin.
Shunda keng jangohga chiqdi bir o‘g‘lon,
Uning nomi erur mard Jaloliddin.
Vatanin tinchini o'ylab kunu tun,
Mahkam boğlab oldi baquvvat belin.
Jangga kirishdi u shamshirday keskir,
Yurt ishqin ko'nglidan qo'ymadi bir dam.
Yovning lashkarini yengdi birma bir,
Ortiga chekindi dushman ham birdan.
Dushman qochib ketdi, kelmas endi hech,
Bu yurtning mard, jasur o‘g‘lonlari bor.
Ğam-tashvish, qayğular kelmas endi hech,
Go‘zal taronalar bo‘lar barqaror.


Аbdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-B sinf o‘quvchisi Tilavmurodova Farzona.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o‘quvchisi Badalova Shaxnoza.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi Hamidov Abdulhakim.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi Qudratova Fayoza.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Botirova Lobar.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o‘quvchisi Narsillayeva Maftuna.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi Umarboyeva Charos.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tõgaraklar_faoliyati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 7-fevraldan an'anaviy o‘quv jarayonlari boshlandi.

😷 O‘quvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda (niqob, antiseptik vosita va nam salfetkalar) dars jarayonlarini boshlab olishdi.

👨‍🏫 Darsdan keyingi jarayonlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish, bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar ham o‘z faoliyatini boshladi.

❗️O‘quvchilar "Qiziqarli matematika", " Yosh geograf", "Veb dezayn"," Yosh tarjimon", "Kompyuter grafikasi"," Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash", "Musiqa sehri", "Aktyorlik mahorati" kabi to‘garaklarga katta qiziqish bilan ishtirok etishmoqda.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
@abdullaoripov_ijodmaktabi
Audio
#navoiyiftixorim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Navoiyni har kim, har kuni òqishi kerak!"shiori ostida òtkazilayotgan online tanloviga 7-sinf òquvchisi Tilovmurodova Farzona tayyorlagan audiotaqdimot.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiyning_581_yilligi
#navoiyiftixorim


Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Navoiyni har kim, har kuni òqishi kerak!" shiori ostida navoiyxonlik kunlari òtkazilmoqda

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiyning_581_yilligi
#navoiyiftixorim


Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Navoiyni har kim, har kuni òqishi kerak!" shiori ostida navoiyxonlik kunlari òtkazilmoqda.Nazm va navo kechasidan lavha.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi