Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.07K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
100 files
3.95K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Intellektual_tanlov
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

🔉 Diqqat, tanlov!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrda "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" gi PQ-4865-son qarori doirasida atoqli davlat va jamoat arbobining bebaho ijodiy-ilmiy merosini nafaqat iqtidorli yoshlar orasida, balki xalqimiz, jahon adabiyoti ixlosmandlari orasida milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojidagi alohida o‘rnini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida "Xamsaxonlik bahsi" intellektual tanlovi e'lon qilindi.

💥 Mazkur tanlov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.

❗️Tanlovning maktab bosqichi quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi.
1-shart: Navoiy lirikasi bo‘yicha mushoira;
2-shart: Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan savollar;
3-shart: "Xamsa" dostoni hamda Navoiy zamondoshlari, adabiyotshunoslarning buyuk mutaffakkir haqidagi fikrlari asosida savollar.

🏆 "Xamsaxonlik bahsi" tanlovining yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchi maktab direktori tomonidan
1-o‘rin: 1-darajali diplom hamda telefon bilan;
2-o‘rin: 2-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan;
3-o‘rin: 3-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan taqdirlanadi.

📔 Intellektual tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bir nafar o‘quvchi tanlovning Respublika bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Òquv_seminar
#Ikkinchì_kun

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bòyicha direktor òrinbosarlari, psixolog va tarbiyachilar uchun tashil etilgan seminarning 2-kunida "Òquvchilarda stress holatini oldini olish", jamoa va individual ishlashning samarali metodiasi mavzulariga baģishlandi.

❇️Mashģulotlarni Respublika Tashxis markazi psixologlari Samira Rahimova va Gulbahor Yusupovalar olib bordilar.

✳️Shuningdek, bola psixologiyasini òrganuvchi trening-mashqlar òtkazildi.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Òquv_seminar
#Ikkinchi_kun

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan òtkazilgan òquv-seminarning ikkinchi kunida Nukus Prezident maktabi , AL Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor òrinbosarlari taqdimotlari òtkazildi.

❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bòyicha direktor òrinbosari Jamolova Yoqutoy Kamolovna "Ijod maktabida amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi" mavzusida taqdimot qildi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Onlayn_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va tarbiyachi-pedagoglar uchun onlayn o‘quv seminarlarining 2-kuni nihoyasiga yetdi.

Bugungi o'quv-seminarlarida Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi psixologlari Samira Rahimova, Gulbahor Yusupova, Yoqutoy O‘ktamovalar ishtirok etishdi.

✔️Trening doirasida o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga adaptatsiya jarayonlarini tashkil etish va stress holatiga tushib qolishining oldini olish kabi mavzularda ma'ruzalar hamda amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

📌Shuningdek, maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borilishi haqida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamalova va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sevara Shakirovaning taqdimotlari tinglandi.
📣📣📣DIQQAT,DIQQAT!

🟦Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabi 9-fevral -buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab o'quvchi-yoshlar ongiga uning bebaho ijodiy-ilmiy merosini chuqur singdirish maqsadida "Buyuk daho saboqlari" mavzusida online ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

🟩Tanlov 3 yo'nalishda o'tkaziladi:

1.Nazm(she'r, qasida, doston)
📚📖✏️📝📘
2.Badiiy publisistika(maqola, insho,esse)
📒📃📚📜📕📚
3.Buyuk shoir ijodi aks etgan videorolik yoki audiotaqdimot
🖥🎼🎤🎧🎬📚
4.Tasviriy san'at namunasi (ulug' shoir asarlari syujeti asosida)

🟪Barcha yo'nalishdagi ijodiy ishlar mavzusi Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning boy merosiga bag'ishlanishi shart.

🟥Ijodiy ish namunalarini 2022-yil 10-fevralga qadar maktabning @abdullaoripovyoshijodkorlar telegram kanaliga yuborish sòraladi.

🎁Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy__581_yoshda
#Buyuk_daho_saboqlari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida sòz mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab online konkurs e'lon qilindi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Online_tanlovlar
#Ijodiy_tògarak

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchilarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ijod maktabida faoliyat olib borayotgan barcha tògaraklar tomonidan online konkurslar tashkil etilmoqda

QISH SEHRI

Dalalarda ajib sukunat,
Zamin esa dam olar sokin.
Mehribon koʻk ungachi yana,
Yopib qoʻyar oppoq koʻrpasin.

Shivirlaydi yomgʻir ham unga,
Aytib tinmas shirin allasin,
Shoʻx tomchilar erkalanib xoʻp,
Qitiqlaydi zaminning koʻksin.

Ichkarida jajji bolakay,
Derazasin qo‘yar lang ochib.
Zavq oladi bu tomoshadan,
Yuragiga qish sehrin sochib.

Sokinlikning kuyi taralar,
Adirlarga, dalayu dashtga.
Qattiq uyqu bosgan borliqni,
Uygʻotolmas bahordan boshqa.

Sadinova Guljahon
7-sinf o‘quvchisi, “Ilhom chashmasi” to‘garagi a’zosi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi