Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.16K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.12K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Vatan_himoyachilari_kuni
#Avlodlar_uchrashuvi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar--"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan yosh avlodga "Xotira va qadrlash"," Odamiylik" tushunchalarining hamda mamlakatimizdagi osoyishta va tinch hayot qadrining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida "Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va ma'suliyatli burch" mavzusida "Avlodlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

❗️Mazkur uchrashuv Faxriylar Kengashi raisi podpolkovnik Sharif Madiyev, podpolkovniklar G‘ayrat Umirqulov, O‘ktam Shoymardonovlar ishtirokida onlayn dars tarzida tashkil etildi.

💥 Ushbu darsda ijod maktabi o‘quvchilari onlayn tarzda ishtirok etdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting👇
@abdullaoripov_ijodmaktabi
👍1
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#Jonli_efir

Rrezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Hamrayeva Sevinch Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatiladigan "Fayzli kun" (jonli efir) tongi dasturining mehmoni bo‘ldi.

🎯Bizni kuzatishda davom eting.👇
@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Sport_musobaqasi
#Bayram_kubogi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar--"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi jamoasi o‘rtasida "Milliy armiya bayrami-mening bayramim" shiori ostida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🏀 Musobaqada erkaklar va ayollar jamoasi 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. "Maktab kubogi" uchun o‘tkazilgan kurash juda qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

🏆 Mazkur musobaqa yakunida erkaklar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, maktab direktori tomonidan diplom hamda "Maktab kubogi" bilan taqdirlanishdi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting👇
@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Intellektual_tanlov
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

🔉 Diqqat, tanlov!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrda "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" gi PQ-4865-son qarori doirasida atoqli davlat va jamoat arbobining bebaho ijodiy-ilmiy merosini nafaqat iqtidorli yoshlar orasida, balki xalqimiz, jahon adabiyoti ixlosmandlari orasida milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojidagi alohida o‘rnini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida "Xamsaxonlik bahsi" intellektual tanlovi e'lon qilindi.

💥 Mazkur tanlov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.

❗️Tanlovning maktab bosqichi quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi.
1-shart: Navoiy lirikasi bo‘yicha mushoira;
2-shart: Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan savollar;
3-shart: "Xamsa" dostoni hamda Navoiy zamondoshlari, adabiyotshunoslarning buyuk mutaffakkir haqidagi fikrlari asosida savollar.

🏆 "Xamsaxonlik bahsi" tanlovining yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchi maktab direktori tomonidan
1-o‘rin: 1-darajali diplom hamda telefon bilan;
2-o‘rin: 2-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan;
3-o‘rin: 3-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan taqdirlanadi.

📔 Intellektual tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bir nafar o‘quvchi tanlovning Respublika bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

🎇 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-10-11-sinf o‘quvchilariga mazkur tanlovda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishlarida omad tilab qolamiz!

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Avlodlar_uchrashuvi
#Milliy_armiya_bayrami

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ustozlari Qarshi shahar, "Tabassum" mahallasida istiqomat qiluvchi -bir necha yillar harbiy xodim bo'lib ishlagan , bugungi kunda nafaqada bo'lgan Rustamov Saidqul aka holidan xabar oldilar.

❇️Mehnat faxriysi Saidqul aka bir necha yillar Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi harbiy qismlarda xizmat qilganliklari va faoliyatlari haqida gapirib ,bugungi tinch-xotirjam hayotimiz buyuk ne'mat ekanligini ta'kidladilar.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Online_uchrashuv

Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan "60 daqiqa kitobxonlik" loyihasi orqali har hafta taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etilmoqda

❇️Bugun O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o'quvchilari ham ishtirok etdilar.

🔰Uchrashuv davomida bo'lib o'tgan adabiy suhbat, adabiyot va til nazariyalariga bag'ishlangan fikr-mulohazalar , badiiy o'qishlar barchaga katta taassurot qoldirdi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
📣Diqqat , online konkurs!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining "Aktyorlik mahorati to'garagi rahbari Aktam Boyto'rayev tomonidan ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida teatr san'ati yo'nalishida online konkurs e'lon qilinadi.
🎭 Konkursda ishtirokchilar erkin mavzuda o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari asosidagi ijod mahsullarini (monolog,dialog, polilog) video shaklda 2022-yil 24-yanvarga qadar 91 642 02 03 telegram raqamiga va https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar telegram kanaliga yuborishlari lozim.

🎁Konkurs g'oliblari estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar hamda ishtirokchilarning ota-onalari uchun Qashqadaryo musiqali drama teatriga (istalgan vaqtda)spektakl ko'rish uchun taklifnoma taqdim etiladi.

❇️Aziz, o'quvchilar! Imkoniyatni qo'ldan bermang!Ota-onangiz uchun ikki kishilik taklifnomani yutib olib, ularni xursand qiling!

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi