Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ|โ€ข Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Mahorat_darsi
#Hujjatli_film_namoyishi

๐Ÿ“ŒVazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-F-son farmoyishiga ko'ra, 2023-yilda adabiyot, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalarining atoqli namoyandalari tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ'ib etish dasturiga asosan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

๐Ÿ”ฐUshbu chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining kutubxonasida tarbiyachi-pedagoglar P.Jo'rayev hamda Sh.Sharipovalar tomonidan maโ€™rifatparvar olim, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxonovning ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan "Mahorat darsi" va hujjatli film namoyishi o'tkazildi.

๐Ÿ“šE'tiborlisi, hujjatli film namoyishi o'quvchilarning maโ€™rifatparvar olim Munavvar qori Abdurashidxonov haqidagi bilimlarini yanada boyitdi.

๐Ÿ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Taqdimot
#Mahorat_darsi

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ธ Amerikalik ingliz tili o'qituvchisi Devid Paul Xilton ayni kunlarda viloyatimizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida dars bermoqda.

๐Ÿ“šBugun amerikalik o'qituvchi Devid Paul Xilton Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faollar zalida maktabning 9-10-11-sinf o'quvchilari uchun mahorat darsi o'tdi.

โœ… Odatdagidan noodatiy va qiziqarli ruhda kechgan mahorat darsida Devid Paul Xilton Amerika Qo'shma Shtatlaridagi universitetlar, ularga qay tartibda hujjat topshirish mumkinligi, topshirish jarayonida nimalarga e'tibor qaratish zarurligi, xorijiy universitetlar ajratadigan grant va stipendiyalarni qay tarzda yutish mumkinligi kabi masalalar yuzasidan taqdimot qildi.

โœ”๏ธTaqdimotdan so'ng xorijlik o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida samimiy muloqot va savol-javob bo'lib o'tdi.

โœ… Mahorat darslari davom etadi.

๐Ÿ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova "Madhiyam - sharafim, shonim!" mavzusida mahorat darsi o'tdi.

๐Ÿ“šMahorat darsida madhiyaning siyosiy, ijtimoiy ahamiyati, yurtga sadoqat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlari, shu bilan birga, Abdulla Oripov she'riyati haqida so'z bordi. Suhbat so'nggida Lola Saodatova o'quvchilarga Abdulla Oripovning turli she'rlaridan iqtiboslar yaratish vazifasini berdi. O'z navbatida, o'quvchilar o'zbek, turk, ingliz va rus tillarida madhiya haqida so'z yuritishdi.

๐Ÿ“Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

โšก๏ธBUGUN IJOD MAKTABIDA IJODKORLAR JAMLANDI!


๐Ÿ“š Bobomurod Sa'dullayev. Bu yigitni hali-hamon ijod ahli, shu bilan birga, tizimdagi barcha ijod va Prezident maktablari yaxshi bilishadi, tanishadi.

โœ… Bobomurod Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida tahsil olgan vaqtlarida barcha jabhalarda juda faol edi. Fan olimpiadalari, ijodiy, ilmiy va boshqa tanlovlarda doimo g'oliblar qatorida e'tirof etilardi.

โœ”๏ธ U bugungi kunda O'zbekiston milliy universitetining 2-bosqich talabasi. Shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tasarrufidagi "Yoshlik" jurnali adabiy muharriri, ijodiy ishlar bo'yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda.

๐Ÿ”ฐIjod maktabi kutubxonasida maktabimiz bitiruvchisi Bobomurod Sa'dullayev va adabiyotning nasr, nazm va publitsistika yo'nalishlarida qalam tebratayotgan o'quvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

โ‡๏ธ "Mahorat darsi"da Bobomurod Sa'dullayev ijod zavqi va uning mashaqqati, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati, "Yoshlik" jurnali tarixi, jurnal jamoasi va bugungi adabiy jarayonlar haqida so'z yuritdi.

๐Ÿ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, QarDU dotsenti, "Shuhrat" medali sohibi Nilufar Umarova tomonidan mahorat darsi o'tildi.

๐Ÿ“š
Mahorat darsida "She'r, she'riyat tushunchasi, she'riy san'atlar" mavzusida so'z bordi. N.Umarova she'riyat, she'r mashq qilish mashaqqati va mas'uliyati, viloiyatdagi bugungi adabiy jarayonlar haqida o'quvchilarga batafsil ma'lumot berdi.

โž– Mahorat darsida maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

โ‡๏ธ Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi mutaxassisi Davron Sultonov ham ishtirok etdi.

๐Ÿ“Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, "Ijodiy" to'garak rahbari Temirpo'lat Tillayev tomonidan mahorat darsi o'tildi.

๐Ÿ“š
Mahorat darsida "Soโ€˜z va badiiy soโ€˜z. Soโ€˜z tanlash mahorati" mavzusida so'z bordi. T.Tillayev badiiy so'zdan foydalanish mahorati va mas'uliyati, nasr yo'nalishi tarixi va buguni, istiqbollari, haqida o'quvchilarga batafsil ma'lumot berdi.

โž– Mahorat darsida maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

โ‡๏ธ Darsda tarbiyachi-pedagoglar Sh.Sharipova, B.Berdiyev va N.Hamidovalar ishtirok etdilar.

๐Ÿ“Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabida navoiyxonlik va boburxonlik haftaliklari boshlangan, hafta davomida bir qator tadbirlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

๐Ÿ“šShu ma'noda, bugun ijod maktabi va Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti adabiyotshunoslik kafedrasining o'zaro hamkorlikdagi rejasiga muvofiq maktab kutubxonasida Mahorat darsi o'tildi.

โœ… Filologiya fanlari doktori, professor Gulnoza Ernazarova tomonidan "Alisher Navoiyning ma'rifiy, ilmiy, falsafiy qarashlari" mavzusida mahorat darsi o'tildi. Unda ijod maktabining ijodkor o'quvchilari jamlandi.

โœ”๏ธErkin muloqot shaklida o'tkazilgan darsda Gulnoza Ernazarova o'quvchi yoshlarga Navoiyning ilmiy qarashlari, ijtimoiy hayotdagi muammolarga bo'lgan munosabati, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, turkiy tilning asoschisi sifatida avlodlarga qoldirgan ijodiy hamda ilmiy merosi haqida batafsil ma'lumot berdi. Bir so'z bilan aytganda, o'quvchilar "Alisher Navoiy aslida kim?", degan savolga mukammal javoblar olishdi.

โ‡๏ธ O'z navbatida, ijodkor o'quvchilar Alisher Navoiyga atab yozgan sh'erlari, ijodiy mashqlaridan namunalar o'qib berishdi.

๐Ÿ“—Maktab direktori Yoqutoy Djamalova ham mavzu yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

โฉ Shuningdek, dars davomida Navoiyning umumbashariy ahamiyatdagi g'azallari, ruboiylari, fardlari va qit'alari atroflicha tahlil etildi, uning ijodi mohiyati ochib berildi.

โšก๏ธE'tiborlisi, Gulnoza Ernazarova talaba-yoshlar o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan "Siz Navoiyni bilasizmi?" tanlovida ishtirok etishga ijod maktabi o'quvchilarini ham taklif etar ekan, zero, ushbu tanlovda ular navoiyshunoslik, ijod yo'nalishlarida talabalar bilan bemalol raqobat qila olishlarini e'tirof etdi.

๐Ÿ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va tarjimon O'roz Haydar tomonidan mahorat darsi o'tildi.

๐Ÿ“š
Mahorat darsida "Poetik nutqning shakllanishi" mavzusida so'z bordi. O'roz Haydar jahon va oสปzbek adabiyotida yaratilgan romanlar misolida badiiy nutq tiplari, turlari va shakllarini tahlil etib berdi. Shuningdek, u badiiy nutqning tiplari, bu tasniflarni oสปzbek adabiyoti misolida izohlab berdi.

โž– Mahorat darsida maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

๐Ÿ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi
#Onlayn

๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Jumagul Suvonova tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

๐Ÿ“šShoira J.Suvonovaning "Binafsha" esdalik guldastasi, "Tillaqosh", "Yigโ€™layotgan ohu", "Men sigโ€™magan dunyo", "Olovli fasl", "Odamqush qoโ€™shigโ€™i", "Tuproq isi" nomli sheโ€™riy hamda "Umr karvoni", "Qirmiz qizning qissasi" nomli nasrdagi nazm va hikoyalar toโ€™plamlari chop etilgan.


โœ… Mahorat darsida "Poetik ko'chimlar" mavzusida so'z bordi. Jumagul Suvonova oสปzbek adabiyotida yaratilgan ijodiy asarlar misolida poetik ko'chimlarni tahlil etib berdi. Shuningdek, u bu tasniflarni oสปzbek adabiyoti misolida izohlab berdi.

โž– Darsda ijodiy to'garak rahbari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi T.Tillayev hamda maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.
O'quvchilar o'z ijod namunalaridan o'qidilar.

๐Ÿ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi bosh mutaxassisi, yozuvchi, jurnalist va adabiyotshunos Bekzod O'ktam tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

โœ…
Mahorat darsida "Hikoya tushunchasi. Hikoyada badiiy obrazlilik" mavzusida so'z bordi. Bekzod O'ktam oสปzbek adabiyotida yaratilgan hikoyalar misolida hikoya janri xususiyatlari, hikoyachilik an'analari, undagi shakl va mazmun turlari, hikoyachilikdagi jahon adabiyoti tajribasi haqida ma'lumotlar berdi.

โž– Darsda ijodiy to'garak a'zolari va adabiyotning nasr yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi. Dars so'nggida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

๐Ÿ“Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram