Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.39K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yonğin_xavfsizligi
#Chora_tadbirlar_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 2021 yil 11 dekabr kuni viloyat yong‘in xavfsizligi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bosh inspektori, leytenant Jahongir Musaqulov, boshqarma xodimi, serjant Xasan Yo‘ldoshev ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
🔥 Mazkur davra suhbatida yong‘in xavfsizligi, favqulodda holatlar va ularni oldini olish, yong‘in keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan jarayonlar haqida ma'lumotlar berildi.

🎞 Yong‘in kelib chiqish holatlari aks etgan videorolik namoyishi barcha ishtirokchilarni yanada ehtiyotkorlikka, xushyorlikka chorladi.

💥 Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan o‘quvchilar turar joylarida favqulodda holatlar yuz bergan vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

telegram| web sayt|facebook|youtube
#Tonggi_saflanish
#Taqdirlash
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida odatdagidek, boshlanayotgan haftaning birinchi o‘qish kunida "Tonggi saflanish" o‘tkazildi.

🔈 "Tonggi saflanish" da o‘quvchilarga odob-axloq qoidalari, o‘tkazilayotgan tanlovlarda faol ishtirok etishlari, ijodiy ishlar targ‘ibotida faol bo‘lishlari haqida gapirib o‘tildi.

🏆 Shuningdek, mazkur saflanishda "OITS-millat kushandasi","Konstitutsiya mening nigohimda","Mening obod va go‘zalim maskanim" mavzularida tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovining taqdirlash marosimi ham tashkil etildi va g‘oliblar munosib taqdirlandi.

🎞 "Tonggi saflanish" yakunida o‘quvchilarga O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish ettirildi. Barcha ishtirokchilar Davlat madhiyasini jonli ijro etib, bugungi "Tonggi saflanish"ga yakun yasashdi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
#Ochiq_dars
#Yangi_loyihalar
#Taqdimot

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida bilogiya fanidan ochiq dars òtkazildi

✳️Darsni oliy toifali biologiya fani òqituvchisi Iroda Eshniyozova "Nafas olish a'zolari tuzilishi va funksiyalari" mavzusida òtdi.Darsda 8-sinf òquvchilari tomonidan mavzuga oid yaratilgan yangi loyihalar taqdimoti ham òtkazidi.

🔰Òquvchilar tomonidan yaratilgan bu kabi loyihalar ularning fanga ishtiyoqarini yanada oshirib, tengdoshlariga katta qiziqish uyģotdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
# Ochiq_dars
# Hamid_Olimjon_112_yilligi
# Baxt_kuychisi

Bugun Abdulla Oripov ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Davronova Malika Hamid Olimjon tavalludining 112 yilligiga bag‘ishlab "Baxt kuychisi" deb nomlangan ochiq dars o‘tdi.
🔰 Darsda "Aqliy hujum", "Tezkor savo-javob" metodikasidan foydalanildi. Shoir ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi. She'rlari o‘quvchilar tomonidan aytildi.
🖌 Hamid Olimjon qalamiga mansub bo‘lgan g‘azalni Itolmasova Sevinch tahlil qilib berdi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar fan o‘qituvchisi tomonidan rag‘batlantirildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
# Ochiq_dars
# Chingiz_Aytmatov
# Oq_kema

Abdulla Oripov ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Azizova Nafosat 7-A sinf o‘quvchilariga Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi, asarlari haqida ochiq dars o‘tdi.
🔰 Dars noan'anaviy shaklda tashkil qilindi. Darsda "T", "Bumerang" metodikasidan foydalanildi.
🖌 Adabiyot darsi tarix, tasviriy san'at fanlariga bog‘lab o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan "Oq kema" qissasi qahramonlariga ta'rif berishdi.
📌 Darsga faol qatnashgan o‘quvchilar fan o‘qituvchisi tomonidan rag‘batlantirildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube