Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.58K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xalqaro_forum

XALQARO FORUM DOIRASIDA ILK MEMORANDUM IMZOLANDI

🔰 Bugun, 22-noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston" universiteti binosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti va Massachusetts Texnologiyalar Instituti J-WEL o‘rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha Memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan ko'zlangan maqsad:
🖊 tegishli muassasaning o'quv va ilmiy faoliyatiga qiziqishni oshirish;
🖊 har ikkala institutning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalarni tushunish darajasini oshirish;
🖊 ichki yoki tashqi resurslar tomonidan moliyalashtiriladigan qo'shma tadqiqot takliflari bo'yicha hamkorlik qilish;
🖊professor-o'qituvchilar, talabalar va xodimlar almashinuvini rag'batlantirish

📌Mazkur Memorandum Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova hamda J-WEL direktori doktor Vijay MS Kumar tomonidan imzolandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Lachin Italmazova,
Times Higher Education tashkiloti mintaqaviy direktori

- Biz Times Higher Education tashkiloti sifatida jahon universitetlari xalqaro reytingini baholashda 13 turdagi me'zonlarga tayanamiz. Xususan, OTMlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishi, mazkur ilmiy izlanishlarning sifatiga alohida e'tibor qaratiladi.

- Aytish mumkinki,"Yangi O'zbekiston" dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo'lish uchun ulkan salohiyatga ega. Tabiiy, bu vaqt talab etadigan jarayondir. Bunda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

-Top universitetlar reytingiga kirish nafaqat jahon miqyosida tan olinish, balki eng yaxshi iqtidor egalarini jalb etish va jahon OTMlari hamda tashkilotlar bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish demakdir
.

👉Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
#Teatr_ibrat_maskani
#5_tashabbus_ijrosi

Bugun 2021-yil 23-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining òquvchilari Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Abdulla Oripovning "Jannatga yo'l" dramatik dostoni asosida sahnalashtirilgan spektaklini tomosha qildilar.

❇️ Ijod maktabida tashkil etilgan dramatik tògaragining bir guruh a'zolari ham spektakl namoyishiga ishtiriok etdilar.

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2021»

(I Жамоатчилик сўровномаси)

«2021 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ»

2021 йилда фаол ишлаган, халққа энг яқин бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган «2021 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ»ни аниқланг!

Қайси ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ жорий йилда қандай ишлаганини сизнинг эътирофингиз аниқлаб беради.

Ушбу сўровнома орқали ҳар бир ташкилот раҳбарлари ва матбуот котиблари фаолиятига ҳам баҳо берилади.

(Танлов ҳақида батафсил)

Эслатма: Давлат ва жамоат ташкилотларининг номлари қисқартма шаклида берилган.

➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️
#Uch_avlod_uchrashuvi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Uch avlod birdamligi yoshlarimiz kelajagi uchun buyuk poydevor" mavzusida ma'rifiy tadbir òtkazildi

❇️Tadbirda taniqli jurnalist, Òzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zosi, bir necha yillar viloyat teleradiokompaniyasi direktori Husan Temirov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi

✳️ Tadbir Òzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bòlimi bilan hamkorlikda òtkazildi.Unda Òzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Galoviddin Yòldoshev, uyushma mutaxassisi , shoira Muhayyobonu Qurbonova, ommaviy-axborot vosita xodimlari ishtirok etdilar.

🔰Ijodkor yoshlar òz ijod namunalarini havola etdilar. Davra suhbatida òquvchilar jurnalistika kasbining sir-asrorlari, ijodning mashaqqatli ,ammo sharafli yòli haqida ustoz saboqlarini oldilar

Ma'rifiy tadbir jarayoni viloyat va respublika televideniyesida tasvirga olindi


👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Maktabda_kinoteatr
#5_tashabbus_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haqida yaratigan hujjatli film namoyishi òtkazildi

❇️"Xalq yuragi"deb nomlangan film barcha tomoshabinlarga katta qiziqish, taassurot qoldirdi

✳️Film ijodkorlariga òz minnatdorchiligimizni bildiramiz

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Iqtidorli_òquvchilar_faxrimiz
#Adabiy_saboqlar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida Qarshi davlat universiteti Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Gulchehra Imomova tomonidan Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlab "Sòz mas'uliyati "mavzusida adabiy suhbat òtkazildi.

❇️Suhbat davomida òquvchilar Erkin Vohidov hayoti va ijodiga doir qimmatli ma'lumotlar, shoirnig "Sòz latofati"kitobidagi badiiy ifodalar haqida adabiy saboq oldilar.

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Korrupsiya_rivojlanishimizga_tòsiq
#Ochiq_dars
#Debat_dars

Xabaringiz bor, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Korrupsiya rivojlanishimizga tòsiq" mavzusida tadbirlar òn kunligi e'lon qilingan edi.

❇️Bugun ijod maktabining oliy toifali tarix òqituvchisi Ravshan Xolov tomonidan ochiq dars òtkazildi.

✳️ Dars debat tarzda tashkil etilib, unda òquvchilar mavzuga oid òz fikr-mulohazalarini erkin bayon etdilar.

🔰Dars mavzusiga oid videolavha, fotoslaydlar namoyish etildi.

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi