Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.56K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Notiqlik_tanlovi
#Respublika_bosqichi
#Sevinch_tanlov_g'oibi

llk bor O'zbekistonda tashkil etilgan 17-30 yoshdagi yoshlar o’rtasida notiqlarni kashf etuvchi "Muammo,Erkinlik,Natija" teletanlovida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Abdiyea Sevinch final bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

❇️Abdiyeva Sevinch Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Diplom va planshet bilan taqdirlandi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
#Biz_sen_bilan_bir_safdamiz
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Joriy yilning 9-noyabr kuni
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi jamoasi Qarshi shahrida joylashgan “Muruvvat” uyida "Biz sen bilan bir safdamiz" shiori ostida “Saxovat” loyihasini o’tkazdi.
“Muruvvat” uyida tarbiyalanayotgan bolajonlarning holidan xabar olinib konsert dasturi o’tkazildi, ularga quvonch ulashish maqsadida sovg‘alar ulashildi.
Shuningdek, tadbirda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida "Dolzarb qirq kun" loyihasiga asosan “Muruvvat” uyi maydonida ko’kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilib, archa ko‘chatlari o‘tqazildi.
#Mitti_yulduz_jilolari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Shifokorlarga

Qadringizni yana bir bor bildik, mana
Jasoratla elda bo‘ldingiz afsona,
Bemorlarin atrofida xo‘p parvona,
Bugun sizga ta'zimdamiz, shifokorlar.

Kunni, tunga, tunni tonga uladingiz,
Yurtga faqat sog‘-omonlik tiladingiz,
Bemorlarga yoshli ko‘zla so‘yladingiz,
Bugun sizga ta'zimdamiz, shifokorlar.

Tilingizda shirin kalom hamda duo,
Shu duolar ijobatin bergin Xudo,
Sinovlarda joningizdan kechib xatto,
Bugun sizga ta'zimdamiz, shifokorlar.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-b sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
#Mitti_yulduz_jilolari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Kulsangiz, onam!

Ko‘zimga chiroyli ko‘rinar dunyo,
Yorishib ketadi yurak koshonam.
Eng shirin orzuyim bo‘lgaydir ro‘yo,
Bir bora jilmayib qo‘ysangiz onam!

Yam-yashil bahorga aylanar qishim,
Charx urib uchadi ko‘kda baxt qushim,
Yengillab ketardi og‘ir yumushim,
Agar siz jilmayib qo‘ysangiz, onam!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ismatullayev Lochin

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
#Mitti_yulduz_jilolari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Meni ko‘p o‘qisangiz

Meni o‘qi erinmay,
O‘zinga yoqqan xilim.
Har o‘qigan satringda,
Olasan odob, ilm.

Turlarim ko‘p juda ham,
Roman, doston, hikoya.
Keling, ko‘raylik baham,
Ilmimda yo‘q nihoya.

Ibratli so‘zlarimdan,
Dur-u marjon olasiz.
Meni ko‘p o‘qisangiz,
Dono bo‘lib qolasiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-a sinf o‘quvchisi Abduqahhorov Dilxush.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
#Mitti_yulduz_jilolari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

***
Barglarni to‘zg‘itib ketadi shamol,
Turnalar baxt sanab uchar izma-iz.
Quyoshda mavjlangan qaldirg‘och misol,
Nigohi ohuni yodga solgan qiz.

Nurafshon borliqning o‘n besh bahori,
Faqat oy husninga chiroy bitganmi.
Yo nurli zulfinga qodir tabiat,
Qavsning yaxobiga cho‘miltirganmi!

Karbalo qismati quyoshdandirmas,
U oshiq Majnunning yurak yonishi.
Balki sen tufayli (tasodif emas)
Qutb yulduzining yerga qo‘nishi.

Bilgayman, hislarga egmaysan bo‘yin,
Qalbingda muhabbat kurtaklasa ham,
"Ayt, seni, ishq turtib o‘tganmi" desa,
"Yo‘q" deb aytolmiysan, shudir g‘alabam!

Magarda izhorlar gunoh sanalsa,
Mayli, gunohlarga cho‘lg‘ansin yo‘lim
Xayollar tinchingni buzgan fursatda,
Mag‘rur sevgimizni unutma, gulim...

Odamlar o‘tadi,
Uchar yulduzlar,
Tuyg‘ular hislarga
Bo‘lmaydi guvoh,
Qalbimdan o‘chadi
Ishq bosgan izlar,
Faqat biz qolamiz,
Gunohkor, gumroh...

11-sinf o‘quvchisi Sa'dullayev Bobomurod
#Quvnoqlar_va_zukkolar
#Besh_tashabbus_amalda
#Yosh_iqtidorlar_sahnada

Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish maqsadida o’quvchi-yoshlarning “Komfort” jamoasi o’zlarining ilk badiiy chiqishlarini havola etdilar.

🔰Yosh iqtidorlarning badiiy mahoratlari, yumoristik sahna ko’rinishlari, konsert dasturlari bilan bir qatorda badiiy asarlardan o’qilgan monologlari ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.

✳️Dasturdan o'rin olgan "Omadli chipta" o'yinida ustozlar, xodimlar, o'quvchilar qiziqish bilan ishtirok etdilar.

❇️Dastur loyihasi davom etadi…

👉https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Ijodiy_uchrashuv

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari O.Hatamov, Sh. Shernazarov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati matbuot kotibi, Abdulla Oripov ijodi bo‘yicha tadqiqotchi-olim Azamat Zaripov, "Jasorat va Matonat" targ‘ibot maskani rahbari J.Shuhratovlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

✳️Tadbirda QarDU professori, Senator A. Erkayev,Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari O'.Haydar ishtirok etdilar.

❇️"Jasorat va matonat" targ‘ibot markazi tomonidan Abdulla Oripov ijodidan "Mantiqiy 10 ta savol" tanlovi tashkil etilib, tanlovda 10-sinf o‘quvchisi Yusupova Shodiya g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

✳️G'olib diplom hamda esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.

🔰Tadbirda ijod maktabining aktyorlik to'garagi a'zolari tomonidan Abdulla Oripovning "Jannatga yo'l"dramatik dostonidan sahna ko’rinishi namoyish etildi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
Forwarded from "QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI" DM (ABROR MUZAFFAROV)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“ДИЁР ЯНГИЛИКЛАРИ”│“Муруват” уйида “Саховат” лойиҳаси ўтказилди.

|
Youtube | Facebook | Telegram |
Каналга уланинг
👉https://t.iss.one/qashqadaryo_trk