Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.37K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol_musobaqasi
#5_tashabbus


O'quvchilarni sportga qiziqtirish, ularni jismonan sog'lom bo'lishida sportning ahamiyatini ko'proq singdirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi Prezident maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'rtasida sport musobaqalari o'tkazilmoqda

❇️Kuni kecha o'tkazilgan futbol musobaqasida har ikkala maktabning 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoalari o'zaro bellashdilar

💥Musobaqa yakunida 5:5 hisobda durang natija qayd etildi.


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#100_ta_eng_sara_asarlar
#Tògaraklar_faoliyati

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash "to'garagi hamda Adabiyot fani o'rtasida integratsiya samarali yo'lga qo'yilib, o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan audioasarlardan namunalar yaratilmoqda.

📚Lyuis Kerroll "Alisa mo`jizalar mamlakatida"
8-"A" sinf o‘quvchisi
Ergasheva Zarnigor

Fan o‘qituvchisi: Shodmonova Dildora
Montajchi: Shaxzod Rajabov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA


📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda!

Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – 1- fevralga qadar;
Tuman (shahar) bosqichi – 15-fevral kuniga qadar;
Viloyat bosqichi – 28-fevral kuniga qadar;
Respublika bosqichi – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha aprel oyida, aniq fanlar yo‘nalishi esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi sifatida may oyida bo‘lib o‘tadi.

⭕️⭕️⭕️
💠Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SHOSHILING!

💠Barcha iqtidorli o‘quvchilarni mazkur Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz!

Zero bilim qudratdir! Muhammad al-Xorazmiy kabi, kelajakni ilm bilan yoritaylik!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

20-yanvar —Oʻzbekiston xalq shoiri, adib va tarjimon, publisist va dramaturg Xurshid Davron tavallud topgan kun.

Xurshid Davron adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti (2009), Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). „Doʻstlik“ ordeni (1997) bilan mukofotlangan. Xurshid Davronning ilk sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlarim") nomi bilan 1976-yilda chop etilgan, birinchi kitobi("Qadrdon quyosh") 1979-yilda bosib chiqarilgan. Shundan soʻng shoirning "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983), "Toʻmarisning koʻzlari" (1984), "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987), "Bahordan bir kun oldin" (1989), "Bibihonim" singari kitoblar muallifi.
Forwarded from Zakovat: Qashqadaryo
Qashqadaryo Zakovat klubida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

2024-yilga ko'ra eng yaxshi deb topilgan quyidagi nominatsiyalar aniqlandi:

Yilning eng yaxshi bilimdoni: Oybek Qurbonov;
Yilning eng yaxshi ayol bilimdoni: Lobar Karimova;
Yilning eng Eng yaxshi jamoasi: Abdulla Oripov ijod maktabi jamoasi.

Nominatsiyalar g'oliblariga"Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan maxsus statuetka va esdalik sovg'alari topshirildi.

@Qashqadaryo_ZakovatNNT