Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.32K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Oltin_satrlar

VATAN FARZANDI


Goho yosh bolaga o'xshaydi Vatan,
Sodda, norasida, pok va beg'ubor.
To ozor yetmasin unga daf'atan,
Begona ko'zlardan asramoq darkor.

Vatan ulugʻ pirga o'xshaydi gohi,
Qo'llagay, aritgay ko'zdan yoshlarni.
Yursa tovoniga botmasin toki,
Yo'ldan olib qo'ying har xil toshlarni.

Kim uning xizmatin etolsa ado,
Ikki dunyoda ham bo'lmagaydir kam.
O'zini tamasiz qildimi fido,
O'sha zot Vatanga farzand chinakam.

Abdulla Oripov
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlov

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash bo'yicha qaror qabul qilingan edi.

Nukus shahrida shoir ijodiga bag'ishlab "Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan" mavzusida ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan respublika insholar tanlovida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi To'rayeva Hulkar 97 ball bilan faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

To'rayeva Hulkarni hamda ustozi - ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Olimjonova Mohigulni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi o'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

OʻQUVCHIMIZ RESPUBLIKA INSHOLAR TANLOVIDA GʻOLIB BOʻLDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli hayoti va ijodiga bagʻishlab oʻtkazilgan Respublika insholar tanlovida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Hulkar Toʻrayeva 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizni ushbu gʻalaba bilan qutlab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tògaraklar_faoliyati

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi rus tili o'qituvchisi G.Xonkeldiyeva tomonidan o'quvchilarda chiroyli yozuv ko'nikmalarini mustahkamlash, fanga bo'lgan qiziqish va intilishlarini rivojlantirish maqsadida "To'g'ri va chiroyli yozuv ustasi" tanlovi o'tkazildi.

Unda 7-11- sinf o'quvchilari o'z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.

🏆Tanlov g'oliblari 28-dekabr kuni bo'lib o'tadigan Yangi yil bayramida diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🗂 Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

📝 IJOD MAKTABLARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Voleybol

⚽️ Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

🏐Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bu borada Abdulla  Oripov nomidagi ijod maktabida muntazam ravishda sportning bir necha turlari bo'yicha musobaqa o'tkazilmoqda.

🎗Shu ma'noda, ijod maktabining o'quvchilari 8-sinf o'quvchilari o'rtasida sportning voleybol turidan musobaqa bo'lib o'tdi.