Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#27_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Imom Burhoniddin Marg‘inoniy" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Imom Burhoniddin Marg‘inoniy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...

👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_uchrashuv
#Kitob_taqdimoti
🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan shoir Shuhrat Sayyidning "Yassaviyni eslab", "Xaziniyni eslab", "Shavqiyni eslab" turkum kitoblari taqdimoti va ijodiy uchrashuv tafsilotlari "Ma'naviyat ko'zgusi" teleko'rsatuvida.
🔷Ijodiy uchrashuvda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi, shoir Salim Ashur, Qoraqalpog'iston xalq shoiri,O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Rustam Musurmon ishtirok etdilar.

👍4🔥1
Forwarded from "QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI" DM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"QASHQADARYO AXBOROTI" 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
#10dec #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
#10dec #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tògaraklar_faoliyati
#Ingliz_tili
✅Ijod maktabida 7-va 8-sinfda ingliz tili fanidan o 'tkazilayotgan to'garak darslaridan lavhalar.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

👍4❤1🔥1👏1🤩1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil
PREZIDENT VA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi Prezident va ijod maktablarining 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, ZOOM platformasi orqali tizimdagi Prezident hamda ijod maktablarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qo‘shimcha kurslar va to‘garaklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, Prezident hamda ijod maktablarida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini o‘rnatish taʼkidlandi.
Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir Prezident hamda ijod maktabining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga Prezident hamda ijod maktablarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍3❤1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Qashqadaryo axboroti | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bayram tadbiri
#qashqadaryoMTRK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qashqadaryo axboroti | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bayram tadbiri
#qashqadaryoMTRK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2❤1🔥1👏1🤩1
#12_dekabr_Chingiz_Aytmatov_tavallud_topgan_kun
✅ Chingiz Aytmatov - qirg‘iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974).
✅ Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. "Baydamtol sohillarida" (1955), "Yuzma-yuz" (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. "Jamila" (1958), "Sarvqomat dilbarim" (1961), "Bo‘tako‘z", "Birinchi muallim" (1962), "Momo yer", "Somon yo‘li" (1963), "Alvido, ey Gulsari" (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan tarannum etilgan.
✅ Aytmatovning "Tog‘ va cho‘l qissalari" turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning "Oqkema" (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. "Oq kema" kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. "Dengiz yoqalab chopayotgan olapar" (1977) qissasida muhim ma’naviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan.
✅ "Asrga tatigulik kun" (1980), "Qiyomat" (1986), "Kassandra tamg‘asi" (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi.
✅ Aytmatovning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). "Sarvqomat dilbarim" ("Dovon"), "Bo‘tako‘z" ("Jazirama"), "Birinchi muallim", "Jamila", "Alvido, ey Gulsari" va boshqa ekranlashtirilgan, o‘zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. «Momo yer» asariga I. Akbarov musiqa yozgan. Aytmatovning qariyb hamma asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan.
✅ Aytmatov o‘zbek adabiyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, "Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘hna Vizantiyaning Qadim Rusga ko‘rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin", deb hisoblaydi. Aytmatov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999).
"Chingiz Aytmatov — qirgʻiz xalqining peshonasiga Xudo yorlaqagan shunday yozuvchiki, bugungi kunda bu qutlugʻ nomsiz qirgʻiz xalqini tasavvur etish amrimaholdir".
✍️Abdulla Oripov, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri.

👍2
#Hamid_Olimjon_tavalludining_115_yilligi
🔰Shoir, dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ilgan.
✅ Uning “Koʻklam” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1929-yilda bosilib chiqdi. Soʻng “Olov sochlar” (1931), “Oʻlim yovga” (1932), “Poyga” (1932) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etildi.
✅ Shoir tarjimon sifatida u Pushkin, Tolstoy, Gorkiy, Mayakovskiy, Serafimovich, Shevchenko, Lermontov, Ostrovskiy, Korneychuk asarlarini tarjima qildi.
✅ Hamid Olimjon “Daryo kechasi” (1936), “Oʻlka” (1939), “Baxt” (1940) toʻplamlari, “Ikki qizning hikoyasi” (1935—1937), “Oygul va Baxtiyor” (1937), “Semurgʻ” (1939) dostonlarini yaratgan.

Abdulla Oripov
HAMID OLIMJON XOTIRASIGA
Oʻrik gullaganmish kechagi tunda,
Bahor mujdasi bu, yayragin, ey jon.
Yillar oʻtar ekan, bugungi kunda
Oltmishga kiribsiz, ustoz Olimjon.
Bir yonda Hulkar bu, bir yon Omon bu,
Bir yon shoiramiz — mashhuri olam.
Sizning tegrangizda ahli zamon bu,
Sizning tegrangizda doʻstlar boʻlmish jam.
Barhayot Oybek bu — qutlaydi mamnun,
Qutlar Gʻafur Gʻulom — dongdor zamondosh.
Sizni qutlayotir doʻst-yorlar bukun,
Qutlar Oʻzbekiston — magʻrur egib bosh.
Yetimtov bagʻridan chiqqan navqiron,
Siz bu — sheʼrimizning eng jarang sasi.
Sizning satringizda qurmish oshyon
Uchirma qush kabi sheʼr ilohasi.
Oltmishga kiribsiz, yodingiz ammo
Shabnamday maʼsumu koʻklam kabi yosh.
Axir qancha qadim boʻlmasin dunyo
Bagʻrida nur borki. qarimas quyosh.
Hayot boʻlsaydingiz turardingiz shod
Ulkan shu davraning eng oʻrtasida,
Tiriklik shaʼnini ulugʻlab kushod
Doston insho etib, bitib qasida.
Hayot boʻlsaydingiz har salqich sahar
Oshko buloqlarga quyardingiz lab.
Yurardingiz elda aziz, moʻtabar,
Sonsiz shogirdlarning manglayin silab.
Yaxshiyam boqiydir dilbar sheʼriyat,
Samandar misoli oʻlim bilmas jon.
Minnatdor yurt sizni qutlaydi faqat,
Kutlugʻ bu ayyomda, ustoz Olimjon.
Yurt bu kun karvonlar boshida nordir,
Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor.
Yurt bu kun ohuday xoʻp ishvakordir,
Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor.
Tole yulduzining qutlugʻ ziyosi
Saodat burjida balqqay, zamon bu.
Qadim bir diyor bu — yoʻqdir qiyosi,
Ajib bir boʻston bu — Oʻzbekiston bu.
Ustoz, sozga solay boqiy hayotni,
Boqiy sheʼr qoshida bosh egay bir on.
Shodlik va baxtini kuylagan zotni
Shodlik bilan eslar odatda zamon.
1970.

👍4🔥2