Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.32K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi 1992 yil 10 dekabr kuni qabul qilingan. Madhiya Mutal Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov she’ri asosida yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining sharhi

I.2. O‘zbekiston joylashish o‘rniga ko‘ra quyoshli bir maskandir. Bu maskan barcha fuqarolarning muqaddas sajdagohi, baxtu najot qal’asidir.
I.2. O‘zbek xalqi o‘z tarixiga ko‘ra do‘stparvar, katta-yu kichikka baravar muruvvat ko‘rsatuvchidir. Tarixda bunga misollar juda ko‘p.
I.3-4. O‘lkaning shonu shuhratini ta’min etuvchi omil, albatta, ilm, fan va ijoddir. Tarixda ham shunday bo‘lib kelgan. Masalan, Beruniy, Al-Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Ulug‘bek, Navoiy va boshqa allomalar. Ular O‘zbekiston shuhratining jahondagi maqomini belgilab keldi. Bundan buyon ham bu yuksak parvoz davom etajak.

II.1. O‘zbekiston tog‘lar, go‘zal vodiylar o‘lkasi. Jumladan, Farg‘ona vodiysi, Xorazm vohasi va hokazo. Behisob tabiiy boylik, jannatiy go‘zallik – bularning barchasi O‘zbekiston jamolini belgilaydi.
II.2. O‘zbek xalqi har qanday ishga qo‘l urayotganda ota-bobolar ruhidan madad tilab kelgan. Ajdodlarning xotiralari, qadamjolari o‘zbeklar uchun hamisha muqaddasdir. Mard, ulug‘ bobolar nomi yod etiladi. Amir Temur, Zahriddin Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy singari bobolarimiz millatning faxridir.
II.3-4. Tarixda shaxslarning xizmatlari, obro‘-e’tiborlari nechog‘li buyuk bo‘lmasin, ular birinchi navbatda xalqning vakillaridir. Qilgan ishlari ham faqatgina xalq hayoti bilan qo‘shilib ketajak. Ulug‘ o‘zbek xalqi o‘z ozodligini himoya qilganda ham yoxud shahar qurib, ariq chiqarganda ham hamisha uyushqoqlik va hamjihatlik bilan harakat qilib kelgan. Birgina misol: Ikkinchi jahon urushi yillarida Katta Farg‘ona kanalini o‘zbek xalqi 45 kun ichida ketmon bilan qazigan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ulug‘ shaharlarmimiz – Samarqand, Buxoro, Xiva ham xalqimiz buyuk ijodining timsollaridir.
III.1. O‘zbek xalqi o‘zining bahri kengligi, serfarzandligi, bolaparvarligi bilan mashhurdir. Bu esa xalqimizning o‘chmas va o‘lmas iymon va e’tiqodi bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, islomiy e’tiqodimiz, muruvvat va shafqatni, ezgulik va olijanoblikni yuksak sharaf deb hisoblaydi.
III.2. Ajdodlar shavkati bilangina faxrlanib yashashning o‘zi yetmaydi. Avlodlar yurtining obro‘-e’tibori yanada yuksak pog‘onalarga ko‘tarmoqlik shart. Buning uchun esa avvalombor ozod va mustaqil, erkin bo‘lishimiz kerak edi. Va biz bunga erishdik. Qushning parvozi qanoti bilan bo‘lganidek, O‘zbekistonning ham kelajakdagi parvozida avlodlar zo‘r qanot bo‘lajak.
III.3 Jahonda ma’lumki, totalitar sovet tuzumi barham topgach, istiqlol bayrog‘ini, ozodlik mash’alasini birinchi bo‘lib ko‘targan O‘zbekistondir. O‘zbekiston o‘z hududida va joylashgan mintaqasida hamda butun jahonda tinchlik, osayishtalik bo‘lishining tarafdoridir.
III.4. Haqiqatni, rostgo‘ylikni xalqimiz hamisha ardoqlagan. Shundoq yurtgina mangu obod bo‘lib, gullab-yashnashga haqlidir.

1999 yil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Абдулла Орипов 1992 йил Xl сессияда мадҳия матнини ўзи ўқиб берган архив видеони ҳукмингизга ҳавола этамиз.

@abdullaorifijodi
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

ABDULLA ORIPOV

O'ZBEKISTON MADHIYASI


Vujuding sog'ligi shartdir odamga,
Unutmang, ammo ruh tarbiyasini.
To'rt nafar turk qizi kelib xonamga
Ijro etdi o'zbek madhiyasini.

Dengizlardan osha, tog'lardan osha
Yurtim ko'z o'ngimda bo'ldi namoyon.
Go'yo diyorimni qildim tomosha,
Jannat xaritasin ko'rganimsimon.

Yuksak va shiddatli, latif ham mayin
Ohang taralardi Marmara bo'ylab.
Yurtim qo'shig'ini shu lahza tayin,
Osiyo, Yevropa turardi kuylab.

Misli ufurardi menga nafasin
Oltin vodiylarim, kumush tog'larim.
Ilg'adim Do'rmonda bulbullar sasin,
Ko'rindi shovullab turgan bog'larim.

Madad qo'llarini cho'zardi shu dam
Yiroq-yiroqlardan mardona bir ruh.
Dengiz tumanidek tarqab ketdi g'am,
Tog'lar qori kabi eridi anduh.

2013-yil 10-oktyabr,
Istanbul
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

🇺🇿BUYUK VA MUQADDAS VATANIMIZ MADHIYASI

⚡️Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

🔰Shu ma'noda, bugun erta tongdan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi binosi maydonida "Madhiyam - shonim, g'ururim" mavzusida o'tkazilgan tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi mutaxassislari, viloyatimizdagi harbiy qismlardan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlari xodimlari, oliy ta'lim muassasalari talabalari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, ijod maktabi o'qituvchilari, o'quvchilar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

☑️ Tadbirni Janubi-G'arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar kengashi raisi podpolkovnik Sharif Ma'diyev kirish so'zi bilan ochib berib, ishtirokchilarni tabrikladi.

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi ijrosida davlat bayrog'i ko'tarildi.

💐Shundan so'ng O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali oldida tarixi fanlari nomzodi, dotsent S.Murtozovaning madhiyamiz tarixi haqidagi fikrlari, ijod maktabi o'quvchilarining madhiya haqidagi she'rlari tinglandi.

✔️ Harbiy va ichki ishlar organlarida ko'p yillik faoliyat yuritgan soha faxriylari tomonidan harbiy xizmatchilar uchun Abdulla Oripov muzeyida ma'rifat sabog'i o'tkazildi, Unda madhiya tarixi, uning mazmun-mohiyati haqida so'z bordi.

Tadbir ishtirokchilari Abdulla Oripov hayoti va ijodiy faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Ma'lumot o'rnida, muzdeyda shoirning madhiya yaratishdagi 200 dan ortiq qoralamalaridan 17 nusxasi saqlanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#27_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Imom Burhoniddin Marg‘inoniy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Imom Burhoniddin Marg‘inoniy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_uchrashuv
#Kitob_taqdimoti

🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan shoir Shuhrat Sayyidning "Yassaviyni eslab", "Xaziniyni eslab", "Shavqiyni eslab" turkum  kitoblari taqdimoti va ijodiy uchrashuv tafsilotlari "Ma'naviyat ko'zgusi" teleko'rsatuvida.

🔷Ijodiy uchrashuvda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi, shoir  Salim Ashur, Qoraqalpog'iston xalq shoiri,O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Rustam Musurmon ishtirok etdilar.