Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_oyligi
#Òquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori

Ijod maktabida "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" doirasida o'tkazilayotgan rasmlar tanlovida o'quvchilarning ijodiy ishlaridan namunalar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tògaraklar_faoliyati
#Media

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yònalishlardagi tògaraklar faoliyat olib bormoqda.

"Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" hamda "Kompyuter grafikasi " to'garagi a'zolari tomonidan ijodiy ishlar yaratilmoqda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_baholash
#ijtimoiy_rolik

Yangi baholash tizimini joriy qilishga nima turtki bo‘ldi? O‘quvchilar bilimini baholashning oldingi va hozirgi tizimi o‘rtasida qanday farqlar bor?

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-DEKABR – QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Ana shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu sana keng nishonlab kelinadi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda hududdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarimizda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlarda yozuvchi va shoirlar, tilshunos olim va jamoat arboblari, xorijlik o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz tomonidan Qoraqalpoq tilida yangragan qo‘shiqlar, milliy kuy va raqslar, shuningdek, badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘lmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_tarixi

1-DEKABR – QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN


🔰Qoraqalpoq tili – oltoy tillar oilasi turkiy tillar guruhining qipchoq shoxobchasiga mansub. Fonetikasi qozoq va noʻgʻay tillariga, lugʻat tarkibi esa oʻzbek tiliga yaqin turadi.

📅 1989-yili 1-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengashi sessiyasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi rahbariyati va jamoasi qardosh qoraqalpoq xalqini ushbu qutlugʻ sana bilan chin yurakdan samimiy tabriklaydi.

⚡️...Bir yonda turkmanim, qirgʻiz, qozogʻim,
Orolga termulgan qoraqalpogʻim,
Oʻzbegim, tojigim – koʻzim-qarogʻim
Jam boʻlganda qatoridan ayrilmas.
Ayrilsa ayrilgay togʻlar qoridan,
Ayrilgay behimmat boy ham boridan.
Vafosiz ayrilgay doʻstu yoridan,
Shoir xalqi ashʼoridan ayrilmas.

✍️(Abdulla Oripov. “Ayrilmas” sheʼridan)
#Nazm

Abdulla Oripov

QISH


Kuz ham ketdi, mana,
Qish keldi qayta,
Eski ashulamni yana aytaman.
Seni qarshi oldim nechanchi marta,
Qish, senga nechanchi bora qaytaman.

Gaz oʻchoq joyida, poʻstin ham tayyor,
Sening hurmating bu, qirchillama qish.
Undov belgisidek teraklar qator,
Qishga shu tariqa aytishar olqish.

Bunday payt gashtlidir choyxona koʻproq,
Chollarga oʻsha joy boʻladi shafye.
Choyxona tomonga tortsa-da oyoq
Duch kelaveradi negadir kafe.

Shundoq davom etar hayot baribir,
Topilar biz uchun xilvat goʻsha ham.
Koʻpdan sogʻintirgan davramiz qizir,
Axir eski doʻstlar yana boʻlmish jam.

Yana yodga tushar u olis yillar,
Qishning qadamiga alyor aytamiz.
Tongda chumoliday chiqqan boʻlsak gar,
Shomda arslon boʻlib uyga qaytamiz.

2010-yil 4-dekabr
#Kun_hikmati

Kimki bir koʻngli buzugʻning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Kaʼba vayron boʻlsa, obod aylagay.

✍️Alisher Navoiy 🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#3_dekabr_Xalqaro_nogironlar_kuni

🔰BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi qarori bilan 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Qarshi shahridagi 17-maxsus(eshitishda nuqsoni bor)maktab-internatda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi , 17-maxsus maktab-internati hamda viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda " Biz sen bilan bir safdamiz" mavzusida  tadbir tashkil etildi.


Tadbirda har ikkala maktabning "Zamin" kreativ ijod studiyalarida tahsil olayotgan o'quvchilarning tayyorlagan kompozitsiyalari namoyish etildi.
___

🔰Решением Генеральной Ассамблеи ООН от 14 октября 1992 года 3 декабря было объявлено Международным днем ​​инвалидов. Этот день широко отмечается во всем мире, и основная цель его – оказание всесторонней поддержки гражданам с психическими и физическими недостатками.

Совместно с 17-й специальной школой-интернатом и творческой шк. имени Абдуллы Орипова , 17-й специальной школой-интернатом и областным информационно-библиотечным центром было организовано мероприятие на тему «Мы с вами на одной волне».


На мероприятии были представлены композиции, подготовленные учениками творческих студий «Замин» обеих школ.