Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ishchi_guruh
#uchinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Nukus tuman va Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#adabiy_tanlov

🔔 IJODKORLAR DIQQATIGA

🤩 Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi “Sheʼryurak” adabiy tanlovining Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bagʻishlangan 2-mavsumiga start berdi.

Tanlovda Respublikamiz bo‘ylab ijod qilib kelayotgan o‘quvchi-yoshlar va barcha shoirlar qatnashishi mumkin.

Ishtirok etish uchun o‘zingiz haqingizda qisqa ma’lumot, 5 ta she’ringiz va telefon raqamingiz joylangan word faylni joriy yilning 5-dekabriga qadar https://t.iss.one/evtanlovbot manziliga yuborishingiz kerak bo‘ladi.

Gʻoliblarga quyidagi mukofotlar topshiriladi:

1-o‘rin uchun Noutbook;
2-o‘rin uchun Smartfon;
3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.


Tanlov haqida batafsil: Tanlov nizomi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_va_adabiyot
#Milliy_sertifikat
#Xushxabar

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ustozlari hamda 24 nafar 10-11-sinflar o'quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo'lga kiritishdi.

Davronova Malika - A (100%)
To'rayev Sherali - B+(99,5%)
Abdujabborova Muqaddas-B+(99,12)

▶️ 10-sinf o'quvchilari:

Omonova Madina - A (100 %)
To'rayeva Hulkar - B+(99,55)
Xasanova Sevara - B ( 85.95 %)
Do'syorova Charos - B (87.95 %)
Abdurasulov Javohir - B (91,63%)
Hamidov Abduhakim -C+ (83,.74 %)
Abdusamatov Bexruzxon - C+ (80,22 %)
Ma'murova Arjumand - C+ (76.97 %)
Ziyodullayev Asilbek - B (85,43 %)
Nafasova Dilshoda - C+ (82.91%)
Murodova Shaxzoda - C+ (81.02 %)
Xoluqulov Azizbek - C+ (79.05 %)

▶️ 11-sinf o'quvchilari:

Raimova Durdona - A (100%)
Maxmanabiyeva Aziza - B+ (94.62 %)
Musulmonova Lobar - B (84.68 %)
Jahongirova Gulsanam - B (92,08%)
Dehqonova Sevinch - B (85.91%)
Ramazonova Dilnura - B+ (93.91%)
Rahmatullayeva Setora - C+ (79.78%)
Zuvaytova Asila - B+ (92,.51%)
Boboqulova Munisa- B (85,2%)
O'rozov Muhammadali - C+ (78.65%)
Ulug'bekova Ziyodabonu - C+ (80.6%)
- Karimova Sayyora - C+ (83,95%)


🎉Ustozlar va oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!

O'quvchilarimizning imtihon topshirishlari davom etmoqda.