#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_oyligi
#Tanlov
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" ni o'tkazish haqidagi 350-son buyrug'i hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 150-AF buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" tadbirlar doirasida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida insholar, eng yaxshi rasmlar tanlovi e'lon qiladi.
🎨 Tanlovda ijod maktabining 7-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
❇️Ijod namunalari joriy yilning 28-noyabriga qadar ijod maktabining "Tasviriy san'at "va Adabiyot xonasiga topshirishlari so'raladi.
✅O'quvchilar chizgan rasmlarning eng yaxshilari ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarda yoritib boriladi.
🏆Tanlov g'oliblari joriy yilning 2-dekabr kuni "Ertalabki saflanish" da Faxriy yorliq hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️DIQQAT, TANLOV❗️
🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 15-noyabridan 20-noyabrga qadar "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida o'quvchi-yoshlar o'rtasida turli yo'nalishlarda tanlov e'lon qiladi.
🇺🇿1. "Bayrog'imiz - g'ururimiz" mavzusida tasviriy san'at namunasi. (7-8-sinflar)
🇺🇿 2. "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida insholar tanlovi (9-11-sinflar)
🇺🇿 3. "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videoroliklar tanlovi (9-11-sinflar)
❗️Tanlov ishtirokchilari o'z ijod namunalarini ijod maktabining
https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar
telegram sahifasiga yuborishlari lozim.
Muddat : 2024-yil, 22-noyabr.

#Jadidlar_izidan_tanlovi
Qashqadaryoda viloyatida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tdi.
#Qashqadaryo
Muxbir: Muhriddin Jalolov

#Dastur_ijrosi_amalda
#Mushoira
⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib turishibdi.
✅Bugun har ikkala ijod maktabining o'quvchilari ustozlari hamrohligida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyiga sayohat qildilar. Sayohat davomida muzeyda mushoira ham uyushtirildi. Unda o'quvchilar Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf she'rlaridan o'qish bilan birga bu ikkala ijodkorning o'zbek adabiyoti rivojiga qo'shgan hissasi hamda ijodiy hamkorligi haqida fikr almashdilar.

Forwarded from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
#Birinchi_kitobim
✅Bugun O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.
❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi, ijodkor Umrzoqova Gulsevar ham ushbu taqdimotda ishtirok etdi.
"Yomg'ir" nomli ushbu to'plamda Gulsevarning sara she'rlari jamlangan.
💐Gulsevarga ijodiy kamolot yor bo'lsin! O'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.
Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM