Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


Dastlab andijonlik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, mezbon o'quvchilar hamda tarbiyachilar hamrohligida O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ehtirom ko'rsatdilar. So'ng "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat qildilar.

📚Sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu  muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlari aks ettirilgan fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_bayroq_ostida_birlashamiz

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_oyligi
#Tanlov

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" ni o'tkazish haqidagi 350-son buyrug'i hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 150-AF buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" tadbirlar doirasida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida insholar, eng yaxshi rasmlar tanlovi e'lon qiladi.

🎨 Tanlovda ijod maktabining 7-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

❇️Ijod namunalari joriy yilning 28-noyabriga qadar ijod maktabining "Tasviriy san'at "va Adabiyot xonasiga topshirishlari so'raladi.

O'quvchilar chizgan rasmlarning eng yaxshilari ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarda yoritib boriladi.

🏆Tanlov g'oliblari joriy yilning 2-dekabr kuni "Ertalabki saflanish" da Faxriy yorliq hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️DIQQAT, TANLOV❗️

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 15-noyabridan 20-noyabrga qadar "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida o'quvchi-yoshlar o'rtasida turli yo'nalishlarda tanlov e'lon qiladi.

🇺🇿1. "Bayrog'imiz - g'ururimiz" mavzusida tasviriy san'at namunasi. (7-8-sinflar)
🇺🇿 2. "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida insholar tanlovi (9-11-sinflar)
🇺🇿 3. "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videoroliklar tanlovi (9-11-sinflar)

❗️Tanlov ishtirokchilari o'z ijod namunalarini ijod maktabining
https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar
telegram sahifasiga yuborishlari lozim.


Muddat : 2024-yil, 22-noyabr.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan_tanlovi

Qashqadaryoda viloyatida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tdi.


#Qashqadaryo
Muxbir: Muhriddin Jalolov
#Dastur_ijrosi_amalda
#Mushoira

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib turishibdi.


Bugun har ikkala ijod maktabining o'quvchilari ustozlari hamrohligida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyiga sayohat qildilar. Sayohat davomida muzeyda mushoira ham uyushtirildi. Unda o'quvchilar Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf she'rlaridan o'qish bilan birga bu ikkala ijodkorning o'zbek adabiyoti rivojiga qo'shgan hissasi hamda ijodiy hamkorligi haqida fikr almashdilar.
Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga ma`qullandi

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Birinchi_kitobim

Bugun O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning  birinchi kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi, ijodkor Umrzoqova Gulsevar ham ushbu taqdimotda ishtirok etdi.
"Yomg'ir" nomli ushbu to'plamda Gulsevarning sara she'rlari jamlangan.

💐Gulsevarga ijodiy kamolot yor bo'lsin! O'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!