Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kun_hikmati

📜 Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko‘ngil sofi safoyi ilmdandur.

Anbar Otin
🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"

Kanalga
ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#10fakt

Jahon tarixidagi eng qudratli va yirik imperiyalardan biriga asos solgan, o‘zi ishtirok etgan janglardan birontasida mag‘lub bo‘lmagan, 27 davlat hududini zabt etgan buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida 10 ta fakt bilan tanishing!

Aziz yoshlar, sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan mazkur loyiha orqali siz yana kimlar haqida ma’lumot olishni xohlar edingiz?


Abu Nasr Farobiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek , Najmiddin Kubro , Muhammad al-Xorazmiy , Husayn Boyqaro, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farg‘oniy

@otabek_khasanov
#seminar_trening

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan o'tkazilayotgan "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-treningda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika fani o'qituvchilari belgilangan grafik asosida ishtirok etmoqdalar.

❇️Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

🔴Ayni paytda matematika fanidan seminar-trening bo'lib o'tmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.
#Live

🔴Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, olimpiada gʻoliblari, ularning ota-onalari va oʻqituvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining San'at fani o'qituvchisi va to'garak rahbari Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o'tkazilayotgan "San'at"(ART) fanlari o'qituvchilari uchun "Natijaga asoslangan yondashuv : tahlil va tavsiyalar " nomli onlayn seminar-treningda ishtirok etishmoqda.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot

Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.

Bugungi taqdirlash marosimida:

oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;

kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;

bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.

👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Mohira, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova
#barhayot_siymolarturkumidan


Zebunniso begim

Zebunniso begim - Bobur Mirzo avlodidan bo'lgan buyuk hukmdor Shoh Jahonning nabirasi. U "karimut tarafayn" ya'ni ikki tomonlama mo'tabar deya ulug'langan. Chunki otasi Avrengzeb Olamgir - boburiy hukmdor, onasi Dilrasbonu esa Boburning qizi Gulbadanbegim avlodlaridan bo'lgan. Zebunniso begim ilm ahliga homiylik ko'rsatgan. "Olami Islom" tazkirasidagi "Zebunniso begim otasi hukmdorlik bilan qozonolmagan shuhratini ilm, kamol va odob bilan qozongan" jumlalari unga berilgan yuksak e'tirofdir. O'z davrining mashhur shoiri Mirzo Abdulqodir Bedil qizini Zebunniso begim tarbiyasiga topshirgan. Hassos shoira va go'zal malika Zebunniso begim 1702-yilda Dehlida vafot etgan.


📜 Zebunniso ijodidan baytlar:

Izladim bir-bir jahonda har necha bo'lsa kitob,
Ko'rdim-u xattingni dedim: muddao bu yerdadur.


🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂


Layli zotidan esamda, dilda Majnuncha havo,
Tog'-u tosh kezgum kelur, lek yo'lim to'sgay hayo.
UZB-56741 BOLALAR UCHUN 03.11.24. 16-20
#Марокли_таътил

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari "O'zbekiston " respublika radiosida o'z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

🎤2:15 daqiqada Jumaniyozova Madina
4:06 daqiqada Quvvatova Fazilat
5:49 daqiqada Rajabova Shahrizoda
8:04 daqiqada Shokirova Nilufar
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 8-noyabr!

Havas, xursandchlik va e’tiroflar kuni sifatida ko‘plab insonlarning yodida qoldi.

122 medal!

Bu tarixiy rekord! Qancha faxrlansak oz, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 medalni qo‘lga kiritishdi.

9 mlrd so‘m!

Bu viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan summa.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
– oltin medal sohibiga – 187,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 168,75 mln soʻm;
– kumush medal sohibiga – 112,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 93,75 mln soʻm;
– bronza medal sohibiga – 75 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 56,25 mln soʻm berildi.

Bu hali hammasi emas!

Ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

Bu katta natija!

O‘quvchilarimiz nafaqat ota-onasi va ustozlari, balki Prezidentimiz ishonchini ham oqladi. Bugungi raqamlar ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarning shirin mevasi bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman.

@hilola_umarova