Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.28K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ILM_JAVHARDUR
#Muzeyga_sayohat

🇺🇿 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari respulikamizdagi muqaddas qadamjolardan biri , vatandoshimiz,  ulug' alloma, kalom ilmining asoschisi Abu Muin Nasafiy majmuasiga sayohat qildilar.

O'quvchilar buyuk allomaga bag‘ishlangan  muzeyda bo'ldilar. XII asrda barpo etilgan toshquduq,  xonaqolar haqida ma'lumotlar oldilar. Muzeydagi katta devorda "Ilm-javhardur" deb nomlangan san'at asari va barcha eksponatlar o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.
#Tanlov_natijalari

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "O'zbek tili bayrami kuni"munosabati bilan o'tkazilgan tanlovlar natijalari e'lon qilindi:

“Ona tilim - faxrim” mavzusida  7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida esselar tanlovida :
1-o‘rin  9-“B” sinf o‘quvchisi Uroqova Malikabonu;
1-o‘rin  8-“A” sinf o‘quvchisi Obloqulova Shahrizoda;
1-o‘rin  7-“B” sinf o‘quvchisi Negmatova Gavhar;

10-11-sinf  o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilida eng yaxshi nutq” mavzusida maqolalar va notiqlar
tanlovida:

1-o'rin 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Feride;
1-o‘rin 11-sinf o‘quvchisi
Hayitova Farangiz;
2-o‘rin 11-sinf o‘quvchisi
Rayimova Durdona;
3-o‘rin 11-sinf o'quvchisi Boboqulova Munisa.

“Eng yaxshi she’rxon” tanlovida:

1-o‘rin 7- sinf o‘quvchisi
Hasanova Asila;
2 -o‘rin 8- sinf o‘quvchisi
Ubaydullayeva Sabina;
3-o‘rin 7-sinf o'quvchisi
Amirqulova Marjona;
3-o'rin 7-sinf o'quvchisi
Itolmasova Nilufar.

🔥Tanlov g'oliblarini tabriklaymiz!Kelgusidagi o'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🏆G'oliblar 2024-yil 11-noyabr kuni o'tkaziladigan "Ertalabki saflanish"da taqdirlanadilar.
⚡️Ijod maktabida "O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tanlovlar jarayonidan lavhalar.
#Boqiy_satrlar

📌Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillarni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir.

Is'hoqxon Ibrat
#Ноябрь_Санъат_ва_маданият_ойлиги

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturiga ko'ra "Noyabr - san'at va madaniyat oyligi" etib belgilangan. Shu munosabat bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida keyingi yillarda bu borada olib borilayotgan ishlar va yutuqlar haqida berib boramiz!
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Teatr

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Aktyorlik" drama to'garagi tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunga qadar qator tarixiy va zamonaviy pyesalar, kichik sahna asarlari, shuningdek, pantomimo, etyud, komediya janrlarida ham asarlar sahnalashtirildi. Shu bilan birga "Zamin" studiyalarida ijod maktabi o'quvchilari va to'garak rahbarilari va alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Qarshi shahridagi 17-maxsus maktab-internati o'quvchilari va ustozlari bilan hamkorlikda muntazam ravishda faoliyat olib borilmoqda.

Suratda : "Orzular og'ushida", "Zamin" ,"Zumrad va Qimmat", "Ilmdan o'zga najot yo'q" spektakllaridan fotolavhalar.