Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.28K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Gulxan_atrofida_ijod_tafti
#Mushoira
#Qadring_baland_bòlsin_Ona_tilim

🔥Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Gulxan atrofida ijod tafti" mavzusida ijodiy, adabiy, musiqiy, badiiy kecha bo'lib o'tdi.

🔥Unda o'quvchilar ona tilimiz- O'zbek tilini sharaflovchi badiiy kompozitsiya, badiiy asarlardan monologlar, debyut chiqishlar, raqs va qo'shiqlar ijro etdilar.
Kecha ijodkor o'quvchilarni yanada o'zaro birlashtirib, ularning ijodiy faoliyatlarining rivojiga o'ziga xos ahamiyat kasb etdi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_uchrashuv
#18_oktabr_Samarqand_kuni

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bugun navbatdagi ijodiy diydorga mezbonlik qildi. Samarqanddan tashrif buyurgan aziz mehmon - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, "El-yurt hurmati" ordeni, "Shuhrat" medali sohibi , bir necha she'riy devon tuzgan taniqli shoir Farmon Toshev, viloyat hokimi maslahatchisi, Nuroniylar uyushmasi raisi Yanvar Inoyatov  hamda Qashqadaryo adabiy-ijodiy muhitining taniqli a‘zolari -O''zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'.Abdiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar Xusan Temirov, Bo‘riboy Norqobilov, Qarshi davlat universiteti professorlari Abdurahim Erkayev, Nafas Shodmonov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

She‘r zavqiga to‘la lahzalarda Farmon Toshev Abdulla Oripov haqidagi xotiralari, shoirning she'rlari yo‘lida bitilgan "Qiyomat", "Nasihat" she‘rlarini o'qib, tahlil etdi.

❇️ Bugun "18-oktabr -Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Farmon Toshev ijod maktabiga Samarqand viloyati hokimining estalik sovg'alarini topshirdi.

Maktabimizning ijodkor o‘quvchilaridan mehmon shoirning yurtdoshi, samarqandlik o‘quvchimiz  Abdurasulov Javohir va Boyqobilov Hikmatlarning o'zgacha uslubdagi, yoniq she'riy namunalari yig‘ilganlar tomonidan e‘tiroflarga sazovor bo'ldi.

Ijodiy uchrashuv so'nggida  Farmon Toshev  o‘z ijod namunalari jamlangan kitoblaridan davra suhbati ishtirokchilariga hamda maktab kutubxonasiga  taqdim etdi
Ijodiy uchrashuvdan fotoreportaj
1-qism
Ijodiy uchrashuv jarayonlaridan fotoreportaj
2-qism.
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Avaz O‘tar

TIL

Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.

G‘ayri tilini saʼy qiling bilgali yoshlar,
Kim ilmu hunarlar bilaki andin ayondur.

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondur.

Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.

Zor o‘lmasun onlar dag‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram