Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Vazir_soati
Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi.
Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1779
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon shahrida Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatga haykal o‘rnatildi. Bugun uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Abdulla Oripov
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
FURQAT NIDOSI
Men Vatandan ketmaganman,
Ayri tushganman xolos.
Ajragandek suv kecharda
Bir nafas tandin libos.
Yurt u yonda, men bu yonda,
O‘rtada hijron seli,
Anga kiprik tashlamakka
Baytlarim bo‘ldi asos.
O‘ksib-o‘ksib yig‘ladim men,
Misli til bilmas go‘dak,
Onaizor ko‘kragidan
Ayrilib qolgan bexos.
Men Vatanda Xolmuhammad
O‘g‘li Zokirjon edim,
Furqatiy deb nom qozondim,
Bunga hijron iqtibos.
So‘nmagan ishq, o‘lmagan qalb,
Bir uyum tuproq bo‘lib,
Sarzamindan bosh ko‘tardi,
Ushbuga qabrim qiyos.
Kim Vatan deb yona-yona
Kul bo‘lib bitmish magar,
O‘t-olovni mendan olsin,
O‘t-olov mendan meros.
Shoiringni yod etarda, o‘zbegim,
Sendan o‘tinch:
Bir-biringga qil muruvvat,
Bir-biring bag‘ringta bos!
✍🏻1987
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
FURQAT NIDOSI
Men Vatandan ketmaganman,
Ayri tushganman xolos.
Ajragandek suv kecharda
Bir nafas tandin libos.
Yurt u yonda, men bu yonda,
O‘rtada hijron seli,
Anga kiprik tashlamakka
Baytlarim bo‘ldi asos.
O‘ksib-o‘ksib yig‘ladim men,
Misli til bilmas go‘dak,
Onaizor ko‘kragidan
Ayrilib qolgan bexos.
Men Vatanda Xolmuhammad
O‘g‘li Zokirjon edim,
Furqatiy deb nom qozondim,
Bunga hijron iqtibos.
So‘nmagan ishq, o‘lmagan qalb,
Bir uyum tuproq bo‘lib,
Sarzamindan bosh ko‘tardi,
Ushbuga qabrim qiyos.
Kim Vatan deb yona-yona
Kul bo‘lib bitmish magar,
O‘t-olovni mendan olsin,
O‘t-olov mendan meros.
Shoiringni yod etarda, o‘zbegim,
Sendan o‘tinch:
Bir-biringga qil muruvvat,
Bir-biring bag‘ringta bos!
✍🏻1987
#Chavandozlar_maktabi
#Ot_sporti
🔰Ijod maktabi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o'quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida otlar ishtirokida mashg'ulot darsi tashkil etilmoqda.
🏇 O'quvchilar ChQBT rahbari va tarbiyachilar hamrohligida navbatdagi mashg'ulotga ishtirok etdilar. Viloyat Milliy gvardiya tizimidagi “Chavandozlar maktabi” direktori, podpolkovnik B.Ravshanov tomonidan O'zbekiston uloq-ko'pkari federatsiyalari haqida ma'lumotlar berildi, shuningdek, musobaqalar rejalashtirildi.
🎤 Viloyat Milliy gvardiya tizimidagi “Chavandozlar maktabi”da o‘smirlar va yoshlarni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-ko‘pkari bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish ishlariga asosiy e'tibor qaratiladi.

Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qonli oktyabr...
1938-yilning 4-oktyabrida millat gullari, xalq fidoiylari, maʼrifat tarafdorlari jisman yoʻq qilingan edi. Oʻsha mashʼum kechada har 57 sekundda bitta qatl amalga oshirilgan.
Videoni toʻliq koʻrish
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4-oktyabr oqshomida so‘ngan o‘n ikki yulduz. Ularning aybi nima edi?
1938-yil oktyabrida Moskvadan Toshkentga kelgan SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasining sayyor sessiyasi o‘tkaziladi. Sessiyaning birinchi kuni 4-oktyabrda bo‘lib o‘tadi va unda 52 nafar mahbus oliy jazo – otuvga hukm etiladi. Mazkur ko‘rsatma o‘sha 4-oktyabrdayoq bajarilgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3075
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
1938-yil oktyabrida Moskvadan Toshkentga kelgan SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasining sayyor sessiyasi o‘tkaziladi. Sessiyaning birinchi kuni 4-oktyabrda bo‘lib o‘tadi va unda 52 nafar mahbus oliy jazo – otuvga hukm etiladi. Mazkur ko‘rsatma o‘sha 4-oktyabrdayoq bajarilgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3075
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
Audio
🇺🇿Ushbu qo'shiqni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining Musiqa to'garagi rahbari Zavqiddin Boboxo'jayev va ijod maktabining xor jamoasi ijro etgan.
🇺🇿 ICHINGDAGI JADIDNI UYG‘OT
✍️ She'r muallifi:Iqbol Mirzo
🎼 Bastakor: Shuhrat Vohidov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 ICHINGDAGI JADIDNI UYG‘OT
✍️ She'r muallifi:Iqbol Mirzo
🎼 Bastakor: Shuhrat Vohidov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#XUSHXABAR
#Tògaraklar_faoliyati
#Tasviriy_va_raqamli_san'at
✅Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida bir qator tògaraklar faoliyati olib borilmoqda.
🥇Joriy yilning 2-oktabrida Rossiya Federatsiyasi Ekaterinburg shahrida o'tkazilgan VII Xalqaro ijodiy ishlar konkursida ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi, "Tasviriy va raqamli san'at" to'garagi a'zosi Oybekova Shirin ishtirok etib, 1-o'rinni egaIladi. I darajali laureatlik diplomini qo'lga kiritdi. Shuningdek, ushbu to'garak rahbari Parizoda Shukurova Xalqaro konkursning maxsus diplomi bilan taqdirlandi.
🏆Oybekova Shirin va "Tasviriy va raqamli san'at " to'garagi rahbari P.Shukurova konkursning estalik sovg'alari hamda statuetka bilan taqdirlandilar.