Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi, murabbiylar, taʼlim sohasi vakillari bilan uchrashuvda oʻz hisobidan maktab qurayotgan tadbirkorlarga minnatdorlik bildirib, ular uchun bir qancha imtiyozlar berilishini maʼlum qildilar. Unga koʻra, endilikda tadbirkorlar oʻz hisobidan maktab qursa, bunga xarajatlar foyda soligʻidan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

Bugun yana bir taʼlimga befarq boʻlmagan tadbirkorimiz haqida ma'lum qilmoqchiman. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tadbirkor Jamshidbek Pardayev oʻzi oʻqigan maktabni begʻaraz yordam sifatida yangidan qurib berdi.

Videoda koʻrishingiz mumkinki, 48-sonli 630 oʻringa ega ushbu maktab binosi juda zamonaviy qilib qurilgan. 32,5 mlrd mablagʻ sarflangan maktabda shinam sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan.

Jamshidbek Pardayev kabi tadbirkorlarimiz koʻpaysin.

@hilola_umarova
#Kun_hikmati

📚Jim turmoqdan suhbatlashish yaxshi, yomon suhbatdoshdan yolg'izlik yaxshi.

✍️Hadis
🔵Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Nurislom TO‘XLIYEV:
"Turkiy meros va turizm"
Ikrom ISKANDAR:
"Ustozlarga bag‘ishlov"
Sherkon QODIRIY:
"Kitobga otilgan o‘q"
Bahodir KARIM:
"Sharafli maqom"
Fozil FARHOD:
"Hozirjavoblik namunasi"
Muslimbek ALIJONOV:
"Moziy manzaralari"
Mamatqul HAZRATQULOV:
"Bulbul tan bergan"
Shahodat ULUGʻ:
"Meduza” soli"
Abdulla QAHHOR:
"Uyat"
Nozima HABIBULLAYEVA:
"Adibdan qolgan ertaklar manzili"
Sayyora JABBORZODA:
"O‘zbekning piyolasi"
Ahmadjon MELIBOYEV:
"Sohibjonga buyurgan sarlavha"
Rustam JABBOROV:
"Amir Temur avlodiman xoh bo‘lsam-da ozari"
Bahodir NURMUHAMMAD:
"Muallim Shakuriy iztiroblari"
Gavhar NASRULLOH:
"Kattalar ibrati"
Muyassar IBROHIMOVA:
"Psixologik kindik"
Eshqobil SHUKUR:
"Lo‘killash yoki tuyayurish"
Audio
#100_ta_eng_sara_asarlar #Togaraklar_faoliyati

✔️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash "to'garagi hamda Adabiyot fani o'rtasida integratsiya samarali yo'lga qo'yilib, o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan audionamunalar yaratilmoqda.

G'afur G'ulom: Shum bola
Fan o'qituvchisi : M.Davronova
Montajchi: to'garak rahbari Sh.Rajabov

7-"A" sinf o'quvchilari
Tolipov Davron
Odilov Muhammad
Samadov Xudoynanazar

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Vazir_soati

Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi.

Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1779

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon shahrida Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatga haykal o‘rnatildi. Bugun uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Abdulla Oripov
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

FURQAT NIDOSI


Men Vatandan ketmaganman,
Ayri tushganman xolos.
Ajragandek suv kecharda
Bir nafas tandin libos.
Yurt u yonda, men bu yonda,
O‘rtada hijron seli,
Anga kiprik tashlamakka
Baytlarim bo‘ldi asos.
O‘ksib-o‘ksib yig‘ladim men,
Misli til bilmas go‘dak,
Onaizor ko‘kragidan
Ayrilib qolgan bexos.
Men Vatanda Xolmuhammad
O‘g‘li Zokirjon edim,
Furqatiy deb nom qozondim,
Bunga hijron iqtibos.
So‘nmagan ishq, o‘lmagan qalb,
Bir uyum tuproq bo‘lib,
Sarzamindan bosh ko‘tardi,
Ushbuga qabrim qiyos.
Kim Vatan deb yona-yona
Kul bo‘lib bitmish magar,
O‘t-olovni mendan olsin,
O‘t-olov mendan meros.
Shoiringni yod etarda, o‘zbegim,
Sendan o‘tinch:
Bir-biringga qil muruvvat,
Bir-biring bag‘ringta bos!

✍🏻1987
#Chavandozlar_maktabi
#Ot_sporti

🔰Ijod maktabi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o'quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida otlar ishtirokida mashg'ulot darsi tashkil etilmoqda.


🏇 O'quvchilar ChQBT rahbari va tarbiyachilar hamrohligida navbatdagi mashg'ulotga ishtirok etdilar. Viloyat Milliy gvardiya tizimidagi “Chavandozlar maktabi” direktori, podpolkovnik B.Ravshanov tomonidan O'zbekiston uloq-ko'pkari federatsiyalari haqida  ma'lumotlar berildi, shuningdek, musobaqalar rejalashtirildi.

🎤 Viloyat Milliy gvardiya tizimidagi “Chavandozlar maktabi”da o‘smirlar va yoshlarni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-ko‘pkari bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish ishlariga asosiy e'tibor qaratiladi.
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qonli oktyabr...

1938-yilning 4-oktyabrida millat gullari, xalq fidoiylari, maʼrifat tarafdorlari jisman yoʻq qilingan edi. Oʻsha mashʼum kechada har 57 sekundda bitta qatl amalga oshirilgan.

Videoni toʻliq koʻrish

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X