Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tashrif

Agentlik direktori Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya vakillari Oʻzbekiston va Bavariya maktablari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, Аugsburg shahrida joylashgan matematika va axborot texnologiyalarga ixtisoslashgan maktabga tashrif buyurdi.U yerda maktab direktori Mariya Aptzsch uchrashuv oʻtkazildi.

🔹Ushbu uchrashuv davomida nemis tomoniga amalda ish yuritayotgan va yangi tashkil etilgan Prezident maktablari, shuningdek, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning taqdimoti oʻtkazildi.

🔸 Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha takliflar kiritildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan chellenj.

Xurshid Davron
"Ona tilm" she'ri
#Ijodiy_uchrashuv
#qardoshlik_aloqalari

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, tarjimon Hasan G'oyib bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida yangitdan eksponatlar bilan boyitilgan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ijodkor yoshlar bilan sayohat hamda adabiy suhbat tashkil etildi. O'quvchilar o'z ijod namunalari, yaratayotgan yangi loyihalari haqida so'zlab berdilar. So'ng maktab kutubxonasida "Ijod mas'uliyati va mashaqqati" mavzusida "Mahorat darsi" o'tkazildi. O'zbek va tojik adabiyoti, o'zaro hamkorlikdagi adabiy aloqalar, tarjimachilik sirlari haqida fikr bildirildi. Tadbirda voha ijodkori, jurnalist G'. Abdiyev ishtirok etdi.
#tanlov
#saralash

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida barcha fanlardan Respublika fan olimpiadasining saralash I-bosqichi bo'lib o'tdi. Saralash imtihonlariga maktabning 9,10,11-sinf o'quvchilaridan eng yaxshilari saralab olindi.
#ochiq_dars
#mahorat_darsi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Davronova Malika tomonidan 7a-sinf o'quvchilariga ochiq darsi bo'lib o'tdi. Ochiq dars shoir va yozuvchi Shuhratning "Mardlik afsonasi" balladasi mavzusida sahnalashtirlgan badiiy qismlardan parchalar namoyish etildi. Ochiq darsni maktabimiz o'qituvchilari yuqori baholashdi.
Tasvirlardan fotolar 👇👇👇