Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ustozlarga_ehtirom
#Muallum_kamolot_ichra_ko'zgudir

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" ga bag‘ishlangan "Muallim kamolot ichra ko'zgudir" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Noodatiy, kreativ yo'nalishda o'tkazilgan ushbu tadbirda ustozlar sharafiga badiiy kompozitsiya tashkil etildi.

@abdullaoripovmaktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muallim_kamolot_ichra_ko'zgudir

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkor muallimasi Malika Davronova tomonidan tayyorlangan bayram videoroligi.

Ushbu rolikda arxiv materiallari dan ham foydalanildi

@abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Xushnudbek.uz
Балки кўпчилик бу шеърни ўқигандир, шундай бўлса-да, яна бир бор каналда эълон қилгим келди:

“ДАРСДАН СЎНГ”


Кимнидир койиди чеккани учун.
Тортиб олиб қўйди гугуртини ҳам.
Машқ дафтарларини йиғди-да, сўнгра
Бир-бир санаб кўрди. Етти дафтар кам.

«Ҳар гал шундай аҳвол. Уялмайсизми?
Келасиз ўқишмас, қилиш учун сайр.
Бу сафар ҳам икки қўймай тураман,
Эртага қолганлар топширсинлар. Хайр».

Қиш куни — бир тутам. Қорайганди қош.
Иккиланди. Ўтмак керак, ахир, қирдан.
Эри ҳам келмади олиб кетишга
«Кўнгли совидими…» — ваҳм этди бирдан.

Ҳамкасб дугонаси қистовга тутиб,
«Тунаб кетинг, — деди. — Кеч бўлиб қолди»
Кўнмади. Қўлтиқлаб машқ дафтарларни
Уйга ёлғиз ўзи яёв йўл олди.

Овул тугаб, энди қирга чиққанда
Оқшом қуюқ эди, атроф сим-сиёҳ.
Йўлдан қайтмоқчи ҳам бўлди бир ўйи.
«Ўғлим хасталаниб қолдимикан ё…»

Юрагини баттар ваҳима босди,
Қамради тундан ҳам баттар бир қўрқув.
Ўнқирми, чўнқирми, ўрми, қир демай
Яна кетаверди, кетаверди у.

Мудҳиш бир шарпани илғади ногоҳ,
Разм солса қашқир. Қиларди таъқиб,
Эслади йиртқичнинг қўрқишин ўтдан,
Изига бир дафтар ташлади ёқиб.

Қашқир тўхтаб қолди. Сўнг — яна, яна,
Муаллима омон топган бу олов
Йиртқичга берарди иложсиз сабр.
Йўловчи — ёқарди, қашқир — тўхтарди,
Тин оларди икков ҳар дафтарда бир.

Йўл узоқ, тун қаро, қашқир эса оч,
Оч йиртқич биларми надир садоқат.
Уйга яқин қолган вақтда тугади
Муаллимда дафтар, қашқирда — тоқат.

Уввос фиғон тутди қишлоқни тонгда,
Замин аза очди, замон йиғлади.
Дафтар топширмаган етти ўқувчи
Ҳаммадан ҳам ёмон йиғлади.

Нўноқ назмим учун афв эт, халқим,
На олим, на фозил, на сўз пириман.
Ўз вақтида дафтар топшира олмай
Қолган болаларнинг бириман.

Мен яхши биламан, тумор қилмайди
Ёзган шеърларимни ошиқлар.
Мен яхши биламан, қўшиқларим жўн,
Биламан, булар бир оддий машқлар.

Лекин… кетмакдасан келажак сари
Тап тортмай қисматнинг дашт, қирларидан.
Ўзимча асрагим келади сени
Ёвузлик, хиёнат қашқирларидан.

Мен машқ бажараман, ёзаман ҳар кун
Дараклар, сўроқлар, хитобларимни.
…Сен йўл бўйи ёқиб ташлаб кетавер
Қашқирлар қўрққувчи китобларимни…

Матназар АБДУЛҲАКИМ


👉 @xushnudbek 👈
Agentlik delegatsiyasining Myunxendagi uchrashuvlari davom etmoqda.

✔️Bugun "Siemens Energy" kompaniyasining o'quv markazi loyiha boshqaruvchisi Ferdinand Pinzer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda, universitetni:

🔸malakali trenerlar,
🔸laboratoriya jihozlari,
🔸o‘quv materiallari bilan ta'minlash;
🔸universitet talabalariga amaliy mashg‘ulotlar uchun sharoit yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

⚡️Tomonlar o‘quv laboratoriyalarini jihozlash va universitetda "Siemens Energy" burchagini tashkil etishga kelishib olishdi.
____

Meetings of the delegation of the Agency is continuing.

✔️Today, a meeting was held with Ferdinand Pinzer, Project Manager of Siemens Energy Training Center. The sides discussed:

🔸the delivery of laboratory equipment,
🔸 study materials,
🔸qualified trainers,
🔸and creating conditions for practical training of the students.

⚡️The sides agreed on equipping laboratories at the university and establishing a corner of Siemens Energy.
#Ustozlar_kuni

"1-oktabr - Ustoz va murabbiylar" kuni arafasida Prezident farmoniga ko'ra ta'lim va tarbiya sohasidagi bir guruh xodimlar, jumladan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi:

🔸 Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Ataniyazova Gulshat "Shuhrat" medali;
🔸Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika o‘qituvchisi Jalalov Azamat "Shuhrat" medali;
🔸Kayumova Gulchexra -Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi "Mehnat shuhrati" ordeni;
🔸 Xiva shahridagi Prezident maktabi direktori Aminov Rufat 2-darajali
"Sog'lom avlod uchun" ordeni;
🔸 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo o‘qituvchisi Boltaev Boburbek "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlanishdi.

🔰Agentlik rahbari Hilola Umarova yuksak mukofot bilan taqdirlangan ustozlarni alohida tabriklab, ularning keyingi ishlari muvaffaqiyat tiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Agentlik direktori Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya vakillari Oʻzbekiston va Bavariya maktablari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, Аugsburg shahrida joylashgan matematika va axborot texnologiyalarga ixtisoslashgan maktabga tashrif buyurdi.U yerda maktab direktori Mariya Aptzsch uchrashuv oʻtkazildi.

🔹Ushbu uchrashuv davomida nemis tomoniga amalda ish yuritayotgan va yangi tashkil etilgan Prezident maktablari, shuningdek, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning taqdimoti oʻtkazildi.

🔸 Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha takliflar kiritildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan chellenj.

Xurshid Davron
"Ona tilm" she'ri
#Ijodiy_uchrashuv
#qardoshlik_aloqalari

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, tarjimon Hasan G'oyib bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida yangitdan eksponatlar bilan boyitilgan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ijodkor yoshlar bilan sayohat hamda adabiy suhbat tashkil etildi. O'quvchilar o'z ijod namunalari, yaratayotgan yangi loyihalari haqida so'zlab berdilar. So'ng maktab kutubxonasida "Ijod mas'uliyati va mashaqqati" mavzusida "Mahorat darsi" o'tkazildi. O'zbek va tojik adabiyoti, o'zaro hamkorlikdagi adabiy aloqalar, tarjimachilik sirlari haqida fikr bildirildi. Tadbirda voha ijodkori, jurnalist G'. Abdiyev ishtirok etdi.
#tanlov
#saralash

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida barcha fanlardan Respublika fan olimpiadasining saralash I-bosqichi bo'lib o'tdi. Saralash imtihonlariga maktabning 9,10,11-sinf o'quvchilaridan eng yaxshilari saralab olindi.