Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin.
Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.
Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷
@hilola_umarova

Forwarded from Nurboy Jabborov saboqlari
XALQNING O‘LMAS RUHIYATI IFODASI
Milliylikdan xoli bo‘lgan tuyg‘u ta’sir kuchidan ayriladi. Milliy ruhdan mosivo tafakkur bamisoli qanotsiz qushga mengzaydi. Shunga ko‘ra, milliylik – she’riyatning joni. Ta’bir joiz bo‘lsa, jahon adabiyoti ko‘rigida o‘zbek she’riyatini ajratib ko‘rsatuvchi yetakchi xususiyat, o‘zgalardan farqini namoyon etadigan bosh belgi bu – milliy ruhdir. Shuning uchun ham, “Xalqning o‘lmas ruhiyatini, qadriyatlarini, milliy o‘ziga xosligini, va nihoyat, bebaho til boyligini mujassam eta olgan haqiqiy ijod namunalarigina yashashga haqli”, deganda ustoz Abdulla Oripov yuz karra haq edi.
Shoirning “Maydanak” she’rida ifoda va tasvir ham, obraz va tashbeh ham – barcha-barchasida milliylik yaqqol namoyon etilgan. Maydanak – Qashqadaryoning Qamashi tumaniga qarashli go‘zallikda tengsiz ma’vo. Bu yerdagi baland tog‘da Fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga qarashli Maydanak observatoriyasi faoliyat ko‘rsatadi. Respublikadagi eng ilg‘or ilmiy texnik inshootlardan bo‘lgan ushbu observatoriya noyob astroiqlimi bilan jahonning eng yetakchi beshta observatoriyalaridan biri hisoblanadi. “Maydanak” she’rini ustoz Abdulla Oripov falakiyot ilmining bugungi rivojida alohida o‘rin tutadigan ushbu maskanga tashrifi chog‘ida yozgan. G‘alvali zaminga el bo‘lolmay, osmonga uchmoqni orzu qilgan vatandoshini shoir Maydanakka taklif etadi. Zero, uning ta’biriga ko‘ra, bunda koinotning haramlariga durbin bilan nazar solmoq imkoni bor.
Ana, tong yulduzi – Zuhro nurafshon,
Dur taqib olibdi oppoq bo‘yniga.
Oymomo poylaydi tun bo‘yi giryon,
Kirib ketmasin deb yerning qo‘yniga. Davomi…
Nurboy Jabborov

❗️DIQQAT! TANLOV!
🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" g'oyasi asosida "Ona diyor - ranglar jilosida", "Vatan uchun yashaylik!", "Eng ulug', eng aziz!" mavzusida 2 yo'nalishda ijodiy ishlar tanlovi o'tkaziladi.
📚1. "Eng yaxshi nazm, nasr, publisistika namunasi"
🎨 2. "Eng yaxshi tasviriy san'at namunasi"
✅Ijodiy ish namunalari ijod maktabining Dizayn, Ijodiy to'garaklariga taqdim etilishi so'raladi.
🏆Tanlov g'oliblari joriy yilning 30-sentabr kuni "Ertalabki saflanish" da diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Muzeyga_sayohat
⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari hududdagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya bilan yaqindan tanishish maqsadida tarixiy obida va muzeyga sayohat qildilar.
🏛 Ta'lim muassasalari ustozlari hamrohligida Qarshi shahridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi va Odina obidasiga sayohat uyushtirildi.
📚O'quvchilar sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlarini aks ettirgan noyob fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o'quvchilarga "Istibdoddan istiqlolgacha" hujjatli filmi namoyish etildi.