Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.53K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#bilimlar_kuni
#ijod_maktablari

🤩 Agentligimiz tizimidagi ijod maktablarida "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida "Birinchi qoʻngʻiroq" tantanalari va 2024/2025-oʻquv yilining ilk kunida “Mustaqillik darsi” boʻlib oʻtdi.

🗣Ushbu tadbirlarda viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, deputatlar, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etib, mamlakatimiz boʻylab olib borilayotgan keng islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik ishlari haqida soʻzladi.

📝IJOD MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Otabek Hasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi  quyidagi to'garak yo‘nalishlari bo‘yicha Informatika va axborot texnologiyalari mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

"Kompyuter grafikasi" to'garak rahbari;
"Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garak rahbari.

🔔Kerakli hujjatlar:

- Obyektivka;
- Pasport nusxa;
- Diplom nusxa;
- Malaka toifa sertifikati;
- Til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikati.

Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik berishi nazarda tutilgan.


Hujjatlarni quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞  +998914707320;
📞 
+998888114484.

🚕Manzil: Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 219-uy.

Mo‘ljal: "Sanam" MChJ
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanilish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova