Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening
#2_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening davom etmoqda.

🔷"Bog‘ishamol" oromgohida davom etayotgan o‘quv trening ishtirokchilari mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Тасвирий_ва_рақамли_санъат
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining "Tasviriy va raqamli san'at" to'garagi tomonidan o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida to'garak a'zolari 8-sinf o'quvchilari Oybekova Shirin, Axmadova Madina, Choʻlliyeva Shiridam, Elmurodova Shabnam g'olib bo'ldilar.



🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
​​SHARAF SOHIBLARI SULTONI

"Shayx Abu Mansur Moturidiy – o‘z zamonining a’lam ulamosidin ermish. Ul vaqt ulamosi alarni sulton ul-mu’izzin der ermishlar. Zohir va botin ulumi bila orosta". Bu ta’rif hazrat Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" ("Muhabbat shabadalari") asaridan olindi. "Sulton ul-mu’izzin" – azizlarning, sharaf sohiblarining sultoni, demakdir. Ushbu ta’rifning o‘ziyoq Abu Mansur Moturidiyning ilmdagi martabasi nechog‘liq yuksak ekani dalilidir. Zohiriy va botiniy ilmlarni mukammal egallagan bu ulug‘ alloma kalom ilmida o‘ziga xos maktab yaratdi.
Kalom ilmi, bir so‘z bilan aytganda, e’tiqod ilmi demakdir. Bu ilm e’tiqod asoslari xususida bahs yuritadi. Kalom ilmi bilan shug‘ullangan olimlar mutakallimlar, deyiladi. Ahli sunna val-jamoa e’tiqodida e’tirof etilgan ikki aqidaviy yo‘nalish mavjud. Bular – moturidiya va ash’ariya. Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy moturidiya yo‘nalishi asoschisidir.
Shayx Abu Mansur Moturidiy VIII asr oxiri – IX asr boshlarida yashab, ilmda katta shuhrat qozondi. U ko‘plab ilmiy asarlar yozgan bo‘lib, eng mashhurlari "Kitob at-tavhid" ("Allohning yakka-yu yagonaligi haqidagi kitob") va "Ta’vilotu ahlu-s-sunna" (“Qur’oni karimga ahli sunna tafsiri”) deb nomlangan asarlardir. Ikkinchi asar "Ta’vilot al-Qur’on" deb ham yuritiladi.
Allomaning "Ta’vilotu ahlu-s-sunna" asari Qur’oni karim oyatlarini ta’vil, ya’ni tafsir etish bo‘yicha o‘z zamonasida va undan keyingi davrlarda ham eng e’tiborli asarlardan hisoblangan. "Bu shunday ulug‘ bir kitobdirki, ta’vilot fanida yozilgan asarlarning birortasi bu kitobga barobar kela olmaydi". Qodiriya tariqatining asoschisi, G‘avs ul-a’zam deya ulug‘langan buyuk alloma Abdulqodir G‘iyloniydek mo‘tabar zotning ushbu ta’rifiyoq bu asarning qimmati naqadar yuksak ekanini ko‘rsatadi.
Shayx Abu Mansur Moturidiy yashagan davrda mu’taziliylar, jahmiylar, qaromitlar, rofiziylar, murji’lar, karromiylar singari firqalar Qur’oni karim oyatlarini o‘zlarining tor manfaatlaridan kelib chiqib ta’vil etishga va mo‘min-musulmonlar ongiga o‘z aqidalarini singdirishga uringan. Bizning zamonamizda ham muqaddas dinimizni o‘z manfaatlari, hoyu-havaslari vositasiga aylantirishga harakat qilayotgan turli firqalar paydo bo‘lgani, ular ham o‘z zararli qarashlarini yoyishga intilayotgani nazarga olinsa, Imom Moturidiy yashagan davr va bugungi kun o‘rtasida muayyan o‘xshashlik borligi kuzatiladi. Alloma o‘z davrida buzg‘unchi oqimlar qarashlarini rad etishda qanchalik jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun uning asarlari xuddi shu jihatdan yuksak ahamiyat kasb etmoqda.
Abu Mansur Moturidiy barcha ilmlarda chinakam kamolot sohibi edi. Abu Muin Nasafiyning quyidagi mulohazalari ham ushbu fikrni quvvatlaydi: "Abu Mansur Moturidiy nafaslari miqdoridagi ilmlarni o‘zida jam etgan, bor kuchlarini shu ilmlarni tarqatish va o‘rgatishga sarflagan, shuning uchun yozgan asarlari maqtovlarga sazovor bo‘lgan va o‘z umridan serhosil mevalarni olishga erishgan zotdir".
Zamondoshlari va buyuk allomalar e’tirofidan ham ayonki, bu ulug‘ zot hayoti va merosi har jihatdan avlodlarga ibrat va namuna bo‘la oladi. Allomaga bugungi avlodlar ehtiromining bosh sababi ham shunda.
Millatning sha’ni-sharafini, jahon hamjamiyatidagi nufuzini yuksaltirishda Imom Abu Mansur Moturidiydek allomalar merosi asos, mezon vazifasini o‘taydi. Qadimiy maqbarasi o‘rnida zamonaviy arxitektura talablari darajasidagi yodgorlik-majmua bunyod etilgani, asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, oliy diniy ta’limda o‘qitilayotgani buyuk mutafakkir merosining bugungi davr uchun ham ahamiyatli ekanidan dalolat beradi.

Nurboy Jabborov
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
10%
Baqquvat
90%
Baquvvat
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
20%
Alamdida
80%
Alamdiyda