Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.18K subscribers
12.1K photos
1.24K videos
97 files
3.65K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Bugun – O‘zbekiston Xalq shoiri Usmon Azim tug‘ilgan kun

“SHOIRLARI YOLG‘ON AYTSA O‘LADI EL...”

She’riyatning, adabiyotning mezoni – haqiqat. Haq va haqiqatga zid asar, qanchalik mahorat bilan yozilgan bo‘lmasin, hech qanday qimmatga ega bo‘la olmaydi. Buyuk Alisher Navoiy bobomizning ijod konsepsiyasi asosida ham ana shu mezon turadi. Birgina misol: ulug‘ shoir “Xamsa”ning ikkinchi dostoni “Hayrat ul-abror”da mana bunday yozadi:

Nukta su yanglig‘ eritur toshni,
Topsa haqiqat o‘tidin choshni.
Bo‘lsa haqiqat guharidin yiroq,
Rishta so‘zin so‘zlamagan yaxshiroq.
Davomi...

Nurboy Jabborov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kitobsiz hayot juda zerikarli. Kitob hayotdan qiziq...”

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim kitob haqida yurakdan gapirdi. Uning fikricha, kitob odamga juda ko‘p narsalarni o‘rgatadi.

📺“Olamning qalbi”

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov

BAXSHIYONA

Shoir Usmon Azimga

Usmon shoir, yosh bo‘lsang ham
Qo‘llab yubor,
Baxshiyona she’rga meni
Yo‘llab yubor.
Bu dunyoda nima ko‘pdir –
Tashbeh ko‘pdir,
Ajabtovur obrazlarni
Mo‘llab yubor.
Ba’zi birov, senu menga
Qumsan deydi,
Men gapiray, o‘tiraber,
Jimsan deydi.
Ustozni-ku nazar-pisand
Qilmas ular,
O‘rni kelsa, otasiga
Kimsan, deydi.
Yo‘lda nogoh uchrab qolsa
Biror rahbar,
Sodiq itday ergashadi
Balxga qadar.
Kerak bo‘lsa, kuzatadi
Hammomgacha,
Tiz cho‘kadi, buyrug‘ini
Bersa agar.
Boy zotini ko‘rganda–ku
Uchar hushi,
Qolib ketar qarindoshu
Tengu to‘shi.
Dunyo topgan tentak kabi
Quvonadi,
Sarqitidan ko‘z uzolmas
Ko‘ngil qushi.
Shoirman, deb chiqqanlarning
Yarmi po‘kdir,
Xo‘rozchaday qichqiradi,
Qorni to‘qdir.
Ramazonda ravgan aytgan
Bolalardan,
O‘lay agar, tirnoqcha ham
Farqi yo‘qdir.
Bir maktabda hammamiz ham
Saboq oldik,
Yolg‘on-yashiq maqtovlarni
Ishga soldik.
Vo ajabo, iljayishib,
Tirjayishib,
O‘zimiz ham o‘shalarga
O‘xshab qoldik.
Usmon shoir, umrim o‘tdi,
Endi netay,
Payti keldi, pushaymonim
Bayon etay.
Eng yaxshisi, Boysun tog‘dan
Biror g‘or top,
Chorig‘imni sudrab unga
Kirib ketay.

AQSH. Texas. 2015 yil 30 avgust
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada
#ISO

🤩 Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi.

Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad)da oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xalqaro olimpiadada oʻquvchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin va kumush medallarini qoʻlga kiritdi:

🥇Oltin medal – Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

🥇Oltin medal – Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥇Oltin medal – Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal –Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi.

🗣Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.

💫 Ushbu yutuqlar bilan oʻquvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi lavozim va yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

Ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi;

Ingliz tili fani oʻqituvchisi;
San'at (tasviriy sanʼat, chizmachilik, musiqa) fani oʻqituvchisi;
Geografiya fani oʻqituvchisi;
Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;
Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tillari) mutaxassisi;
Tarbiyachi-pedagog (ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix, matematika).

📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

👨‍🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📥Hujjatlarni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞 +998914707320
📞 +998914602329
📞 +998888114484

📍Manzil: Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 219-uy.
📌Mo‘ljal: "Sanam" MChJ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Kichik_hikoya

📖 Hakimlardan biriga: “Falonchining havoda uchishini bilasizmi?” deb aytishganida, u kishi: “Bu, u muhim narsa emas. Masalan, pashsha va chivin ham ucha oladi”, dedi.
Ular: “Falonchi suv ustida yura olar ekan”, deb aytishganida, u kishi: “Bu ham, u o‘ta muhim narsa emas. Masalan, yog‘och bo‘lagi ham ayni ishni qila oladi”, deb aytdi.
Ular: “Unday bo‘lsa sizning nazaringizdagi haqiqiy karomat nima?” deb aytishganida, hakim zot:
“Haqiqiy karomat, odamlar orasida yashab, axloq me’yorlarini yo‘qotmasdan, yolg‘on so‘zlamasdan, o‘g‘irlik qilmasdan, aldamasdan, g‘iybat qilmasdan va ishonchni yo‘qotmasdan bemalol ishoniladigan haqiqiy ma’nodagi inson bo‘lib yurish karomatdir”, deb javob berdi.

Xayrli kun, azizlar!
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tezkor, yangiliklar bosimi yuqori davrda zamonaviy o‘qituvchi ulardan xabardor bo‘lishi, o‘z sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar, yangi metodikalarni tez o‘zlashtirishi kerak. Biz vazirlik jamoasi esa ularga zarur sharoitni yaratib berishimiz lozim.

Har yili “Ustozlar milliy forumi”ni tashkil etish an’anaga aylanib ulgurdi. Joriy yildagi forum Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi va yangi o‘quv yili uchun ko‘prik vazifasini bajaradigan ushbu ikki kunlik yirik tadbirda natijalar sarhisob qilinib, yangiliklar yetkazildi, sho‘balar kesimida treninglar tashkil qilindi.

Seminarda bu yil respublikamizning turli nuqtalaridan kelgan 400 nafar ilg’or pedagoglarimiz ishtirok etdi.

Seminarda ilk bora 5E va MRT metodik yondashuvlari haqida treninglar tashkil etildi. Endi mazkur mahorat darslari viloyat, tuman (shahar), maktab miqyosida davom etadi va respublikadagi barcha ustozlar qamrab olinadi.

Forumda fidoyi hamkasblarimizni “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladik.

Yangi o‘quv yilida barcha jonkuyar ustozlarimizdan faollik kutamiz, o‘rgangan bilim va tajribalaringizni yosh avlodga yetkazishlariga ishonamiz.
#Fotoreportaj

Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” ning tantanali taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM