Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.21K subscribers
13.6K photos
1.38K videos
102 files
4.04K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
HIFZI LISON

Hifzi lison deb har bir millat o‘z ona til va adabiyotini saqlamagini aytilur. Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur.

Hayhot! Biz turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun kundan-kun unutmak va yo‘qotmaqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz bo‘lg‘on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur.

Lekin o‘z yerinda ishlatmak va so‘zlamak lozimdur. Zig‘ir yog‘i solub moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur. Yohu! Bizga na bo‘ldi? Bobolarimiz yo‘lidan chiqub ketduk. Yaxshi qo‘shningdan olguncha yomon uyingni qidir», – demishlar.

Bobolarimizga yetushg‘on va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak yo‘qolganlarini ham toparmiz. «Yo‘qolsa yo‘qolsun, o‘zi boshimga tor edi», – deb Yovrupo qalpog‘ini kiyub, kulgi bo‘lmak zo‘r ayb va uyatdur.

Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, Rahmonim.

Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lguncha ayilma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim, shonim.

Millatning ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.

©️ Abdulla Avloniy
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat.

Xususan, joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8178 nafarga oshgani bunga yaqqol dalildir.

Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi.

Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq
- tiriklikning belgisi.

☝️Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

...Davomi audioda 👇

#abituriyent #Motivatsiya
UZB-34177 BOLALAR UCHUN 03.07.24 16-20
Renessans bolalar sog'lomlashtirish oromgohidagi taassurotlar "O'zbekiston" radiokanalida.

🎤Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Abdurasulov Javohir

11:10-12:08 daqiqalarida tinglashingiz mumkin.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
UZB-34178 BOLALAR UCHUN 04.07.24 16-20
Renessans bolalar sog'lomlashtirish oromgohidagi taassurotlar "O'zbekiston" radiokanalida.

🎤Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.

7:00-8:58 daqiqalarida tinglashingiz mumkin.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Qay biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
38%
Baxrayn
62%
Bahrayn
Forwarded from BADIIY ASAR WITH OTABEK
Qaysi asarda yurtiga juda ko‘p xizmat qilgan, ammo o‘g‘li nohaq ayblanib o‘ldirilgan obraz uchraydi.
Anonymous Quiz
9%
O‘tkan kunlar
14%
Yulduzli tunlar
55%
Me‘mor
22%
Oltin zanglamas
​​IBRAT

Ota-onasi har yili yozda poyezdda o‘g‘illarini buvisining yoniga olib borar va bir necha kundan keyin yana poyezdda qaytishardi. Biroz katta bo‘lgach, bola ota-onasiga:
- Endi katta bo‘ldim, bu yil buvimning yoniga bir o‘zim borsam bo‘ladimi, nima deysizlar? – dedi.
Biroz bahslashishdan keyin ota-onasi bahamjihat fikr bildirishdi. Poyezd bekatida o‘g‘illariga qo‘l siltab, kuzatib, vagon oynasidan qayta-qayta ehtiyot bo‘lishini uqtirishar ekan, bola yana o‘sha gaplarni takrorladi:
- Ha, bilaman, bilaman yuz marta aytdingiz..!
Poyezd harakatlanayotganda otasi:
- O‘g‘lim, mabodo, o‘zingni yolg‘iz his etsang, bezovtalansang yoki qo‘rqsang, bu sen uchun dedi va o‘g‘lining cho‘ntagiga bir nima solib qo‘ydi.
Bola endi bir o‘zi qoldi.
Atrofda begona odamlar, qoqinib-surinib yurishar, kulishar, kupega kirib-chiqardilar.
Vagon nazoratchisi bolaning biletiga qarab, safarga bir o‘zi chiqqani sababini so‘radi. Kimdir unga achinib qaradi. Bolaga imo-ishora bilan shivir-shivir qilganlar bo‘ldi. Bola birdaniga behuzur bo‘ldi va har nigohdan xotirjamligi qocha boshladi.
Boshini quyi soldi, o‘rindiqning bir burchagida o‘tirib qoldi va ko‘z yoshlari quyilib kela boshladi.
Shu paytda otasi cho‘ntagiga bir narsa solib qo‘yganini esladi. Qo‘llari titrab, kichkina qog‘oz parchasini topib ochdi.
Qog‘ozda shunday yozilgandi:
"... O‘g‘lim, biz oxirgi vagondamiz!"
Biz ota-onalar bolalarimizga mustaqil qaror qabul qilishiga izn berishimiz, ularga ishonch bildirishimiz kerak. Ammo ular mustaqil hayotga ko‘nikma xosil qilgunlarigacha oxirgi vagonda bo‘lishimiz zarur...

Manba
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
17%
Ayroplan
83%
Aeroplan
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Атоқли қорақалпоқ шоири ва мутафаккири Ажиниёз Қўсибой ўғли таваллудининг 200 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 200-летия выдающегося каракалпакского поэта и мыслителя Ажинияза Косыбай-улы"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlarda ijod maktabining o'quvchilari hamda Informatika va axborot texnologiyalari to"garagi rahbari Renessans sog'lomlashtirish oromgohida dam olib, shu bilan birga o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etmoqdalar.

Ushbu videorolik ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Eshmurodov Azamat tomonidan tayyorlandi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Munosabat

AJINIYOZ TAVALLUDINING 200 YILLIGI NISHONLANADI


Bu yil mamlakatimizda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ijodkor Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi. Kuni kecha davlatimiz rahbarining bu haqdagi qarori eʼlon qilindi. Tarixiy hujjat ijod ahli qatori bir adib sifatida meni ham xursand qildi.
Unga ko‘ra, xalqchil shoirning “Tanlangan asarlar”i o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va ularning taqdimotlari o‘tkaziladi. Natijada Ajiniyoz ijodi ham o‘zbek, ham qoraqalpoq  kitobxonlari o‘rtasida keng ommalashadi.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Bu filmlar orqali sheʼr va dostonlarida gumanistik falsafiy qarashlarni ilgari surtgan hassos shoirning hayoti va ijodi bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lsa, ajabmas.
   Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovi, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovi tashkil etiladi. Endi shoir haqida yoshlar hozirgidan ham ko‘proq biladi, uning asarlarini qayta-qayta o‘qiydi.
2024-yilning sentabr oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari va xalq amaliy sanʼati namunalari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Natijada uning hayoti va ijodi nafaqat shoir-yozuvchilar, balki rassomlar, haykaltaroshlar orasida ham keng o‘rganiladi.
2024-yilning oktabr oyida Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining adabiy merosini o‘rganish mavzusida o‘tkaziladigan  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar uning ijodi haqida yangi-yangi ilmiy tadqiqotlar yozilishiga sabab bo‘ladi.
Xivadagi mashhur Sherg‘ozixon va Qutlimurod inoq madrasalarida tahsil olgan ulug‘ siymoning hayoti va ijodiga oid eksponatlar endi bir joyga jamlanadi. Chunki Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyining tashkil qilinyapti.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining Mo‘ynoq tumanidagi qabri obodonlashtiriladi va unga yodgorlik o‘rnatiladi, ushbu tumanda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li nomidagi ekopark yaratiladi. Endi yurtimizda atoqli shoir nomidagi bog‘ yana bittaga ko‘payadi.
Mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, professional, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar ishtirokida shoir tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etiladi.
2024-yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalari o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalarida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi bilan bog‘liq maqolalar, lavhalar, ko‘rsatuvlar, eshittirishlar eʼlon qilinadi.
Shuningdek, shoir tavalludining 200 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar rejasiga kiritilgani ham uning ijodi umuminsoniy ahamiyat kasb etishini bildiradi. Demak, bundan keyin Ajiniyoz ijodini nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham ommalashadi.
Bugun tegishli vazirlik va tashkilotlarda ushbu qaror ijrosiga oid ishlar allaqachon boshlanib ketdi. Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va aʼzolari ham shoir tavalludning 200 yilligini keng nishonlash bo‘yicha amaliy ishlarga kirishdi.

Fozil Farhod
Ibroyim YUSUPOV

AYT, SEN AJINIYOZ QO‘SHIQLARIDAN

Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan,
Yig‘lasin yor ishqi bag‘rin teshganlar.
Bo‘zlasin yurtidan  ayro tushganlar,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Sozin sabo yodlab, so‘zni yel bilgan
Bir shoir dunyoga keldi-yu ketdi.
Majnuntol ortidan oyga  termulgan
Bir dilbar  tushimga  kirdi-yu ketdi.

Qo‘shiq daryo-daryo nur bo‘lib  oqsin,
Sevgisiz qalblarga  ishq o‘tin  yoqsin.
Qiz yigitga  jilva-noz bilan  boqsin,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Ayt, sen “Bo‘zatov”ni nag‘maga  solib,
Dili yonmaganning bag‘ri tosh bo‘lsin.
Qoraqalpoqning ko‘hna dardi qo‘zg‘olib,
Bu  kunga  boqqani sari mast  bo‘lsin.

Shoir kezgan cho‘lda bo‘stonlar qator,
Bekor bo‘lib ketdi zamon-zamon nobakor.
Bekor bo‘lib parisin ko‘rdim  ishvakor,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Men uni tinglasam – qolmay toqatim,
Ko‘nglimda  sayragan mastona  bulbul.
Men  uni  tinglasam - tuqqan elatim
Yer jannati bo‘lib ko‘ringay  butkul.

Yulduzlarni yerga  qaratmoq bo‘lsang,
Yomon shoirlarni uyaltmoq bo‘lsang,
Agar  men o‘lganda tiriltmoq bo‘lsang,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Abdulla Oripov tarjimasi
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🗂 Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

📝 IJOD MAKTABLARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM