Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yoshlar_oromgohi
#Iqtidorli

Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan " Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berildi. Joriy yilning 10-16-iyun kunlari 3000dan ortiq nomzod ichida saralovdan o'tgan 180 nafar ishtirokchi Toshkent shahar Bo'stonliq tumanida joylashgan yoshlar oromgohida bo'ldilar.

Saralangan Iqtidorli yoshlar orasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Hayitova Farangisning borligi ustozlari va tengdoshlarini quvontirdi, albatta.

Hafta davomida yoshlarning bir-biri bilan yaqindan tanishib, o'zaro do'stona munosabatlar qurishi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida turli jamoaviy o'yinlar tashkil etildi. Shuningdek ,ular uchun STEM fanlaridan turli xil dars mashg'ulotlari tashkil etildi.


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning 26-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

O‘zingizning qiziqishingizdan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlarga hujjat topshirishingiz mumkin:

🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiberxavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Imtihon 6-iyul kuni bo'lib o'tadi.

☑️ O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

📞 Call-markaz: +998712024111
👍 Telegram bot: @newuucontact_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sektor rahbarlari va  yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvida shahar hokimi N. Xolboyev, shahar prokurori A. Mirzoyev, shahar IIO FMB boshlig‘i F. Ibragimov, shahar soliq inspeksiyasi rahbari Ilhom Salomov ishtirok etib, yoshlar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda rahbarlar yoshlar tomonidan aytilgan fikr va mulohazalar, taklif va tashabbuslar, ularni qiynayotgan muammolarni tingladilar. Murojaatlarning aksariyatini bandlik, subsidiya, ijtimoiy yordam masalalari tashkil etib, har bir murojaat nazoratga olindi va qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.  
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Narsillayeva Maftuna ham Bog'ishamol MFY yoshlari qatorida ishtirok etdi.
Qarshi shahar hokimi N.Xolboyev Mafunaning ijodiy ishlarini chop etish bo'yicha yordam berishini aytdi.
#Yoz_ilhomlari

Inson
Paydo boʻlganida zamin bir zamon,
Avval yaralgandi daraxt va hayvon.
Bul ikki soddani aldamoq uchun,
Aqlini pesh qilib chiqqan soʻng inson.

Dimogʻi toʻysada koʻzi toʻymagan,
Qadami shahdamdir jahannam tomon.
Yurakni nafsidan halos etmagan,
Hatto dilbandini sotgan ham inson.

Gʻavvosdek ilmning qariga choʻmgan,
Koʻzlari olovli lek ,yuzi somon.
Niholday shiddati chinordek oʻsgan,
Bilim sahrosida sarbon ham inson.

Uzoq moziylarda davlatqush boʻlgan,
Xalqini qon-ila sugʻorgan chunon
Doʻstini ortidan kulib tigʻ urgan ,
Qavmini boylikka almashgan inson.

Farzandin urushga boʻzlab kuzatgan,
Ayriliq azobi oʻlimdan yomon.
Iforing sogʻindim furqatim deya,
Qoraxat qoʻlida titragan inson.

Zamonlar bosadi yillar taftini,
Yechilmas tugunlar bisyordir hamon.
Orziqib kutaman porloq ertani,
Barchasin yangidan qurajak inson.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Narsillayeva Maftuna
#Hikmat

-Qalbga zinhor nafratni yaqinlashtirmang
-Ammo insonlar bunga majbur qilishsachi?
-Ularning qalblari zanglagan, ammo sizniki emas.

Jaloliddin Rumiy.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sertifikat
#Xushxabar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻquvchilari navbatdagi sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

📚7 nafar 9 va 10 -sinf o'quvchilarimiz Bilim va malakani baholash agentligining INGLIZ TILI VA NEMIS TILI fanidan"Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo'lga kiritishdi.

⚡️Davlat test markazining chet tilini bilish darajasini aniqlaydigan imtihondan 6 nafar o'quvchimiz ingliz tili fanidan "B2" va 1 nafar oʻquvchimiz nemis tili fanidan B1 darajali sertifikatga ega bo'lishdi.

🇬🇧Ingliz tili fanidan:

🔹Tojiyeva Xonzoda - B2
🔹Yashinxo'ja Shahrizoda - B2
🔹Davronova Zahro - B2
🔹Suyarova Charos - B2
🔹Bozorov Dilbek - B2
🔹Rahmatullayeva Setora - B2

Hamda nemis tili fanidan :

🔹Axmedov Abror - B1

(Eslatib o'tamiz: Abror shu o'quv yili davomida ingliz tilidan IELTS 7 , tarix fanidan ham sertifikatlarni qo'lga kiritgan)

🎉Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!


📌 Ma'lumot o'rnida, bugungi kunga qadar, ya'ni 2023-2024 o'quv yili davomida 9-11-sinflar o'quvchilarimiz ona tili va adabiyot, ingliz tili, nemis tili, kimyo, tarix, rus tili fanlaridan jami 91 ta xalqaro va mahalliy sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

Vazir Hilola Umarova faol va yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, oʻz savol va takliflari bilan murojaat qilishdi.

❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan:

ta'lim muassasalarida oʻzlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish;
2023-2024-oʻquv yili davomida amalga oshirilgan oʻzgarishlar;
ta'limda innovatsion loyihalardan foydalanish;
inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob berib o‘tdi.

Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM