Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dizayn_tògaragi
#Yozgi_ta'til_tògaraklari

🔰
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 16-sentabrdagi "Ijod maktabi o'quvchilariga zamonaviy va milliy kasb-hunarga yo'naltirishni tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Dizayn" to'garagi o'z faoliyatini olib bormoqda.

🧶"Dizayn" to'garagi o'quvchilarning tasviriy san'at va milliy zsmonaviy kasb-hunarlarga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

📲 To'garak rahbari Shukurova Parizoda o'quv yili davomida to'garak a'zolariga planshet orqali animatsion usullar bilan tasviriy san'at va IT sohasida ijod namunalarini yaratishni o'rgatdi. Ayni vaqtda o'quvchilarning qiziqishlari va xohishlariga ko'ra darslar onlayn tarzda o'tkazilmoqda. 

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-iyundagi 01-05-923-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2024-yil 29-maydagi 304-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan 16 ta ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida o‘qituvchilar va ishchi xodimlar uchun seminar darsi o‘tkazildi.


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 12-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol

– Vey, har kuni ov-ku, – dedi kampiri.
– Ana, Bo‘rijarga tushing. Choshgohgacha tomosha ko‘rasiz… Vey, odamlar-e,
ayov nimaligini bilmaydi-ya.

Sh.Xolmirzayev, Ozodlik.


Gapdagi ayov so‘zi qanday ma’noda ishlatilgan?
Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
❗️SHOSHILING!

2024-2025 o‘quv yilida _Abdulla Oripov   nomidagi ijod maktabiga 7 va 10- sinflariga ijodiy imtihonlar hamda  test sinovlari asosida  o'quvchilar  qabuli uchun hujjatlar qabul qilinmoqda!

Ijod maktabida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar quyidagi hujjatlarni joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha ariza.piima.uz sayti orqali topshirishlari shart:

- o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
- o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
- hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) imtihon shartlari to‘g‘risida onlayn ofertani tasdiqlashlari lozim bo‘ladi.

Kirish imtihonlari quyidagi tartibda uch bosqichda o‘tkaziladi:
-  birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
-  ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
-  uchinchi bosqich — ona-tili va adabiyoti (20 ta test), ingliz tili (15 ta test) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha (15 ta test) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.


❇️Ijod maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.
O‘quvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:

- zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
- ijod maktablari yotoqxonasida qoladigan o‘quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
- darsdan so‘ng bepul to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
- turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
- o‘quvchilarga sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL , shuningdek, milliy sertifikatlarni qo'lga kiritish bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi.

❗️Imtihon sanasi, vaqti va joyi haqida hujjat topshirganda kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yuboriladi.
❗️O‘quvchilar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (guvohnoma) asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.

❗️Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 kun oldin o‘quvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ilmiy_maqola

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining matematika fani o'qituvchisi Hamdamova Fayozaning " Matematik ta'lim: o'qitishda innovatsiya va integratsiya usullari" mavzisidagi ilmiy maqolasi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarida chop etildi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sórang_javob_beramiz
#Infografika

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida qanday darajadagi o'qituvchilar faoliyat ko'rsatadi?

🚀 Ijod maktabiga kamida oliy pedagogik maʼlumot va o'z fanidan 1-toifali o'qituvchilar  imtihon asosida saralanib olinadi.  Bugungi kunda  jami  o'qituvchilar soni 24 nafar.Ulardan 1 nafari fan doktori, 15 nafari oliy toifali o'qituvchilardir. 4 nafar ingliz tili oʻqituvchisi til bilish darajasi bo'yicha milliy va Xalqaro  sertifikat, 1 nafar informatika oʻqituvchisi "Google For education", 1 nafar matematika fani o'qituvchisi Xalqaro GMAT,1 nafar rus tili oʻqituvchisi TRKI - jami 9  ta Xalqaro (1 nafar ingliz tili o'qituvchisining 2 ta Xalqaro sertifikati bor)15 nafari o'z fanidan milliy sertifikatga ega.

Ijod maktabida sinflar necha nafar o'quvchidan iborat?

Ijod maktabida har bir sinf 20 nafar o'quvchi, ixtisoslik, ingliz tili fanlarida o'quvchilarga  bo'lingan holda dars o'tiladi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

КULMANG

Оch оdamning ustidan kulmang,
Yetishmasa ishga qurbati.
Xunukkina qizlarni siylang,
Go'zal bo'lar ular siyrati.

Birovlarning haqqin yeganni
Dasturxonga yo'lata ko'rmang.
Rostni ko'rib yolgʻon deganning
Kosasini to'lata ko'rmang.

1996

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram