Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.22K subscribers
12K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.

Festivalning birinchi bosqichi joriy yilning 27-31-may kunlari Agentlik tizimidagi maktablar va umumtaʼlim muassasalarining koreys tilini B1 darajasida biladigan 7-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida onlayn formatda o‘tkazilgan edi.

Eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘quvchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Festival doirasida Koreya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” ham bo‘lib o‘tadi.

Festivalga Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

Ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Incheon_ta'lim_festivali
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi.
💥Ushbu festivalda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari Yashinxo'ja Shahrizoda va Umarboyeva Charos ham  ishtirok etmoqdalar.
⚡️Ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadilar.      

 📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sórang_javob_beramiz
#Infografika

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'qish uchun to'lov qilinadimi?

Ijod maktabida ta'lim mutaqo bepul.


Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ko'plab to'garaklar faoliyat yuritadi. To'garak rahbarlariga ham pul to'lanadimi?

Albatta. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 141-sonli va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi 5188-sonli qarorlariga ko'ra, to'garak rahbarlariga 100 foiz ustama bilan haq toʻlanadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Panjiyeva Gulruh Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 10-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, geografiya va tarix fanlariga qiziqadi. Ijod maktabining eng faol va jamoatchi o'quvchilaridan.

🇬🇧  Gulruh IELTS dan 6,5 ball natija ko'rsatdi.

🎉Panjiyeva Gulruhning kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Rahmonova Ferede Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 10-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, turk tili, matematika va tarix fanlariga qiziqadi. Ijod maktabining eng faol va jamoatchi o'quvchilaridan.Turk tilida bemalol so'zlasha oladi.

🇬🇧  Ferede IELTS dan 6,5 ball natija ko'rsatdi.

🎉Rahmonova Feredening kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#So'ragan_edingiz

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o'qishga hujjat topshirilganda talabgordan so'raladigan identifikatsiya raqami nima?

Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o'qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo'lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladi.

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo'nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydian bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt asosida imtiyozli o'qishga qabul qilinadi.

📞
Call-markaz: 1206
#Kun_hikmati

Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, g'am-g'ussa bo'lmaydi.

Abu Rayhon Beruniy.
❗️SHOSHILING!

2024-2025 o‘quv yilida _Abdulla Oripov   nomidagi ijod maktabiga 7 va 10- sinflariga ijodiy imtihonlar hamda  test sinovlari asosida  o'quvchilar  qabuli uchun hujjatlar qabul qilinmoqda!

Ijod maktabida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar quyidagi hujjatlarni joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha ariza.piima.uz sayti orqali topshirishlari shart:

- o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
- o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
- hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) imtihon shartlari to‘g‘risida onlayn ofertani tasdiqlashlari lozim bo‘ladi.

Kirish imtihonlari quyidagi tartibda uch bosqichda o‘tkaziladi:
-  birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
-  ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
-  uchinchi bosqich — ona-tili va adabiyoti (20 ta test), ingliz tili (15 ta test) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha (15 ta test) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.


❇️Ijod maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.
O‘quvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:

- zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
- ijod maktablari yotoqxonasida qoladigan o‘quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
- darsdan so‘ng bepul to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
- turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
- o‘quvchilarga sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL , shuningdek, milliy sertifikatlarni qo'lga kiritish bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi.

❗️Imtihon sanasi, vaqti va joyi haqida hujjat topshirganda kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yuboriladi.
❗️O‘quvchilar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (guvohnoma) asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.

❗️Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 kun oldin o‘quvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#Oltin_voha_radiosi

Ushbu audio Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2024-2025-o'quv yili uchun qabul jarayoni haqida. 📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Ushbu videorolik Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2023-2024-o‘quv yilida erishilgan muvaffaqiyatlar haqida!

IJOD MAKTABI - IBRAT MASKANI

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 8-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥Tojiddinov Shermuhammad Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Informatika va axborot -texnologiyalari, ona tili, Ingliz tili, adabiyot, turk tili, musiqa, matematika va tarix fanlariga qiziqadi. Turk tilida bemalol so'zlasha oladi.

🇬🇧  Shermuhammad IELTS dan 6,0 ball natija ko'rsatdi. Shuningdek, ingliz tilidan milliy sertifikatga ham ega. "Yosh kitobxon" tanlovi respublika bosqichi (PIIMA) g'olibi.
"Uchinchi Renessans yoshlar nigohida " tanlovining hududiy bosqichida o'zi yaratgan mobil ilova bilan g'olib bo'lgan.

🎉Tojiddinov Shermuhammadning kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_ijod
#Yoz_ilhomlari

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

    Dunyoda kimlar ko'p, yaxshiyu - yomon,
   Jaholatga qarshi ma'rifat har on.
   Seni o'z qa'riga tortsa jaholat
    Undan qoch, aqlingni ishlat ,ey inson!

    «Jaholat bu nedur?» der, g'arib birov,
   Dedim men: «Bu illat, berar ko'p sinov,
   Aslo ishonma sen, yo'qsa na holat
    Qonunbuzar, beilm, bo'larsan yalqov.

   Lek senda bor qurol: olim ma'rifat,
    Uni ko'rib qochgay zolim jaholat,
    Chunki unda yo'qdur, chora - malomat,
   Yo'qdur to'g'ri yo'llik, bilim-u - omad.

   Ma'rifatli inson, bo'lmaydi hech kam,
    Safimizga qo'shil, birodar, sen ham,
    Jaholatga qarshi kurash, qon yig'lat,
   Shunda kelajaging porloqdir har dam!»

YAXSHI NOM

Boylik
deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.

Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.

Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.

Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!

Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?

Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?

Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…

Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf òquvchisi Tojiddinov Shermuhammad