Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Boymurodova Madina Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, huquqshunoslik, tarix fanlariga qiziqadi. Ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "Bilim doirasi" intellektual o'yini, Agentlik tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual musobaqasi jamoa ishtirokchisi va g'olibi.

🇸🇱🇬🇧  Madina ingliz tili , o'zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikatlarga ham ega.
"Zakovat " stipendianti.

🎉Boymurodova Madinaning  kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

Yaxshi do'sti borning oynaga ehtiyoji yo'qdir.

Jaloliddin Rumiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
UZB-34119 BOLALAR UCHUN 02. 06. 24 16.30
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Ushbu O'zbekiston radiokanali eshittirishida respublikamizdagi Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari intervyu berdilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 22-apreldagi  №40-AF-sonli buyrug'iga  asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy attestatsiya  imtihonlari joriy yilning 27-mayidan 12-iyuniga qadar o'tkaziladi.   

📚Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilariga tarix fanidan,  9-sinf o'quvchilariga adabiyot fanidan  yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni o'tkazilmoqda.

Imtihon avvalida ijod maktabi rahbariyati tomonidan o'quvchilarga samimiy tilaklar bildirildi.

🔵 Yakuniy davlat  imtihonlari 11-sinflarda davom etadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7 ва 10-sinflarga qabul e'lon qiladi!

❗️Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.

1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: 

I
- ijodiy matn yaratish;
II - ijodiy suhbat;
III - 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

📞Call-markaz - 1206

☎️Telefonlar:
+99875 221 75 27   
+99875 221 84 32  

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
44%
O'g'irlik
56%
O'g'rilik
Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://uza.uz/posts/604885
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 5-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

5-iyun- Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.

Tabiat.

Abdulla Oripov
 
Uzoqlarda qoldi tugʻilgan uyim,
Ajib bolaligim qoldi uzoqda.
Qoldi xommapishga kõmilgan uyim.
Qoldi singillarim bari yiroqda.
Endi men eslayman kõzlarimda nam,
Õsha yillarimning otash sehrini.
Qõmsab talpinaman gohi-gohi dam
Munis singillarim ma'yus mehrini,
Shunday paytda õzing aylagil shafqat,
Singil bõla qolgil, menga, tabiat.

Aqlim tanidimu qoshimda shu kun,
Jasur akalarim safini kõrdim.
Ularning bari ham botir va durkun,
Men ular safiga she'r bilan kirdim.
Endi men eslayman kõzlarimda nam,
Õsha davralarning otash sehrini.
Qõmsab talpinaman gohi-gohi dam,
Jasur akalarim ajib mehrini.
Shunday paytda õzing aylagil shafqat,
Aka bõla qolgin menga, tabiat.

Õtgan kunlarimga boqib muntazir,
Sog'inchdan yonadi yonga bu jonim,
Afsuski, yonimda emassiz hozir,
Donishmand ustozim — siz, otajonim.
Endi men eslayman, kõzlarimda nam.
Himmatli sõzlarning otash sehrini.
Qõmsab talpinaman gohi-gohi dam,
Donishmand otamning shafqat, mehrini.
Shunday paytda õzing aylagil shafqat.
Ota bõla qolgil menga, tabiat.

Men aziz onamni tuproqqa qõydim,
Hali tingan emas kõzdagi yoshim.
Olis kechalari hijronda kuydim.
Endi qay siynaga qõyaman boshim.
Endi men eslayman kõzlarimda nam,
Ona degan sõzning qaytmas sehrini.
Qõmsab talpinaman har zum, har qadam
Onam og'ushini, onam mehrini.
Shunday payt ham õzing aylagil shafqat,
Ona bõla qolgil menga, tabiat.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Tillayeva Gulira'no Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, geografiya, rus tili va tarix fanlariga qiziqadi. Ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "Bilim doirasi" intellektual o'yini ishtirokchisi va g'olibi.

🇸🇱🇬🇧  Gulira'no IELTS dan 6,5 ball natija ko'rsatdi.Shuningdek,  o'zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikatga ham ega.


🎉Tillayeva Gulira'noning  kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Nurmatova Sevinch Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, matematika, tarix fanlariga qiziqadi.

🇸🇱🇬🇧  Sevinch IELTS dan 6,5 ball natija ko'rsatdi.Shuningdek,  o'zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikatga ham ega.


🎉Nurmatova Sevinchning  kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Go'zal kunlar senga kelmaydi, sen ularga borishing kerak.

Jaloliddin Rumiy
#Ёзги_таътил
#Togaraklar

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun yozgi ta’til to‘garaklari tashkil etildi.

🧑‍💻 👩‍💻  Sizlar uchun yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlaringizni mazmunli tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusini amalda bajarash maqsadida quyidagi zamonaviy AKT  sohasidagi to‘garaklar hamda o'quvchilarning qiziqishlari asosida turli fan to'garaklari tashkil etildi:

🔹 Veb-dizayn (no coding);
🔹 dastur ta’minoti (Programming);
🔹 media (SMM);
🔹 media (videografiya, mobilografiya, fotografiya);
🔹 texnologiya (robototexnika va sun’iy intellekt);

Shuningdek:

🔸O'zbek tili va adabiyoti;
🔸Tarix;
🔸Ingliz tili;
🔸Nemis tili;
🔸Matematika;
🔸Sport;
🔸Musiqa;

to'garaklarida online va oflayn tarzda mashg'ulotlar olib boriladi.

Mashg'ulotlar haftaning barcha kunlarida soat 9:00 dan 12:00 gacha tashkil etiladi.

🔰  Mashg‘ulotlar ijod maktabining oliy toifali o'qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7 ва 10-sinflarga qabul e'lon qiladi!
❗️Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.
-o'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
-o'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
-baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
📚 Imtihonlar 3 bosqichda o'tkaziladi: 
I
- ijodiy matn yaratish;
II - ijodiy suhbat;
III - 50 ta test:👇
▶️ ona tili va adabiyotdan 20 ta test;
▶️ ingliz tilidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

📞Call-markaz - 1206

Telefonlar:
+99875 221 75 27   
+99875 221 84 32