Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Audio
#Oltin_voha_radiosi

Ushbu audio Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2024-2025-o'quv yili uchun qabul jarayoni haqida. 📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#100_foizlik_grant
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rayhona Shoyimqulova xorijdagi nufuzli oliygohlarning jami 948 ming AQSH dollarlik grantlarini qo'lga kiritdi.

📝Bular:

Kent State University — 48 000$;
Roanoke College — 84 000$;
Western New England University - Presidential scholarship — 128 000$;
Pace University — 80 000$;
University at Albany (SUNY) — 62 000$;
Colorado State University — 40 000$;
Iowa State University;
The University of Arizona — 92 000$;
Hofstra University;
The University of Alabama;
California Lutheran University — 140 000$;
UMass Boston — 16 000$;
Franklin University in Switzerland — 90 000 ChF;
Allegheny College — 168 000$.

⚡️E'tiborlisi, R.Shoyimqulovaga "Allegheny College"dan (AQSH) 100 foizlik grant ajratildi
#Sòragan_edingiz

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga faqat ijodkor o‘quvchilar qabul qilinadimi?
Yo‘q. Ijod maktabiga boshqa fanlardan ham iqtidorli bo‘lgan o‘quvchilar imtihon asosida qabul qilinadi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga faqat viloyat hududidan hujjat topshiriladimi?
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga respublikamizning barcha hududlaridan 7 va 10-sinflarga o‘quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 4-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zni belgilang.
Anonymous Quiz
70%
haqiqatdan
23%
haqiqatan
7%
haqiqattan
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Boymurodova Madina Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, huquqshunoslik, tarix fanlariga qiziqadi. Ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "Bilim doirasi" intellektual o'yini, Agentlik tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual musobaqasi jamoa ishtirokchisi va g'olibi.

🇸🇱🇬🇧  Madina ingliz tili , o'zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikatlarga ham ega.
"Zakovat " stipendianti.

🎉Boymurodova Madinaning  kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

Yaxshi do'sti borning oynaga ehtiyoji yo'qdir.

Jaloliddin Rumiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
UZB-34119 BOLALAR UCHUN 02. 06. 24 16.30
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Ushbu O'zbekiston radiokanali eshittirishida respublikamizdagi Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari intervyu berdilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 22-apreldagi  №40-AF-sonli buyrug'iga  asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy attestatsiya  imtihonlari joriy yilning 27-mayidan 12-iyuniga qadar o'tkaziladi.   

📚Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilariga tarix fanidan,  9-sinf o'quvchilariga adabiyot fanidan  yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni o'tkazilmoqda.

Imtihon avvalida ijod maktabi rahbariyati tomonidan o'quvchilarga samimiy tilaklar bildirildi.

🔵 Yakuniy davlat  imtihonlari 11-sinflarda davom etadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7 ва 10-sinflarga qabul e'lon qiladi!

❗️Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.

1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: 

I
- ijodiy matn yaratish;
II - ijodiy suhbat;
III - 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

📞Call-markaz - 1206

☎️Telefonlar:
+99875 221 75 27   
+99875 221 84 32  

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
44%
O'g'irlik
56%
O'g'rilik
Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://uza.uz/posts/604885
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 5-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

5-iyun- Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.

Tabiat.

Abdulla Oripov
 
Uzoqlarda qoldi tugʻilgan uyim,
Ajib bolaligim qoldi uzoqda.
Qoldi xommapishga kõmilgan uyim.
Qoldi singillarim bari yiroqda.
Endi men eslayman kõzlarimda nam,
Õsha yillarimning otash sehrini.
Qõmsab talpinaman gohi-gohi dam
Munis singillarim ma'yus mehrini,
Shunday paytda õzing aylagil shafqat,
Singil bõla qolgil, menga, tabiat.

Aqlim tanidimu qoshimda shu kun,
Jasur akalarim safini kõrdim.
Ularning bari ham botir va durkun,
Men ular safiga she'r bilan kirdim.
Endi men eslayman kõzlarimda nam,
Õsha davralarning otash sehrini.
Qõmsab talpinaman gohi-gohi dam,
Jasur akalarim ajib mehrini.
Shunday paytda õzing aylagil shafqat,
Aka bõla qolgin menga, tabiat.

Õtgan kunlarimga boqib muntazir,
Sog'inchdan yonadi yonga bu jonim,
Afsuski, yonimda emassiz hozir,
Donishmand ustozim — siz, otajonim.
Endi men eslayman, kõzlarimda nam.
Himmatli sõzlarning otash sehrini.
Qõmsab talpinaman gohi-gohi dam,
Donishmand otamning shafqat, mehrini.
Shunday paytda õzing aylagil shafqat.
Ota bõla qolgil menga, tabiat.

Men aziz onamni tuproqqa qõydim,
Hali tingan emas kõzdagi yoshim.
Olis kechalari hijronda kuydim.
Endi qay siynaga qõyaman boshim.
Endi men eslayman kõzlarimda nam,
Ona degan sõzning qaytmas sehrini.
Qõmsab talpinaman har zum, har qadam
Onam og'ushini, onam mehrini.
Shunday payt ham õzing aylagil shafqat,
Ona bõla qolgil menga, tabiat.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Tillayeva Gulira'no Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, geografiya, rus tili va tarix fanlariga qiziqadi. Ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "Bilim doirasi" intellektual o'yini ishtirokchisi va g'olibi.

🇸🇱🇬🇧  Gulira'no IELTS dan 6,5 ball natija ko'rsatdi.Shuningdek,  o'zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikatga ham ega.


🎉Tillayeva Gulira'noning  kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram