Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zamin_Creаtive

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari uchun "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarida darsdan so'ng, haftaning 3 kunida o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

❇️ “Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha "Aktyorlik mahorati", "Dizayn" va "Media savodxonlik" sohalarida malakali ustozlar sanalgan to'garak rahbarlari - Bahodir Berdiyev, Madina Siddiqova, Aktam Boyto'rayev, Parizoda Shukurovalar tomonidan surdotarjimon o'qituvchilar - D.Abdullayeva, M.Muhammadiyeva va I.Temirovalar ishtirokida o'quvchilarga saboq berilib, ularni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣 DIQQAT E’LON!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga taklif etadi!

Unda siz ijod maktabi faoliyati  bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot;

Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi taqdimoti;

Ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan Ixtisoslashtirilgan to‘garak  mashg‘ulotlarida o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi namoyishi;

Maktab bo'ylab sayohat qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 2024-yil 17-18-may kunlari
  11:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Qarshi shahri,  Islom Karimov ko'chasi 219-uy

Murojaat uchun : (75) 221-75-26

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi barchani "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:

❇️ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
❇️ O'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
❇️ Ko'rgazmalar; ( o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar)
❇️ Maktab hududi bo'ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.
📆 17-MAY
15:30
📍Manzil: Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 4-uy.
📝ESLATMA! O'quv markazlari, umumta‘lim maktablari va xususiy maktablar quyidagi @Abu_Abdulloh_B manzili orqali ro'yxatdan o'tishi so'raladi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf oʻquvchisi Muhammadjon Olimboyev IMAS olimpiadasida oltin medal sohibi bo’ldi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 7-sinf oʻquvchisi Shohrux Umrzoqov IMC olimpiadasining xalqaro bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi tomonidan “Professional development“ loyihasining navbatdagi sahifasini
taqdim qilindi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Peshku, Mingbuloq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida adib Ulugʻbek Hamdam bilan ijodiy
muloqot oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan videoroliklar tanlovi
eʼlon qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Al-Xorazmiy volontyorlari" guruhining ochilish marosimi
boʻlib oʻtdi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o’quvchisi SunnatjonToirov IELTSdan yuqori natijaga
ega boʻldi.

Toshkent viloyati maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Intellektual olimpiadada Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Yangiyoʻl shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoalari gʻoliblikni
qoʻlga kiritdi.

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
bo‘lib o‘tdi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktab maʼmuriyati tomonidan yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari uchun seminar t
ashkil qilindi.

Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔰"Qashqadaryo TV"da Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga poytaxtdan asli qashqadaryolik bo'lgan taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar-u xonandalar hamda aktyorlar tashrif buyurishgani yoritildi.


🎥 Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻquvchisi Eʼzozbek Choʻliyev intervyu berdi. U oʻz intervyusida taniqli ijodkorlarning maktabimizga tashrif buyurishi, ularning oʻquvchilarga bergan oʻgit va qimmatli maslahatlari oʻquvchilarda soʻz masʼuliyatini oshirganini, adabiyot va badiiy soʻzga boʻlgan qiziqishlari ortganini soʻzlab berdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📣 Vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi.

❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.

👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi.

Har oylik ustama toʻlanadigan pedagoglar roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
66%
Poymol qilmoq
34%
Paymol qilmoq
#Eʼtirof
#Attestatsiya_2024

🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining tarix fani o'qituvchilari attestatsiyada yuqori ballni qo‘lga kiritdilar.


Ijod maktabining tarix fani o‘qituvchilari Amirov Elbek attestatsiya malaka (test) sinovida 100 ballni, Xolov Ravshan 92 ballni qo‘lga kiritib, I va oliy toifaga ega bo'ldilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, yozuvchi Jumaqul Qurbonov tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

Mahorat darsida "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida so'z bordi. Jumaqul
Qurbonov oʻzbek adabiyotida yaratilgan asarlar misolida oʻz taassurotlarni yozish, taassurotda asar borasidagi qarashlari hamda oʻz fikr-mulohazalarini bayon etish haqida ma'lumotlar berdi.

Darsda ijodiy to'garak a'zolari va adabiyotning nasr yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi. Dars so'nggida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

📚Darsda Ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Baxtiyor Elmurodov va tarbiyachi Tursunova Lobar ham ishtirok etdilar.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Attestatsiya
#Bizni_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ IJOD MAKTABI OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLIK NATIJA KOʻRSATDI

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining tarix fani oʻqituvchisi Elbek Amirov malaka (test) sinovida eng yuqori — 100 ball natijani qoʻlga kiritdi va oliy toifaning sohibi bo‘ldi.

Avvalroq, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Rishton tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari ham malaka (test) sinovlarida 100 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining_77_yilligi

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Kamolova Charos O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan “Vatan bayrog‘i” mavzusida o'tkazilayotgan ijodiy ishlar tanlovi ishtirokchisi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining_77_yilligi

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Baratova Farangiz O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan “Vatan bayrog‘i” mavzusida o'tkazilayotgan  ijodiy ishlar tanlovi ishtirokchisi.
                                                                                     📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining_77_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

Bir kun

Osmon yaqin kelar,
Judayam yaqin.
Qarichlab yetasan,
Ololsang chama.
Bir kuni chaqnaydi
Uluĝvor chaqin.
Bolaga aylanib
Qoladi hamma.

Osmon yaqin kelar
Judayam yaqin.
Ĝuborlar ketadi
Butun olamdam.
Yuvilar chang bosgan
Kŏp majruh qalblar.
Saqlanar insonlar
Egri qadamdan.

Bolaga aylanar
Yosh-u qarilar.
Ucharlar samoga
Arĝimchoq yasab.
Tushunar hayotda
Soxta kulgusiz.
Bŏlarkan samimiy
Chin kulib yashab.

            
 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7"D"-sinf ŏquvchisi Holiqulova Ruhshonaning O'zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan ŏtkazilayotgan ijodiy ishlar tanloviga yozgan nazirasi.
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining_77_yilligi
#Ijodiy_tanlov

BITTA MUSHTGA AYLANMAY

Oltovlon ola bo‘lib oldirgan xalq meniki,
Goh ichda zahar, tilda bol turgan xalq meniki,
Tig‘ tortib o‘z otasin o‘ldirgan xalq meniki,
Yo Rab, qay ajdodimning qo‘li kir deb yig‘ladim.

    
          Halima Xudoyberdiyeva

Yov bossa to‘rt tomondan, chor tarafga tarqalding,
Birda ustun bo‘lding-u birda chorasiz qolding,
Najotga zor paytingda o‘g‘lonlaring yo‘qoldi,
"Xudo, to‘zg‘in elimni birlashtir deb yig‘ladim".

Shaytondan o‘g‘il ko‘rgan "onalar" to‘lib ketdi,
Umid qilgan niholing unmasdan so‘lib ketdi,
Bugun haqni talab et, haqiqat vaqti yetdi,
"Xudo, to‘zg‘in elimni birlashtir deb yig‘ladim".

Ketdilar jasoratga ramz bo‘lgan botirlaring,
Ba'zida unutildi qadim asotirlaring,
Shoqollarga yem bo‘ldi yiqqan bor tillo-zaring,
"Xudo, to‘zg‘in elimni birlashtir deb yig‘ladim".

Ozodlikka yetishding, parvoz etdi hurriyat,
Endi barbod emassen, endi bo‘lgansen ozod,
Parokanda bo‘lmagin, vatanim, azal-abad,
"Xudo, to‘zg‘in elimni birlashtir deb yig‘ladim".

Abdulla Oripov ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov