Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.09K subscribers
13.4K photos
1.36K videos
100 files
3.96K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga poytaxtdan asli qashqadaryolik bo'lgan taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar-u xonandalar hamda aktyorlar ishtirokida oʻtkazilgan ijodiy uchrashuvdan fotoreportaj (2-qism).
#Kun_hikmati

Bu gulshan ichra yo'qki baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot.

✍️Alisher Navoiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣 DIQQAT E’LON!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga taklif etadi!

Unda siz ijod maktabi faoliyati  bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot;

Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi taqdimoti;

Ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan Ixtisoslashtirilgan to‘garak  mashg‘ulotlarida o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi namoyishi;

Maktab bo'ylab sayohat qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 2024-yil 17-18-may kunlari
  11:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Qarshi shahri,  Islom Karimov ko'chasi 219-uy

Murojaat uchun : (75) 221-75-26

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🇺🇿🇬🇧Avval xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Amerika kengashi tashabbusi bilan bir qator ingliz tili fani ustozlari ESN (English Speaking Nations) dasturi doirasida Xalqaro TESOl, TETE va 6 Ps ingliz tilini oʻqitish metodikalarini bir oy davomida puxta oʻrganib, hozirgi vaqtda esa yuqorida sanalgan oʻqituvchilar oʻrgangan bilimlarini qoʻllagan holda amaliyot bosqichini oʻtamoqdalar.

📚 Shu jumladan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ijod maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Davlatova Kamola tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.

Ingliz tilini oʻqitish boʻyicha turli va qiziqarli metodikalar asosida oʻtkazilgan dars qiziqarli va oʻqituvchilar uchun samarali boʻldi. Dars Amerika kengashi vakili, katta oʻqituvchi-trener Rustam Tulayev va ijod maktabining pedagogik xodimlari tomonidan kuzatildi va tahlil etildi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

✍️Abu Rayhon Beruniy


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zamin_Creаtive

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari uchun "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarida darsdan so'ng, haftaning 3 kunida o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

❇️ “Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha "Aktyorlik mahorati", "Dizayn" va "Media savodxonlik" sohalarida malakali ustozlar sanalgan to'garak rahbarlari - Bahodir Berdiyev, Madina Siddiqova, Aktam Boyto'rayev, Parizoda Shukurovalar tomonidan surdotarjimon o'qituvchilar - D.Abdullayeva, M.Muhammadiyeva va I.Temirovalar ishtirokida o'quvchilarga saboq berilib, ularni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram