Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.67K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yosh_tarjimon_tògaragi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Ergashev Shohruz "Ayiq nima dedi?" deb nomlangan O'zbek xalq ertagini O'zbek tilidan Ingliz tiliga tarjima qildi.

Ayiq nima dedi?
________
Bir kuni ikki do‘st o‘rmonda ketayotgan ekan, to‘satdan oldilaridan bir ayiq chiqib qolibdi va ularga hamla qilibdi. Ulardan biri tezda qochib ketibdi-da, yashirinib olibdi. Ikkinchisi esa qochishga ulgurolmay qolibdi. Shunda yerga yiqilib, o‘zini o‘likka solib, jimgina yotaveribdi. Ayiq uning yoniga kelib, hamma yerini iskab ko‘rgach, o‘lik gumon qilib, qaytib ketibdi. Ayiq ketgach, yashiringan do‘sti kulimsirab chiqib kelibdi va sherigidan so‘rabdi:
— Ey do‘stim, ayiq sening qulog‘ingga nimalar dedi?
— U menga «xavf-xatar duch kelganda o‘z do‘stini tashlab ketish — bu eng yomon odat» dedi, —deb javob bergan ekan.

What did the bear say?

A couple of friends were walking in the forest when suddenly a bear came out in front of them and attacked to them. One of them quickly ran away and hid. The second one couldn't run, Then, he fell to the ground and laid down quietly. After, the bear came to him and smelled everywhere, he thought he was dead and went back. When the bear left, his hiding friend came out with a smile and asked his partner:

"My friend, what did the bear say in your ear?"

"He told me that 'abandoning a friend in danger is the worst habit,'" he answered.
#Tashrif

🇺🇿🇩🇪O'zbekiston-Germaniya qo'shma loyihasi asosida Qashqadaryoga Germaniyaning nufuzli "Klett Group" kompaniyasi delegatsiya a'zolari tashrif buyurishgan va ko'plab uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

🔰 Tashrif doirasida germaniyalik mehmonlar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lishib, maktab faoliyati, dars jarayonlari va to'garak mashg'ulotlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

✔️ Mehmonlarga viloyat hokimligi va Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi vakillari hamrohlik qilishdi.

Mehmonlar maktabning nemis tili fani o'qituvchisi va nemis tili to'garagi a`zolari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida nemis tilidagi adabiyotlar bilan qiziqishdi va metodika, o'quv adabiyotlari bo'yicha o'z tavsiyalarini berishdi.

📚Shuningdek, ular ingliz tili darsida ham bo'lib, o'quvchilarning ijod namunalari va "Yosh tarjimon" to'garagi a'zolari bilan suhbatlashishdi. Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she'rlarini rus, ingliz, nemis va turk tillarida tinglashdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabig tashrif buyurgan germaniyalik mehmonlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvdan fotoreportaj.
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida kitobxonlik tanlovi
boʻlib oʻtdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida Toʻlepbergen Qayipbergenov va Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligi doirasida “Zakovat”
oʻtkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eko taqdimotlar oyligi”
e'lon qilindi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari alohida ta'limga ehtiyoji boʻlgan bolalar holidan
xabar oldi.

Halima Xudoyberdiyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Xotira maydonini ziyorat qildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Zomin seminarining mintaqaviy bosqichiga yo‘llanma
oldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Kinokarvon” loyihasi doirasida uchrashuv
o‘tkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari, Sergeli, Uchqoʻrgʻon, Mingbuloq, Yangiqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot, Vobkent, Buxoro, Olot, Qorakoʻl tumanlari, Bekobod, Qarshi shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari milliy, xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida chellenj
eʼlon qilindi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻrtasida bayram turniri
tashkil etildi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi NYUAD dasturiga
qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ijodiy tanlov
eʼlon qildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Medipol universiteti vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Eko-Zakovat" turniring final bosqichi
boʻlib oʻtdi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan
maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari “Teen Eagle" final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Denov, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Qiziriq , Qorakoʻl tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va internatlarida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibroyim_Yusupov_tavalludining_95_yilligi

O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov tavallud topganiga 95 yil to'ldi. Ibroyim Yusupov (1929–2008) ijodi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi.

📚“Vatan farzandlarining qaynoq mehri, uni shu mehrga chayib tarannum etgan otashnafas shoirlari bilan goʻzal”,
deydi Abdulla Oripov. Qoraqalpoq diyori oʻz ijodi bilan dunyoda qoraqalpoq adabiyoti maqomini yuksaltirib turgan Kunxoʻja, Ajiniyoz, Berdaq, Toʻlepbergan Qayipbergenov kabi ulugʻ adiblarni yetishtirib chiqardi. Ular qatorida Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov munosib oʻrin tutadi. Qardosh turkiy xalqlar adabiyot olamida ham anchagina taniqli boʻlgan Ibroyim Yusupov sheʼrlarining birida “Men Berdaqning sof qonidan tomchiman...”, deydi kamtarlik bilan.

📌Abdulla Oripov va Ibroyim Yusupov o'rtasida mustahkam ijodiy hamkorlik an'analari yo'lga qo'yilgan. E'tiborli jihati shundaki, Abdulla Oripov uning bir qator qoraqalpoq tilidagi she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

⚡️...Bir yonda turkmanim, qirgʻiz, qozogʻim,
Orolga termulgan qoraqalpogʻim,
Oʻzbegim, tojigim – koʻzim-qarogʻim
Jam boʻlganda qatoridan ayrilmas.
Ayrilsa ayrilgay togʻlar qoridan,
Ayrilgay behimmat boy ham boridan.
Vafosiz ayrilgay doʻstu yoridan,
Shoir xalqi ashʼoridan ayrilmas.

✍️(Abdulla Oripov. “Ayrilmas” sheʼridan)

Bugungu kunda Abdulla Oripov va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari o'rtasida ham qalin ijodiy hamkorlik mavjud bo'lib, ikkala maktab tomonidan o'tkaziladigan turli-tuman tanlovlarda o'quvchilar faol ravishda ishtirok etishadi.

🎉O'z navbatida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan Ibrohim Yusupov maktabini shoir tavalludining 95 yilligi bilan tabriklaymzi!
Расмдагилар: Абдулла Орипов, Миртемир домла, Иброҳим Юсупов, Эркин Воҳидов.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston-Germaniya qo'shma loyihasi asosida maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyati yo'lga qo'yiladi QASHQADARYO.

Yaqinda Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Germaniyaning nufuzli Klett Group kompaniyasi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama O'zbekiston-Germaniya qo'shma loyihalarini amalga oshirish jumladan, viloyatda maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o'tkazildi.

Delegatsiya a'zolari tashrifi davomida Qashqadaryo viloyatidagi ta‘lim muassasalari faoliyati, pedagog hamda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM