Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.26K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ota_onalar_kuni
#Maʼrifat_ulashib

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ota-onalar yig'ilishi hamda "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" aksiyasi o'tkazildi.

🔰Yig'ilishda maktab rahbariyati tomonidan o'quvchilarning 3-chorak natijalari aytib o'tilib, asosiy vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, har bir sinf rahbarlari tomonidan o'quvchilarning fanlardan o'zlashtirishi tanqidiy tahlil etildi, yutuqlar e'tirof etildi. Fan o'qituvchilarining fikrlari tinglandi.

Tadbir davomida ota-onalar Xonatlas festivali, Musiqa to'garagining iste'dodli a'zolari tomonidan ijro etilgan badiiy-musiqiy kompozitsiyalardan ham bahramand bo'ldilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Cho'liyev E'zozbek tomonidan tayyorlangan videorolik.

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Do'ppi"she'ri.
#Dastur_ijrosi_amalda

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "O'quvchi almashlash "dasturi bo'yicha Jizzaxdagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari va ustozlari tashrif buyurdular.

Bir hafta davom etadigan ushbu dastur doirasida o'quvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etadilar. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tadbirlar, sayohatlar rejalashtirilgan.

🔰Bugun mehmonlar ijod maktabining o'quvchilari bilan birga O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyiga sayohat qildilar.