Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar yo'nalishidagi olimpiadaning IV(respublika) bosqichiga o'tkazilmoqda — QASHQADARYO

Unda respublikamizni barcha hududlaridan 7-8 sinf o'quvchilari viloyat bosqichi g'oliblari ishtirok etmoqda. Olimpiadada umumiy hisobda 84 nafar o'quvchilar 3 ta fandan bellashadilar.

Shuningdek, olimpiada A.Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazilmoqda. Davomiyligi 1-2 aprel kunlarigacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: Ushbu olimpiadaga Qashqadaryo viloyatidan 6 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, olimpiada g'oliblariga vazirlik hamda viloyat hokimligi maxsus sovg'alari berilishi nazarda tutilgan.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Yusupov Doniyorbek O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning "Biz baxtli bo'lamiz.." she'ridan parchani o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi va hayoti va ijodini ikkala tilda yozdi.

Biz baxtli bo’lamiz...

Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa,
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.

Rayhon hidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.

We will be happy...

Whether someone likes it or not,
Would we join them in crying.
God willing, we will be happy,
God forbid we would meet.

Spread the scent of basil on my paths,
Wait for me every night there is a blue moon.
Just don't cry, what's my fault?
It's your fault that your mother gave birth to you beautifully.

https://telegra.ph/Muhammad-Yusuf-hayoti-va-ijodi-04-01
Forwarded from Sobir Sodiqov
⚡️ IELTS 9 natijasiga ega ustozlardan mahorat darsiga taklif qilamiz

💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 5-aprel kuni IELTS 9 natijasiga ega 4 nafar ustoz ishtirokida mahorat darsi tashkil etiladi. Unda yurtimizdan ilk IELTS 9 natijaga erishgan Bekzod Mirahmedov ham qatnashadi.

Mahorat darsida siz ingliz tilini mukammal o‘rganish va IELTS dan yuqori natijaga erishish sirlarini egallashingiz mumkin.

👉 Mahorat darsiga ro‘yxatdan o‘ting.

Vaqti: 5-aprel, soat 14:00
📍 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti

🎗Barchani mahorat darsiga taklif qilamiz.

🔁 English

#mahorat_darsi #IELTS9

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Otabek Hasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz ergashuvchi emas, ergashtiruvchi xalq bo'lishimiz kerak!

"SHerzodxon Qudratxo‘ja bilan..." ko'rsatuvida yoshlar tarbiyasi bilan ishlashda zamonaviy qarashlar, bugungi qadriyatlar, zamonaviylik va milliylik birlashuvi, vatanparvarlik tushunchasi kabi mavzularda fikr-mulohazalarimni bildirdim.

Ko'rsatuvni quyida to'liq tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=tYmk5unG8Ms


@otabek_khasanov
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatilarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi.
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bog'lash, 
- videorolik tayyorlash,
- shoir she’rlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan g‘olib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15 aprel kuniga qadar 911699820, 934118631 telefon raqamlariga ochilgan telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

👉@ima_myim
#Ijodiy_toʻgarak_faoliyatidan

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “2024-yilda adabiyot, madaniyat va san’at, ilm-fan sohalari atoqli namoyandalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ‘ib etish” bo‘yicha dasturiga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy" to'garak rahbari Temirpo'lat Tillayev tomonidan taniqli shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlangan to'garak darsi o'tkazildi.

📚 Darsda Muhammad Yusuf she'rlarida eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda kechinmalari yorqin ifodasini topgani, shoir soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangani, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yaqqol ifodalay bilishi Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlari ekani ta'kidlandi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ilk she'riy to'plami qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
47%
"Tanish teraklar"
25%
"Uyqudagi qiz"
11%
"Yolg'onchi yor"
17%
"Osmonimga olib ketaman"
#Mahorat_darsi

🔰Bugun filologiya fanlari doktori, dotsent Abdulla Ulug‘ov tomonidan “Yozuvchining badiiy mahorati” mavzusida Abdulla Oripov, I.Yusupov, M.Ogahiy, Abdulla Qodiriy va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablari o'quvchilariga onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.

📚Dars davomida professor o’quvchilarga o'zbek romanchiligi asoschisi, XX asr adabiyotining eng muhim namoyondalaridan biri Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, badiiy, publitsistik asarlari haqida qimmatli ma’lumotlar berdi.

✔️ Ijod maktabining ijodkor o'quvchilari o’z ijodiy mashqlaridan namunalar o’qidi, shu bilan birga, Abdulla Ulug‘ovdan adabiyotshunoslikka oid bilimlarni o'zlashtirishdi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zamin_Creаtive

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari uchun "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarida darsdan so'ng, haftaning 3 kunida o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

❇️ “Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha "Aktyorlik mahorati", "Dizayn" va "Media savodxonlik" sohalarida malakali ustozlar sanalgan to'garak rahbarlari - Bahodir Berdiyev, Madina Siddiqova, Aktam Boyto'rayev, Parizoda Shukurovalar tomonidan surdotarjimon o'qituvchilar - D.Abdullayeva, M.Muhammadiyeva va I.Temirovalar ishtirokida o'quvchilarga saboq berilib, ularni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati
#Maxtumquli_tavalludining_300_yilligi

Olimga yondashsang, ochilar koʻzing,
Johilga yondashsang, koʻrdek boʻlarsan.

✍️Maxtumquli


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#OAV_biz_haqimizda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari - Shahrizoda Rajabova, Nozima Sunnatova, Odina Erkinova va Maftuna Aliyevalar "O'zbekiston" radiosining "Bolalar uchun" radioeshittirishida ishtirok etishdi.

📚O'quvchilar 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami hamda O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov taballudining 83 yillgiga bag'ishlab o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, tanlovlar haqida, maktabning 9-sinf o'quvchilari - Azizbek Omonov va Shahzoda Murodovalar esa fan va zamonaviy to'garaklar, yangi o'zlashtirayotgan bilimlari haqida so'zlab berishdi.

📌 Ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripovning bahor, yangilanish mavzusidagi she'rlarini ifodali o'qib berishdi.


Munavvar Hamroyeva va Dilfuza O'ralova ijod maktabida o'tkaziladigan tadbirlar haqida so'zlab, bu tadbirlarda faol ishtirok etish orqali o'z bilim hamda tajribalarini oshirib borishayotganini ta'kidlashdi.


🇺🇿🇬🇧 Ijod maktabimizning eng faol o'quvchilaridan biri - Shohista Sherboyeva esa yaqinda ingliz tilidan xalqaro sertifikat - IELTSdan yuqori 7,5 ball olgani, ijod maktabi faoliyati, dars jarayonlari haqida so'zlab berdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram