Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸 "Qo'rqma" asari muallifi Javlon Jovliyevga, sahnalashtirgan rejissyor Shuhrat To'xtamishevga, ijod maktabi ustozlari - M.Samadova va Z. Boboxo'jayevga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida sahnalashtirilgan ushbu spektaklda XX asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq sovet ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlari ayanchli taqdiri hikoya qilinadi.

🔰Ijod maktabining "Aktyorlik mahorati" to'garagi a'zolari - 8-9-10-sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna asarida 10 ta personaj ijro etildi.

🩰 Ya'ni talabalar rollarini - Cho'iyev E'zozbek, Sa'dullayev Sarvar, Yashinxo'ja Shahrizoda, Hayitova Farangiz, Ostonaqulova Oksana, muallif rolini Bozorov Dilbek, sovet kuchishlatar tizimi xodimlari rollarini - Hamidov Abduhakim, Abdurasulov Javohirlar mahorat bilan ijro etishdi.

🎥 Quyida e'tiboringizga jonli efirdan yozib olingan spektakl videosini taqdim etamiz.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎥"O'zbekiston-24" respublika TVda 27-mart - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joriy yilning 25-27-mart kunlari o'tkazilgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokidagi teatr festivalidan reportaj tayyorlandi.

🎙Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi, "Aktyorlik mahorati" to'garagi a'zosi E'zozbek Cho'liyev intervyu berdi. U o'z intervyusida festivaldan olgan taassurotlari, yangi tajriba va bilimlari, yozuvchi J.Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida sahnalashtirilgan spektaklda ijro etgan roli haqida so'zlab berdi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Joriy yilning 18-fevralidan 17-martigacha Toshkent shahrining Daniel Hill mehmonxonasida Amerika kengashi va O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan trening mashg’ulotlarida Adbulla Oripov nomidagi Ijod maktabining ingliz tili fani o’qituvchis Davlatova Kamola ishtirok etib, muvaffaqiyatli tamomladi hamda Xalqaro TESOL sertifikatini qo’lga kiritdi.

💥ESN (English speaking Nations) hamda STT( Secondary Teacher Training) dasturi doirasida xorijiy professor- trenerlar Yuta Otake hamda Lisa Mannlar tomonidan pedagoglarni kasbiy salohiyatini oshirish va ularda zamonaviy darslarni tashkil qilish ko’nikmalarini shakillantirishga  asosiy  e'tibor qaratildi.

📚Bir oy davomida 120 soatlik mashg’ulotlarni  muvaffaqiyatli yakunlagan ustozlarga TESOL xalqaro sertifikatlari topshirildi
.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Davlatova Kamola joriy yilning 25-30-mart kunlari davomida Amerika kengashi va O’zbekiston Respblikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan va hozirgi kunda davom etayotgan ESN (English Speaking Nations)va STT ( Secondary Teacher Training ) umumta’lim maktablarda Ingliz tili fani ustozlarning kasbiy mahoratini yanada oshirish dasturining 4 -davrasi doirasida viloyatning Mirishkor, Qarshi va Kasbi tumanlaridagi umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o'qituvchilariga COP( Communiy of Practice) intensive seminar-trening va dars mashg'ulotlarini o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram