Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.22K subscribers
12K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
🎥 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401 sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublika psixologik ilmiy-amaliy markazi viloyat boshqarmasi boshlig'i, tibbiy psixolog G'olib Amanov tomonidan ijod maktabi xodimlariga xotin-qizlarga qarshi zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha o'tkazilgan treningdan fotoreportaj.
#Kun_hikmati

📚Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak: diqqat, intizom va harakat.

✍️ Jaloliddin Rumiy.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda yangi haftadagi rejalashtirilgan ishlar bayon etiladi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Saflanishda o'tgan hafta davomida o'quvchilar erishilgan yutuqlar, xususan, xalqaro sertifikatlar qo'lga kiritishda yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan o'quvchilar maktab rahbariyati tomonidan e'tirof etildi.

❇️ Kelgusi rejalar belgilab olindi. 3-chorak yakunida bo'lib o'tadigna CHSB imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vazifalar berildi.

✔️Ayniqsa, o'quvchilarimizning STEAM fanlari bo'yicha o'tkazilgan olimpiadada yaxshi natijalarni qayd etishgani e'tirof etildi. Xususan, 8 "B"-sinf o'quvchisi Musurmonova Zarina ushbu olimpiadada faol ishtirol etgani uchun matematika fani o'qituvchisi Hamdamova Fayoza tomonidan pul mukofoti bilan rag'batlantirilgani e'tirof etildi. Mukofotni maktab direktori Yoqutoy Djamalova topshirdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dushanba kuni bo'lib o'tgan ertalabki saflanishdan fotoreportaj.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Yoshlar va biznesni qoʻllab - quvvatlash yili" davlat dasturi

#4mar #uzbekiston24

05:02 – Rayhona Shoyimqulova, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

08:05 – Guliraʼno Tillayeva, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

08:27 – Izzat Neʼmatov, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻqituvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 12-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa maktabda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o'qitishining sifatini oshirish, shu orqali o‘quvchi-yoshlarda harbiy xizmat, uni o'tashning huquqiy asoslariga oid bilimlar va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong-u shuuriga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida tashkil etildi.


✔️Musobaqa nizom talablari asosida hakamlar hay'ati - Janubi-G‘arbiy harbiy okrugi faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik Sharif Madiyev, viloyat faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik G‘ayrat Umrqulov, jamoat kengashi yetakchi mutaxassisi, mayor O‘ktam Shoymardonov, Milliy gvardiya boshqarmasi guruh komadiri, katta leytenant Bahodir Tojiyev hamda ijod maktabi chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedovlar tomonidan baholab borildi.

Ishtirokchilar safda yurish va saf elementlarini bajarish, saf qo‘shig‘ini ijro etish; "AK- 74" avtomatini yoyish va yig‘ish; “Mohir mergan” (10 metr masofadan otish); kamondan o‘q otish; birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish; 30 metr masofaga arqondan o‘tish; umumqo‘shin himoya vositalarini kiyish; turnikda tortinish; “Temur tuzuklari” bilimdoni (savol -javob) shartlari asosida bellashdilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Ijod maktabida o‘tkazilgan "Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichidan fotoreportaj (1-qism).