Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.19K subscribers
12.1K photos
1.24K videos
97 files
3.64K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurgan germaniyalik mehmonlari bilan uchrashuvdan fotoreportaj.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

📍Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Dilnora Berdiyorovaning AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100% lik TA'LIM GRANTIni qo‘lga kiritdi.


📆 Endi U 2024-2025 o‘quv yilida 10-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi va u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

💥Eslatib o'tamiz, ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Shoyimqulova Rayhona ham xorijda o'qish uchun 100 foizlik grant sovrindori bo'lgan edi.

⚡️ Dilnoraning kelgusi ishlari va  o‘qishlarida omadlar tilaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#soha_qonunchiligi
#bilasizmi

"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, quyidagilar pedagogning majburiyatlari hisoblanadi:


- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanish;

- ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish va ularni kamsitmaslik;

- voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borish;

- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tish;

- ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etish;

- majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Trening

🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401 sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublika psixologik ilmiy-amaliy markazi viloyat boshqarmasi boshlig'i, tibbiy psixolog G'olib Amanov tomonidan ijod maktabi xodimlariga xotin-qizlarga qarshi zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha trening o'tkazildi.

📚Trening davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, haq-huquqlari va gender tengligini ta'minlash, ularga qarshi turli zo'ravonlik hamda tazyoqlarning oldini olish, oilaviy munosabatlar masalalarida so'z yuritildi.

Dars davomida tibbiy psixolog G'olib Amanov xodimlar yo'llagan savollarga batafsil javob qaytardi.

G'. Amanov dars davomida turli psixologik metodlardan foydalandi.

✔️Trening barchada yaxshi taassurot qoldirdi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🎥 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401 sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublika psixologik ilmiy-amaliy markazi viloyat boshqarmasi boshlig'i, tibbiy psixolog G'olib Amanov tomonidan ijod maktabi xodimlariga xotin-qizlarga qarshi zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha o'tkazilgan treningdan fotoreportaj.
#Kun_hikmati

📚Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak: diqqat, intizom va harakat.

✍️ Jaloliddin Rumiy.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram