Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.72K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Eko_school

Eko-school loyihasi doirasidagi seminar-treninglar
davom etmiqda

Ayni damda Respublikamiz boʻylab "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta ta'lim muassasalari uchun seminar-treninglar shaklidagi oʻquv eko-oromgohlarga start berilgan.

Mazkur loyiha doirasida Buxoro viloyatidan "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 6 ta maktab uchun Buxoro shahridagi Prezident maktabida seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎥"O'zbekiston-24" respublika TVda "Oila, mahalla va maktab hamkorligi" ko'rsatuvida Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari, o'quv jarayonlari, xususan, yangi baholash tizimi joriy etilgani haqida so'z boradi.

🎙Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova intervyu berib, ijod maktabi Qarshi shahridagi 9-10- va 50-umumta'lim maktablariga biriktirilgani, ushbu maktablar o'rtasida doimiy hamkorlik yo'lga qo'yilgani. Xususan, mazkur maktablardagi ta'lim-tarbiya jarayonlari, darsdan keyingi mashg'ulotlar bo'yicha tajribalar o'rtoqlashilayotgani, muntazam ravishda metodik ko'rsatmalar tavsiya etib borilayotgani haqida so'zlab berdi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
#Kun_hikmati

Ahbob, yigʻilmoqni farogʻat tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir – birini necha kuni gʻanimat tutungiz.

✍️Zahiriddin Muhammad Bobur

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Rus_tili
#Ona_tabiat

🌍 Biz nafas olib turgan havo ham, ichayotgan suv va isteʼmol qilayotgan ozuqa ham – tabiatning bizga beradigan inʼomidir. Shunday ekan, yovvoyi tabiatni asrash, sayyoramizning hayot tizimlarini taʼminlab turgan biologik tizimlarni avaylash, tabiatni muhofaza qilish borasida jamoatchilikning taʼsirini kuchaytirish, kelgusi avlodga ham musaffo zamin qoldirish juda muhim ahamiyatga ega.


🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi Gulandom Xonkeldiyevaning darsida o'quvchilar “Tabiat xavf ostida” mavzusi bo'yicha kichik guruhlarga bo'lingan holda bahs-munozara o'tkazishdi.

🌳O'quvchilar tabiatga xavf tug'dirayotgan global muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan o'z fikr-mulohazalari hamda takliflarini o'rtoqlashdilar.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.

📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

❗️Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_kitobxon

Qashqadaryolik maktab o'quvchisi ilk bor Prezident sovg’asi “Cobalt” avtomobiliga sazovor bo’ldi

Bugun “Yosh kitobxon” tanlovning respublika final bosqichida 15-19 yosh toifasi bo’yicha qashqadaryolik Nurmatov Mironshox 312,4 ball bilan g’oliblikni qo’lga kiritib Prezident sovg’asi “Cobalt” avtomobili sohibiga aylandi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi erishilgan yutuq bilan Mironshox va uning oila a’zolarini muborakbod etadi.

Eslatib o'tamiz, Nurmatov Mironshoh Koson tumani 19-maktabni 10-sinfida ta'lim oladi.

@Qashqadaryo_vxtb
#Nemis_tili

🇺🇿🇩🇪 Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng nemis tili fani bo'yicha to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda. Darslar oliy toifali nemis tili fani o'qituvchisi Nafisa Hamidova tomonidan o'tkazilmoqda. Mashg'ulotlarda 7-8-sinf o'quvchilari ishtirok etmoqda.

📚O'quvchilar har bir mashg'ulotga o'ziga xos qiziqish bilan yondashishmoqda. Bugungi mashg'ulotda ham ular nemis tilida qo'shiq kuylashdi, shuningdek, to'garakning ma'lum rejasiga ko'ra, o'quvchilarning boshlang'ich bilimlari oshirib borilmoqda.

To'garak rahbari N.Hamidova nemis tili bo'yicha Multilevel B2 darajasiga ega va ko'plab xalqaro tanlovlarda faol ishtirok etgan.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram