Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.22K subscribers
12K photos
1.24K videos
96 files
3.63K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ijodiy_toʻgarak_faoliyatidan

📚Shukrona

Tongda uyg'ondingiz, baxt aslida bu,
Nonushtangiz tayyor, issiqqina choy.
Ba'zilar bilmaydi neligin uyqu,
Ko'nglini yoritmas garchand yorug' oy.

Qarang, maktabingiz ozoda, shinam,
Quchoq ochib kutar sizni muallim.
Qaydadir bir bola yig'laydi har dam,
Sizdek olmoq istar maktabda ta'lim.

Shirin tush ko'rgin deb boshda onangiz,
To'shagingiz yopar boshingiz o'pib.
Bir bola ko'chada yakka-yu yolg'iz
Yerlarda uxlaydi onasin kutib.

To'rt muchangiz sog', ko'zlar nurafshon,
Baxtlisiz ko'ngilni bir dam qiling to'q.
Qayda xavotirdan yuraklar vayron,
Tashqariga chiqsa ko'ksin yorar o'q.

Bobo-yu buvingiz qilishar duo,
Ozod Vatanda siz o'zingiz ega
Qaydadir nuroniy zotlar yo'q hatto,
O'ylab ko'rdingizmi, sababin, nega?

Tantana kunlarda barchamiz shodon,
Dillarni yayratar do'mbira sozi.
Janggohlar ichida odamlar sarson,
Yurakni yaralar o'qlar ovozi.

Shunday shukronalar aytaylik yurtdosh,
Yashayapmiz xavfdan omon-omonda.
Kulgidan quvonsin birdek keksa yosh
Baxtiyorlar yurti O'zbekistonda.

✍️Sevinch Hamrayeva,
Аbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#Navoiy_ģazallari
#Buyuk_saodat

«Ey, nasimiy, subh ahvolim...»

✍️ Alisher Navoiy g'azali
🎤 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Nilufar Umarova o'qidi.
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

G'azali ko'ngilga topajak bir yo'l
U zotga mening ham hurmatim oliy
Mangulik bog'ida bezavol bulbul
G'azallar sultoni bobom Navoiy

So'z bilan ta'riflab bo'lmaydi hech ham,
She'rlarida ufurar mehr, adolat.
Deydilar Vatanim sensan, yagonam
Vatanga qilganlar beminnat xizmat

Qo'lyozma manbalar bizlargadir yod
Sizning merosingiz qolgay abadiy
Yurtimiz farovon bo'ldi tinch, obod
G'azallar sultoni bobom Navoiy.

Chorlaysiz bizlarni yaxshiliklarga,
Degansiz hech bir zot emas-ku boqiy,
Intiling ,bolalar ,ezguliklarga
Bizlarga aytgaydir bobom Navoiy.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Musurmonova Shahina


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_583

Alisher Navoiy asarlari qatidagi hikmatlardan bahramand bo'lishni istasangiz, navoiyshunosh olim, filologiya fanlari doktori Maqsud Asadov mulohazalarini o'tkazib yubormang.

📺 "Madaniyat va ma]rifat" telekanalining “Hazrat Navoiy haqida” ko‘rsatuvi
🗓 8-fevral, payshanba
20:00
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida navoiyxonlik va boburxonlik haftaliklari boshlangan, hafta davomida bir qator tadbirlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

📚Shu ma'noda, bugun ijod maktabi va Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti adabiyotshunoslik kafedrasining o'zaro hamkorlikdagi rejasiga muvofiq maktab kutubxonasida Mahorat darsi o'tildi.

Filologiya fanlari doktori, professor Gulnoza Ernazarova tomonidan "Alisher Navoiyning ma'rifiy, ilmiy, falsafiy qarashlari" mavzusida mahorat darsi o'tildi. Unda ijod maktabining ijodkor o'quvchilari jamlandi.

✔️Erkin muloqot shaklida o'tkazilgan darsda Gulnoza Ernazarova o'quvchi yoshlarga Navoiyning ilmiy qarashlari, ijtimoiy hayotdagi muammolarga bo'lgan munosabati, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, turkiy tilning asoschisi sifatida avlodlarga qoldirgan ijodiy hamda ilmiy merosi haqida batafsil ma'lumot berdi. Bir so'z bilan aytganda, o'quvchilar "Alisher Navoiy aslida kim?", degan savolga mukammal javoblar olishdi.

❇️ O'z navbatida, ijodkor o'quvchilar Alisher Navoiyga atab yozgan sh'erlari, ijodiy mashqlaridan namunalar o'qib berishdi.

📗Maktab direktori Yoqutoy Djamalova ham mavzu yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

Shuningdek, dars davomida Navoiyning umumbashariy ahamiyatdagi g'azallari, ruboiylari, fardlari va qit'alari atroflicha tahlil etildi, uning ijodi mohiyati ochib berildi.

⚡️E'tiborlisi, Gulnoza Ernazarova talaba-yoshlar o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan "Siz Navoiyni bilasizmi?" tanlovida ishtirok etishga ijod maktabi o'quvchilarini ham taklif etar ekan, zero, ushbu tanlovda ular navoiyshunoslik, ijod yo'nalishlarida talabalar bilan bemalol raqobat qila olishlarini e'tirof etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 "Alisher Navoiyning ma'rifiy, ilmiy, falsafiy qarashlari" mavzusidagi mahorat darsidan fotoreportaj (1-qism).
📸 "Alisher Navoiyning ma'rifiy, ilmiy, falsafiy qarashlari" mavzusidagi mahorat darsidan fotoreportaj (2-qism).
#Kun_hikmati

Bu gulshan ichra yo'qki baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot.

✍️Alisher Navoiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan ikki tashkilot tizimidagi ta’lim muassasalari integratsiyasi, turli fan olimpiadalarini tashkil etish, akademik litsey o‘quv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, OTM bitiruvchi bosqich talabalarining Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish kabi takliflar muhokama qilindi.

Muloqot so‘nggida tomonlar bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish va amaliy chora-tadbirlarni boshlashga kelib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

🔰Abdulla Oripov va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari hamkorligida maktablar tarbiyachilari va to'garak rahbarlari tomonidan she'riyat mulkining sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan videorolikda o'quvchilar uning g'azallaridan namunalarni yod aytishdi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram