Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.24K subscribers
11.9K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Joriy yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

Videoselektor yig‘ilishida matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatganligi aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hokimlar yana mingta maktabda Prezident maktablari ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yishda moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi

Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:

- maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

- o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yig‘ilishda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish bo‘yicha tizim qilish zarurligi ta’kidlandi.

Mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uchrashib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilishi maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Maktablarda taniqli shoir va yozuvchilar, sportchilar, faxriylar, jamiyatda obro‘ga ega insonlar bilan uchrashuvlarni ko‘paytirish lozimligi aytildi.

Bolalar tarbiyasini yaxshilashga, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va ta’lim muassasalariga yetkazib turish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda yangi haftadagi rejalashtirilgan ishlar bayon etiladi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Hafta davomida maktab faoliyatidagi yutuqlar, yangiliklar va bir hafta davomida bajarilishi zarur bo'lgan ishlar belgilab olindi.

Saflanishda "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" va "Jadidchilik - yangi uyg'onish asosi" mavzusidagi tanlovlar g'oliblari faxriy yorliq esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Sheral To'rayev tomonidan 7-sinflar o'rtasida o'tkazilgan olimpiada g'oliblari ham pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.


📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

#Mirziyoyev #videoselektor #ijtimoiysohalar #raqamlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_hikmati

Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig',
Yor o'lung bir-biringizgakim, erur yorlig' ish.

✍️Alisher Navoiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi turkiy mumtoz adabiyot ustunlari - Alisher Navoiy (583 yilligi) va Zahiriddin Muhammad Bobur (541 yilligi) tavalludiga bag'ishlab, "Millatning buyuk daholari" mavzusida insholar tanlovini e'lon qiladi.


⚡️ Tanlov Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-11-sinflari o'rtasida o'tkaziladi. Tanlov 29-yanvardan 6-fevralgacha davom etadi.

Quyida tanlov
Nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

🏆 A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludlariga bag'ishlab o'tkaziladigan tadbirlarda tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ


Savol: Qaysi taʼlim yo'nalishlariga o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda?

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi 9 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
Mexanika muhandisligi;
Dasturiy ta’minot muhandisligi;
Kiberxavfsizlik;
Sun’iy intellekt va robototexnika;
Amaliy matematika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Pedagogika;
Sanoat boshqaruvi.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM