Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.57K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Bu_kun

📅 Bugun, ya'ni 3-fevral - Isteʼdodli adib Togʻay Murod tavallud topgan kun (1948-2003).


 Isteʼdodli adib Togʻay Murod adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshlarida kirib kelgan. Uning asl ism-sharifi Togʻaymurod Mengnorov boʻlib,   Togʻay   Murod   adabiy   taxallusidir. U 1948-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xoʻja Soat qishlogʻida dunyoga kelgan.

❇️ 1976-yilga kelib Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, kitobxonlar ogʻziga tushadi. Ketma-ket adibning “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va “Momo Yer qoʻshigʻi” (1985) kabi oʻzbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keladi. Ular ham yuksak baholanib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining  Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor boʻldi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Davlatimizda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilindi. Ular oʻqituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi koʻp jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bogʻliq. Shunday ekan, oʻqituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini koʻrmogʻimiz shart.

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yashil_makon

☘️ Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz boʻylab boshlangan va tobora keng quloch yozayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati elimizning shu ezgu qadriyatlari yangi va zamonaviy ruhda qayta koʻz ochishida, Oʻzbekistonning har qarich yerini chinakamiga yashillikka burkash, toza va musaffo havoga boy, sogʻlom va qadri baland insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirishda ulkan qadam boʻlmoqda.

🌲O'z navbatida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham "Yashil makon" doirasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Shu ma'noda, bugun maktab jamoasi - ustozlari, ishchi-xodimlari ishtirokida maktab binosining ichki va tashqi hovlisiga archa ko'chatlari ekildi.

⚡️Ijod maktabida "Yashil makon" loyihasi davom etadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, axloq tarbiyasi.

✍️FITRAT

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

Videoselektor yig‘ilishida matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatganligi aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hokimlar yana mingta maktabda Prezident maktablari ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yishda moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi

Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:

- maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

- o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube